Andijon viloyati Asaka tumani 1-sonli kasb hunar maktabini 2-22 guruh talabasi


Download 27.24 Kb.
Sana30.01.2023
Hajmi27.24 Kb.
#1140399
Bog'liq
Ilm va zakovat tushunchasi



Andijon viloyati Asaka tumani
1-sonli kasb hunar maktabini 2-22 guruh talabasi
______________________________ ning tarbiya
fanidan tayyorlagan


MUSTAQIL ISHI

ILM VA ZAKOVAT TUSHUNCHASI
Ilmga taʼrif berishdan oldin uni hosil qilish haqida fikr bildirsak. Odamzod ilmni oʻrganish va izlanish orqaligina hosil qiladi. Oʻrganish esa kishining tafakkuri narsa va hodisotlarga kuchi yetganicha aniqlik kiritishidir. Ilmni Odam bolasi yaratilgandan boshlab toʻxtovsiz ravishda oʻrganadi. Hatto oʻlim ham insonni oʻrganishdan toʻxtatib qoʻya olmaydi. Jannat va doʻzax hayotida ham oʻrganish jarayoni toʻxtovsiz va abadiy davom etadi. Ilmni qisqacha biz oʻrgangan narsa yoki narsalarning majmuyi desak boʻlaveradi. Quyoshning radiusini bilishdan to oyoq kiyimni toʻgʻri kiyish gacha boʻlgan barcha narsa (vahokazolar) ILMdir deb ayta olamiz.
Inson doim ilm izlaydi. Ilmdan murod. Murodga yetkazuvchi vosita esa kitobdir. Kitoblar turli xil. U insonga nafaqat murod, balki yaxshilikka yetaklaydi. Demak, biz bir-birimizga yaxshilik qilib yashaymizmi? Unda kitob ulashish ham yaxshilikdir.
Har bir kitobning o‘zini tushunish tili bo‘ladi. Til – insonlar orasidagi eng muhim aloqa vositasi, ularni bir-birlari bilan doimo fikr almashishga xizmat qilsa yoki kishilarning ichki olamini ifoda etadigan ilohiy ne’mat bo‘lsa ilm ham o‘zligimizni, qay darajadagi insonligimizni, qanday xulq-atvorlarga ega ekanligimizni oyna kabi ko‘rsatib beradigan fazilatdir. Ilm zehnimizni, fikrimizni, qilich kabi o‘tkir qiladi, u insonning muqaddas orzu-istaklarini amalga oshirishga yetaklaydi.
Ilm olish har bir inson uchun ham qarz, ham farz. Uning erta-kechi yo‘q. Ilm olishdan, o‘rganishdan hech qachon to‘xtamaslik lozim. Xalqimizda “Beshikdan qabrgacha ilm izla”,- degan naql ham bejiz aytilmagan. Bunga amal qilgan inson hayotda o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga albatta erishadi.
Ilmsiz inson mevasiz daraxtga o‘xshaydi. Bu gapning ma’nosini yaxshi uqib olishimiz kerak. Ilm bizni ma’rifatga, ma’naviyatga chorlaydi. Yomonlikdan qaytaradi, odobli bo‘lishga chaqiradi. Ilm insonga do‘st, yolg‘izlikda hamroh, do‘stlar orasida zebu ziynat, dushmanga qarshi kurashda qurol, qayg‘uli kunlarda ko‘makchi, jannat yo‘lini ochuvchidir.
Hozirgi paytda ilm olish uchun barcha imkoniyatga egamiz. Xohlagan badiiy asarni, qiziqqan kitobingizni topish mushkul emas. Kutubxonalar yangi kitoblar bilan boyitilmoqda. Yurtimizda kitobxonlikni rivojlantirishga kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu haqda maxsus qarorlar qabul qilinmoqda.
Darhaqiqat, badiiy asar o‘qigan odam dunyoni, tarixni yaxshi biladi, kelajakka ishonchi ortadi. Til madaniyati yuksaladi, muomala munosabati shakllanadi. Zakovatli, ma’naviyatli, bexato yozadigan, yozma nutqiga havas qiladigan darajaga yetadi. Ularning suhbatidan zavqlanasiz.
Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev 2017 yilning 4 avgustida ijodkorlar bilan uchrashuv chog‘ida badiiy asar masalasiga alohida to‘xtalib o‘tgan edilar. Ya’ni, bu bilan ”Alpomish”, “Xamsa”, “Boburnoma”, “O‘tgan kunlar”, “Mehrobdan chayon”, “Ufq” kabi asarlar har bir xonadonda bo‘lishi kerak, degan fikrni anglash mumkin. Eng avvalo bu kitoblarni olishga bolalarga istak bo‘lsa, uni so‘ndirmasdan ota-onalar har oyda yoki bir necha oyda bir marotaba bittadan olishni harakat qilishlari zarur.
Hozirgi yoshlarimiz she’riyatga juda qiziqishadi. Shuni nazarda tutgan holda ularning qiziqishlarini yanada kuchaytirish uchun ustozlar ota-onalar bilan kelishilgan holda bolalarga she’r yodlatish masalasiga kelishib olishlari zarur. Masalan, kuniga 4-8 qator she’r yodlash va yodlagan she’rlarini daftarga qayd qilib borishni ularga odatlantirish va sekin-asta o‘rgatib borish bilan ularning ongida yaxshilik va yomonlikni ajrata bilishiga erishishimiz mumkin.
Shuningdek, o‘quv muassasalarida har oyda yoki chorakda, yoki adiblarning tug‘ilgan kuni munosabati bilan tadbirlar tashkil etish va shu adibning asarlari asosida “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” tanlovini tashkil etish an’anasini tashkil etib, yoshlarni kitobxonlikka qiziqtirish, kuchaytirish mumkin.
Xulosa qilib aytganda, pedagog va ota-onalarga murojaatimiz, agar o‘quvchingiz va zurriyodingiz komil inson bo‘lib yetishishini xohlasangiz ularni badiiy kitob o‘qishga odatlantiring, muntazam ravishda kitob olib bering, kutubxonalarga (axborot-resurs markazlariga) a’zo qildiring. Ana shunda ustozlar o‘z jamoalarida kitobsevar bilimdonlarni yetishishiga, ota-onalar esa oilasining yorug‘ kelajagiga zamin yaratgan bo‘ladilar.
Ilm deb oʻqimak, yozmakni yaxshi bilmak, har bir kerakli narsalarni oʻrganmakni aytilur. Ilm dunyoning izzati, oxiratning sharofatidur. Ilm inson uchun gʻoyat oliy va muqaddas bir fazilatdur. Zeroki, ilm bizga oʻz ahvolimizni, harakotimizni oyina kabi koʻrsatur. Zehnimizni, fikrimizni qilich kabi oʻtkur qilur. Savobni gunohdan, halolni haromdan, tozani murdordan ayurub berur, toʻgʻri yoʻlga rahnamolik qilub, dunyo va oxiratda masʼud boʻlishimizga sabab boʻlur. Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidur. Chunki ilmsiz kishilar ota-onasiga, qarindosh-urugʻiga, yor-doʻstiga, din va millatiga foyda yetkurmak bir tarafda tursun oʻz ustiga lozim boʻlgan ibodat va toatni ham loyiqicha qila olmas. Ilmning foydasi u qadar koʻpdurki, taʼrif qilgʻon birla ado qilmak mumkin emasdur. Bizlarni jaholat qorongʻuligʻidan qutqarur, madaniyat, insoniyat, maʼrifat dunyosiga chiqarur, yomon feʼllardan, buzugʻ ishlardan qaytarur, yaxshi xulq va adab sohibi qilur, Alloh taologa muhabbat va eʼtiqodimizni ortdurur, janobi Haqning azamat va qudratini bildirur. Alhosil, butun hayotimiz, salomatimiz, saodatimiz, sarvatimiz, maishatimiz, himmatimiz, gʻayratimiz, dunyo va oxiratimiz ilma bogʻlidur. Paygʻambarimiz: “Ilmga amal qilguchilardan boʻlingiz, naql va rivoyat qilguchilardan boʻlmangiz”, – demishlar.

Ilm bir daryo ichi toʻlmish dur-u gavhar bilon,
Qiymat-u qadrin qachon bilgʻay oni johil yilon.

Olim kishilar har yerda aziz va hurmatlidur. Shariatimizda qaysi ilmga muhtoj boʻlsang, shuni bilmak bizga farzdur.


Shuning uchun oʻqimak, bilmak zamonlarini qoʻldan bermay, vujudimizning dushmani boʻlgan jaholatdan qutulmakga jonimiz boricha saʼy qilmagimiz lozimdur.
Abdulla AVLONIY
Ilm olish odamzot uchun eng ulugʻ nematlardan biridu. Ilm olish butun umr davom etadigan sayohatdek gap. Sayohatingiz davomida sizni hursand qiladigan baʼzan xafa qiladigan koʻpincha asabiylashtiradigan holatlarga duch kelasiz. Ammo ilmning afzalligi shularda koʻrinadi-ki, u koʻpaygani sayin oʻzingizga ishonchingiz va qattiyatingiz ham oshib boradi. Ilmning afzalligi sizni hech narsangiz qolmaganida ham tark etmasligi, ishlatilgani sayin koʻpayib borishi va albatta oldingizga qoʻygan maqsadlaringizga ertaroq yetishishingizga juda katta koʻmak beradi.
Download 27.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling