Andijon viloyati Arxitektura va qurilish texnikumi Arxitektura yo’nalishi Amaliyot Bo’yicha Hisobot


IMORATNI BAHOLASHDA EKOLOGIYA-MUHIT TA’SIRINI INOBATGA OLISH


Download 134.5 Kb.
bet5/5
Sana26.02.2023
Hajmi134.5 Kb.
#1232382
1   2   3   4   5
Bog'liq
Malakaviy Amaliyot Bo’yicha Hisobot 0000

3.3 IMORATNI BAHOLASHDA EKOLOGIYA-MUHIT TA’SIRINI INOBATGA OLISH
Imorat va inshootlami baholashda awalo maqsadni aniq bilish kerak va shundan kelib chiqqan holda atrof-muhit hamda ichki salbiy ta’sirlarini aniq o‘rganish lozim. Albatta, imorat bahosiga atrof-muhit ta’siri juda sezilarli bo‘lishi mumkin.
Agarda, narxlanalayotgan bino tekis maydonga joylashgan bo‘lsa, atrofi ko'kalamzor, yon atrofida oqib turuvchi toza suv (anxor, daryo, ko‘l, ariq va h.k.), bog'lar, fontan, o‘rmon kabi inson faoliyati uchun nihoyatda foydali maydonda joylashgan imoratning narxi yuqori bo‘ladi. Agarda uni ustiga transport — metro, avtobus va trolleybuslar qatnovi yaxshi bo‘lsa, muhandislik tarmoqlari (issiq va soviq suv, kanalizatsiya, kuchli va kuchsiz elektrtoklari, teleuskunalar, va h.k.) beshikast, ko'ngildagidek ishlab turgan bo‘lsa, bunday binolar narxi yuqori bo‘lishi asosli. Axir «imorat olma, qo'shni ol» deyishadiku. Bu degan so‘z tinch va osoyishta yashayman desang, atrofmg soz bo‘lsin degani, demak muhitni baholashning o‘mi katta ahamiyat kasb etadi.
Agarda imorat atrofida teskarisi, ya’ni salbiy omillar ko‘p (3- bobda keng keltirilgan) bo‘lsa, uni ham umumiy narxda inobatga olish lozim. Bahollashda salbiy omillarni baholash narxiga sezilarli ta’sir qiladigan turlari quyidagilardir:
— atrof-muhit (yer, tuproq, suv, ximikatlar ta’siri) holati;
— fizik salbiy ta’sirlar (magnit maydonlari, issiqlik manbalari, shovqin, radiatsiya, yoruglik);
— yerosti suvlari, tuzlar, adashgan toklar kabi salbiy omillar va boshqalar. Salbiy omillar imorat iqtisodiy ko'rsatkichiga ta’sirini inobatga olishning bir necha yondoshuvlari bor.
Muhitni iqtisod ko'rsatkichiga ta’sirini inobatga olishning eng sodda va aniq yo‘li bu indekslashtirish yondoshishidir. Xalqaro tan olingan bunday yondoshish muhitning sifat indeksi deb nom olgan. Demak, muhit ifloslanishi quyidagi sifat indeksi — ifloslanganlik indeksi munosabati orqali ifodalanadi.
Ko‘rsatilgan indeksni soddalashtirilgan hisoblash algoritmi quyidagichadir: 1. 0 ‘lchangan
I ifloslanish konsentratsiyasi С ni aniqlash.
2. ChRK— chegaraviy ruxsat etilgan 1 ifloslanish ko'rsatkichini topish.
3. I ifloslanish konsentratsiyasini normallashtirish ko‘rsatkich A ni hisoblash:
A = C/ChRK.
4. Atrof-muhitning ifloslanish indeksini topish, ya’ni
I— A. + A. + A, + ... A .
1 2 3 n Keltirilgan algoritm asosida o ‘tkazilgan hisoblar shuni ko‘rsatdiki, imoratning narxi-bahosi muhitning salbiyligi hisobiga 30% gacha pasayishi mumkin ekan. Bu ko‘rsatkich baholash natijasiga katta ta’sir etuvchi omilligini isbotlovchi yana bir dalildir.
Baholash narxiga atrof-muhitning ijobiy va salbiy ta’siri, umuman, juda k im o‘rganilgan muammo bo'lib, bu juda dolzorb yo‘nalish bo‘yicha katta ilmiy tadqiqotlar o'tkazishni taqozo etadi. Ayniqsa, bu masala bizning respulikamizda nihoyatda zarur, foydali va dolzarb muammodir. Masalan, Toshkent shahridagi transportning millionlab odamlar yashovchi shahar muhitini keskin buzishi, Jizzax, Sirdaryo, Qarshi va boshqa ko‘p viloyatlarda yer sho'rining salbiy ta’siri, Nukusda o ‘ta murakkab sho‘rlik, Orolning salbiy ta’sirlari, Xorazm, Buxoro viloyatlaridagi yerosti suvining yuqoriligi, ko‘p maydonlarimizning ximikatlar bilan zaharlanganligi va h.k. lar albatta bizni loqayd bolishimizga yo‘l bermaydi.
Bu omillarni hisobga olish zarurligini sezsak va shu muammo bilan chuqur shug'ullansak, bu masalani qanchalik muhimligini va uni hayot xavfsizligi bilan mashg‘ul mutaxassislar uchun zarurligini anglasak, bu fan yo‘nalishida qanchadan qancha o'zlashtirilmagan qo'riq borligini yaqqol ko‘rishimiz mumkin.

ILOVA


Shaharlar nomi

Havoning temperaturasi C da

Iqlim
ko’rsatkichlari

Hisobiy

Oylik o’rtacha

Yilning eng sovuq kunlari

Yilning eng sovuq besh kuni

Eng sovuq oy

Eng issiq oy

O lma-O ta

-28

-27

- 8,0

22,3

S

Astraxan

-2 6

-22

- 6,8

25,3

S

Boku

-6

- 4

3,8

25,7

---

Batumi

-2

-1

6,5

22,6

V

Vilnus

-2 5

-23

- 5,5

18,0

U

Vladivostok

-2 6

-25

-14,4

20,0

V

Voronej

-3 0

-25

-9,3

19,9

S

Nijniy-Novgorod

-3 3

-30

-12

18,1

U

Grozniy

-2 3

-16

- 3,6

23,8

S

Erevan

-2 0

-19

- 4,0

25,1

S

Irkutsk

-4 0

-38

-20,8

17,6

S

Kazan

-3 5

-30

-13,5

19

S

Karaganda

-3 5

-32

-15,1

20,3

S

Kiyev

-2 6

-21

- 5,9

19,8

U

Kishinyov

-2 0

-15

-3,5

21,5

S

Krasnoyarsk

-4 4

-40

-17,1

18,7

S

Sankt-Peterburg

-2 8

-25

-7,7

17,8

V

Minsk

-3 0

-25

- 6,9

17,8

U

Moskva

-3 2

-25

- 9,4

19,3

U

Odessa

-21

-17

- 2,5

22,2

S

Riga

-2 5

-20

- 5,0

17,1

U

Rostov-na-Donu

-2 7

-22

-5,7

22,9

S

Sim feropol

-2 0

-16

- 1,0

21,8

S

Tallin

-2 5

-21

- 4,7

16,6

V

Toshkent

-1 8

-15

0,9

26,9

S

Xulosa
Xulosa qilib shuni aytishim mumkinki, amaliyot davrida biz o`quv jarayonida o’rgangan nazariy bilimlarimizni amaliyotda o’z ko’zimiz bilan ko’rish imkoniyatiga ega bo’lamiz. Amaliyot davrida bizda amaliyot subyekti haqida boshlang’ich tushunchalar paydo bo’la boshlaydi. Kelajakdagi ish faoliyatimizni tashkillashtirish uchun amaliyot poydevor bo’lib xizmat qiladi.


Amaliyot haqida xulosam shuki, o‘rgangan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda sina- masdan biror kasb egasi bo‘lish qiyin.
Foydalanilgan adabiyotlar
BINO VА INSHOOTLAR
KONSTRUKSIYASI
Oliy о ‘quv yurtlari talabalari uchun darslik «Voris-nashriyot» MChJ Toshkent—2010 Muharrir N. Go ‘ipov Musahhih S. Musaxojiyev Kompyuterda sahifalovchi S. Akramov Original-maketdan bosishga nixsat etildi 20.07.10. Bichimi 60x84Vi6- Kegli 11 shponli. Tayms gam. Ofset bosma usulida bosildi. Bosma t. 15,0. Nashrt. 14,0. 500 nusxada bosildi. Buyurtma № 660. «Voris-nashriyot» MChJ, Toshkent, Shiroq ko'chasi, 100. «Shoakbar» xususiy ilmiy ishlab chiqarish tijorat firmasi bosmaxonasida chop etildi. 100031,Toshkent, T o‘g‘on Rejametov ko‘chasi, 1 a
Download 134.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling