Andijon tumani 14-umumta’lim maktabi o’qituvchisi F.Azizova Darsning shiori: - Birlashgan daryo bo’lur,
- Tarqalgan irmoq bo’lur.
- (Xalq maqoli)
darsning maqsadi: - Ta’limiy:O’quvchilarning morfologik bilimlarini oshirish,son so’z turkumi haqida tushuncha berish.
- Tarbiyaviy:O’quvchilarni birdamlik va ahillik ruhida tarbiyalash.
- Rivojlantiruvchi:Mashqlar orqali bilim, malaka va ko’nikmalarini oshirish.
Mavzu: Son - Darsning maqsadi:
- Ta’limiy:O’quvchilarning morfologik bilimlarini oshirish,son haqida tushuncha berish.
- Tarbiyaviy:O’quvchilarni birdamlikka chorlash.
- Rivojlantiruvchi:Gaplar tuzib,mashqlar orqali bilim,malaka, ko’nikmalarini rivojlantirish.
SON - Narsa ,buyum-shaxsning sonini,sanog’ini bildirib,qancha?,nechta?,nechanchi? kabi so’roqlardan biriga javob bo’ladi.
- Beshta daftar, o’n uchta kabutar
- Sonlar miqdor son va tartib sonlarga bo’linadi.
- - (i)nchi qo’shimchasi bilan hosil qilingan sonlar tartib sonlar deyiladi:
- Beshinchi sinf, yettinchi sahifa.
- Miqdor son narsa-buyumning miqdorini bildiradi:to’rtta,sakkiztadan,olti.
Sonlarning yozilishi: - 1.Sonlar so’zlar bilan yoziladi:
- Bir,to’qqiz, yetti,ikki ming o’n to’rt,beshinchi, yigirma besh.
- 2.Arab raqamlari bilan yoziladi:
- 4-sinf,8 yoshda,soat 8 da
- 3.Rim raqamlari bilan yoziladi:
- XX asr,IV bob ,miloddan avvalgi VI asr.
Sonlarning yozilishi: - Ikki,yetti,olti kabi so’zlarga –ov, -ala qo’shimchalari qo’shilganda fonetik o’zgarish ro’y berib,ikkinchi “ I” harfi tushib qoladi va shunday yoziladi:Ikkov,ettov,oltov,ikkala,yettala,
- Oltala.
- Bir soniga –ta qo’shimchasini qo’shganda “r”harfi “t”harfiga almashadi: bitta
- Arab raqami bilan yozilganda –inch qo’shimchasi o’rnida (-) qo’llaniladi: 5-sinf,6-bob, 4-kitob.
Do'stlaringiz bilan baham: |