Android muhitida tovarlar savdo-sotig‘ini amalga oshirish va masofaviy xarid qilish jarayonlarini tadqiq etish
Avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish va rivojlantirishning zamonaviy tendensiyasi
Download 0.56 Mb.
|
DISERTATSIYA MAGISTR (восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonda iqtisodiy jarayonlar mamlakat axborot texnologiyalari rivojlanish ko‘rsatkichlar dinamikasi tahlili
I BOB Iqtisodiyotda axborot texnologiyalarni tutgan o‘rni. 1.1 «Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar» fanini ta’rifi, mohiyati va o'qitish maqsadi va vazifalari. Rivojlangan mamlakatlar tajribasiga ko‘ra jamiyatni axborotlashtirish muammosini xal qilish taraqqiyotning asosiy maqsadlaridan biri hisoblanib, XXI asrda davlatlar sivilizatsiyasining yangi pog‘onasiga ko‘tarilishi bilan boholanmoqda. Bunday maqsadga erishish axborot infratuzulmasini rivojlantirish dasturini joriy qilish orqali erishiladi. Axborot infratuzilmasi mamlakatdagi barcha axborot iste'molchilarini axborot bilan ta'minlash tizimlari majmuasidan iborat bo‘lib, avtomatlashtirilgan aloqa tizimlari va axborot – hisoblash resurslarini keng tadbiq etish asosida yangi axborot texnologiyasidan foydalanish imkonini beradi. Bu esa "«Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar»" fanini o‘qitish maqsadidir. "«Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar»" fanining asosiy vazifasi Prezident I.A.Karimov tomonidan qo‘yilgan masalalarni yechishga, jamiyatni axborotlashtirish to‘g‘risidagi dasturlarni amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, iqtisodiy mutaxassisliklar bo‘yicha ta'lim olayotgan talabalarni tashkiliy-iqtisodiy sohadagi masalalarni yechishda yangi, yuqori unumdorli hisoblash texnikasidan va zamonaviy axborot texnologiyasidan samarali foydalanishga o‘rgatishdir. O‘quv kursining predmeti bo‘lib, axborot texnologiyalarini joriy qilish usullari, texnik va dasturiy vositalarning nazariy asoslari va ularni tegishli sohalarda tadbiq qilish usullari hisoblanadi. «Iqtisodiyotda axborot-kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar» - axborot texnologiyalari vositalari yordamida axborotni taqdim etish, qabul qilish, saqlash, unga ishlov berish, uzatish usullarini, ya'ni axboriy jarayonlarini va axborot texnologiyalari vositalarini faoliyat ko‘rsatish tamoyillarini, ularni boshqarish usullarini sistemali ravishda o‘rganuvchi fandir. Informatika so‘zi elektron hisoblash mashinalari yordamida axborotni qayta ishlash bilan shug‘ullanuvchi sohani ifodalovchi atama sifatida yuzaga keldi. Informatika atamasi lotincha «informatic» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, tushuntirish, xabar qilish, bayon etish ma'nolarini anglatadi. Texnologiya so‘zi “mohirlik” ma’nosini anglatadi. Axborot texnologiyalari- axborotlarni zamonaviy texnologiyalardan foydalanib, boshqarish, yig‘ish, saqlash, qayta islash va uzatishni o‘rganuvchi fandir. Axborot texnologiyasi bu usullar tizimi va axborotlarni yig‘ish, saqlash, izlash, qayta ishlash, uzatish yo‘lidir. U informatikaning predmeti xisoblanadi hamda boshqaruv amaliyotini o‘tkazishni, ishlab chiqarishni boshqarishni, ilmiy izlanishlar va sanoat miqyosida korxonalarning tashkil topishini, ularning texnik rivojlanishi natijasida xalq xo‘jaligining yangi tarmoqlarini yuzaga keltiradi. Axborot texnologiyasi boshqarish jarayonlarini aks ettiruvchi iqtisodiy axborotlarni o‘lchash, jamlash, saqlash, qayta ishlash kabi amallarni bajaradi. Elektron hisoblash mashinalarining rivojlanish jarayonidagi avlodlar quyida gilar - 1-avlod (1950 yillar boshida). Element bazasi elektron chiroqlardan iborat. EHM katta hajmi, ko‘p elektr quvvati iste’mol etishi, kam harakatchanligi, kam ishonchliligi, kodlarda dasturlanishi bilan ajralib turgan. 2-avlod (1950 yillar oxiridan). Element bazasi yarim o‘tkazgichli elementlardan iborat. Oldingi avlod EHMga nisbatan barcha texnik xususiyatlari yaxshilangan. Dasturlashtirish uchun algoritmik tildan foydalanilgan. 3-avlod (1960 yillar boshi). Element baza integral chizmalardan iborat. EHM hajminng keskin kichrayishi, ishonchliligining ortishi, samaradorligini ortishi, ma’lum masofadagi terminallardan alohida bo‘lish. 4-avlod (1970 yillar o‘rtalaridan). Element bazasi - mikroprotsessorlar, katta integral chizmalar. Texnik xususiyatlari yaxshilangan. Shaxsiy kompyuterlarning ommaviy chiqarilishi. Asosiy yutuqlaridan biri - rivojlanish yo‘nalishi; yuqori ishlab chiqarish quvvatiga ega qudratli ko‘p protsessorli hisoblash tizimlari arzon mikro EHMlarni yaratilishidir. 5-avlod (1980 yillar o‘rtalaridan). Intellektual kompyuterlar ishlab chiqarila boshlandi. Download 0.56 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling