Darslikda berilgan Navoiy qit’alari asosida125-betdagi jadvalni to‘ldirish.
35
|
|
Mumtoz adabiyotdagi janrlarni qiyoslaymiz
|
Siz bilan oldingi sinfl arda Alisher Navoiy ruboiylarini o‘qib, tahlil qilgan edik. Ruboiy, qit’a va fardlar qaysi jihatlari bilan bir-biriga yaqin va qaysi jihatlari bilan farq qiladi? Quyida Alisher Navoiyning ruboiy, qit’a va fardlaridan namunalar berilgan. Ularni qiyoslab tahlil qiling.
Kim istasa saltanat, saxodur anga shart,
Har va’daki aylasa, vafodur anga shart.
Kim faqr talab qilsa, fanodur anga shart,
Ollig‘a nekim kelsa, rizodur anga shart.
saxo – saxovat, qo‘li ochiqlik faqr – kambag‘allik; kamtarlik rizo – rozilik, ko‘nish
Ahli ma’ni guruhida zinhor
Hech or aylama gadolig‘din
Kim, bularg‘a gadolig‘ ortug‘dur,
Ahli suratg‘a podsholig‘din.
ahli ma’ni – olimlar, bilim- donlar ahli surat – nodon kishilar
|
128-betdagi jadvalni to‘ldirasiz.
|
36
|
|
Jahon otin Uvaysiy hayoti va ijodi. Gʻazal janri haqida tushuncha. “Sogʻindim” gʻazali tahlil
|
Uvaysiy g‘azallarining g‘oyaviy yo‘nalishlarini tahlil qilamiz; – chistonga xos xususiyatlarni bilib olamiz.
Jahon otin (taxallusi – Uvaysiy, Vaysiy, 1779–1845) Marg‘ilonda tavallud topgan. Uvaysiy oilasidagi ma’rifatli muhit uning kelajakda yetuk shoira va o‘z davrining bilimdon ayoli bo‘lib yetishishida muhim ahamiyat kasb etgan. Shoiraning onasi zamonasining o‘qimishli ayollaridan biri bo‘lib, otinlik qilgan, ya’ni qizlarga ta’lim berish bilan shug‘ullangan. Jahonning yoshligidan bilim olishga ishtiyoqi baland bo‘lib, dastlabki savodini o‘z oilasi yordamida chiqargan, otasi va akasidan musiqa, she’riyat ilmini o‘rgangan.
Keyinchalik Uvaysiy Qo‘qon xoni Umarxonning rafiqasi, shoira Nodirabegim va boshqa ijodkor ayollarga she’riyat ilmidan dars berdi. O‘zi esa muammo – she’rda fikrni yashirin ifodalash san’atini mukammal egalladi.
G‘azal (arabcha “ayollarga xushomad qilish” so‘zidan) – Sharq adabiyotida keng tarqalgan janrlardan biri. Dastlab g‘azallar ishqmuhabbat mavzusida yozilgan bo‘lsa, keyinchalik ijtimoiy-siyosiy, falsafi y- axloqiy, pand-nasihat, hajviy va boshqa mavzularda ham bitilgan.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |