Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’ining buyrug’i xalq ta'limi vazirining 2020-yilning 20-maydagi "Umumiy o'rta ta'lim maktablarida 2019-2020-o‘quv yilini yakunlash hamda o'quvchilarni attestat
Download 20,59 Kb.
|
53-буйрук
- Bu sahifa navigatsiya:
- ANDIJON VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG’INING BUYRUG’I
- Boshqarma boshli A.Mirkamilov Andijon sh., 2020 yil may S*>
ANDIJON VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG’INING BUYRUG’I Xalq ta'limi vazirining 2020-yilning 20-maydagi "Umumiy o'rta ta'lim maktablarida 2019-2020-o‘quv yilini yakunlash hamda o'quvchilarni attestat (shahodatnoma) bilan ta’minlash to'g‘risida"gi 130-sonli buyrug'i haqida O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishini oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 14-maydagi yig‘ilish bayoniga muvofiq respublikamizda karantin davrining 1-iyunga qadar uzaytirilganligini, Prezidentimiz tomonidan karantin vaqtida aholiga imkon boricha qo‘shimcha qulaylik yaratish bo‘yicha berilgan vazifalarni amalga oshirish hamda ko‘pchilik ota- onalarning murojaatlarini inobatga olib, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 2019-2020-o‘quv yilini o‘z vaqtida yakunlash, o‘quvchilar va pedagog xodimlarga yengillik yaratish, bitiruvchilarning o‘z vaqtida oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishlari uchun imkoniyat yaratish hamda Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 20-may kungi 130-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida BUYURAMAN:
2019-2020-o‘quv yilining IV choragida o‘tilishi rejalashtirilgan fanlarni joriy yilning 25-may kuniga qadar masofadan • (onlayn shaklda) yakunlash; joriy o‘quv yilining 3 ta chorak baholari asosida o‘quvchilarning yillik baholarini chiqarish; kundalik.com elektron dasturi joriy etilgan hududlarda o‘quvchilarning “Onlayn-maktab” televizion darslarda masofaviy ta’lim asosida, karantin vaqtida tirishqoqlik bilan o‘qigan o‘quvchilarimizni rag‘batlantirish sifatida IV chorak faqat ijobiy baholarini ham yillik natijalarini hisoblashda inobatga olish; Karantin cheklovlari todiq olib tashlanganidan so‘ng, sanitariya-gigiena qoidalariga rioya etgan holda yillik baholarni hamda IV chorakda masofaviy shaklda odilgan mavzularni sinf jurnali hamda o‘quvchilarning baholar tabeliga qayd etish; Joriy yilning 1-iyuniga qadar yillik baholariga muvofiq o‘quvchilarni sinfdan-sinfga ko‘chirish, 5-iyunga qadar bitiruvchilarga attestat (shahodatnoma va sertifikat) blankalariga qo‘yiladigan yakuniy baholarni attestat.uzedu.uz elektron tizimiga kiritish hamda belgilangan tartibda rasmiylashtirish, 15-iyunga qadar chop etilgan attestat (shahodatnoma)larni elektron shaklda (skaner) bitiruvchilarga yetkazish; Oltin va kumush medallarni qabul qilib olish, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirish; Tayyorlangan attestat (shahodatnoma)lar, oltin va kumush medallarni hududda epidemiologik vaziyat yaxshilanib, o‘quvchilarga topshirilguniga qadar barcha xavfsizlik choralarini kodgan holda umumiy o‘rta ta’lim muassasasida saqlab turish; Karantin cheklovlari olib tashlanganidan so‘ng sanitariya talablariga rioya qilgan holda, o‘quv yilini yakunlash bilan bogdiq jarayonlarni maktab hujjatlarida (sinf jurnali, baholar tabeli, o‘quvchilar harakat daftari va boshqalar) qayd etish vazifalari yuklatilsin.
muvofiqlashtirish bodimi (D.Turdiyev), axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish bodimi (SH.G‘ulomov)lar joriy yilning 15-iyuniga qadar attestat.uzedu.uz elektron tizimi orqali 11-sinf bitiruvchilari haqidagi madumotlarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi davlat test markaziga taqdim etsinlar.
Boshqarma boshli A.Mirkamilov Andijon sh., 2020 yil may S*> -son Download 20,59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling