Angilyada kapitalizimning qishloq xo‘jaligiga tasiri. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
Download 320.92 Kb. Pdf ko'rish
|
ANGILYADA KAPITALIZIMNING QISHLOQ XO‘JALIGIGA TASIRI.
4 1.Qishloq xo'jaligida ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishiga feodal tartiblarining g‘ov bo‘lishi Evropada so`nggi o`rta asrlar XVI asr va XVII asrning birinchi yarmini o`z ichiga oladi.Bu davrning eng muhim voqeasi – feodal munosabatlarning emirilishi va kapitalistik munosabatlarning paydo bo`lishi hisoblanadi . Angliya va Niderlandiya kabi davlatlarda bu jarayonlar nisbatan jadal rivojlanadi . Kapitalistik munosabatlar paydo bo`lishining asosiy sharoiti ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivoji va mehnat qurollarining mukammallashishi edi . XVI asr boshlarida hunarmandchilikning ba`zi sohalarida rivojlanish sodir bo`ladi . Sanoatda suv g`ildiragi tobora keng ishlatila boradi . Antik davrdan boshlab qo`llaniladigan suv tegirmoni o`rniga XIII asrdan boshlab yuqoridan aylantiriladigan g`ildirak qo`llanila boshlanadi . Bunday g`ildirak movutsozlikda , konchilikda , metallurgiyada , qog`oz ishlab chiqarishda tarqala boradi . To`qimachilikda ham rivojlanish kuzatiladi . Yigiruv ishlari takomillashadi . Vertikal to`qimachilik stanoklari takomillashgan gorizontal stanoklar bilan almashtiriladi . Qator Evropa davlatlarida ipak va ip – gazlama ishlab chiqarish yo`lga qo`yiladi . Yangi bo`yoqlar tayyorlanib , bo`yash jarayonining o`zi takomillashadi 1 . Konchilik ishlarida va metallurgiyada muvaffaqiyatlarga erishiladi . Mehnat qurollariva qurol– yarog`lar ishlab chiqarish uchun qora metallga ehtiyoj ortishi chuyan, mis, temir, qazib olishni ko`paytirishni talab qiladi . Yer ustidagi foydali qazilmalar bu davrda tugagani uchun , 1 I Umumiy tarix . T. 4 . M., 1953. 5 XV asrdan ko`p tarmoqli chuqur shaxtalar qazila boshlangan . O`tga chidamli g`ishtdan katta domna pechkalari qurilib , unga suv g`ildiragi bilan havo purkash tufayli yuqori temperatura hosil qilingan . ( chuyan olingan ) Chuyandan to`p va o`qlar quyilgan . Suv bilan og`ir mexanik bolg`alar haraktga keltirilgan . Kitob bosishning ixtiro qilinganidan keyin tipografiya ishlari rivojlanib ketadi . Bu vaqtda avtomatik mexanizmlardan prujinali va mayatnikli soatlar ma`lum bo`lgan . XV asrdan pista ko`mir o`rniga toshko`mir ishlatila boshlanadi . Ishchilarning mahorati va ish tajribasi oshishi ham muhim ahamiyatga ega edi . Ishlab chiqarish texnoligiyasi murakkablashuvi bilan mehnat taqsimotining oshishi ixtisoslashuvning chuqurlashuviga, yangi kasblarning ajralishiga, ish asboblarining takomillashuviga va mehnat unumdorligining oshishiga olib keladi . XIV – XV asrlarda kemasozlikda va dengizchilik ishlarida yutuqlar qo`lga kiritiladi . Kemalar hajmi kattarib , ularning texnik jihozlanishi yaxshilanadi . Natijada dunyo savdosi kengayadi . Sanoat rivojlanib , qishloq xo`jalik mahsulotlariga talab kuchayadi va qishloq xo`jalik mahsulotlari tayyorlanishi va uning tovarligi oshadi . Lekin qishloq xo`jaligida sanoatda bo`lganidek keskin rivojlanish kuzatilamaydi . Feodal ekspluatatsiya dehqonlar mehnati- ning samaradorligiga yo`l qo`ymagan . Qishloq xo`jalik qurollari o`zgarishsiz qolsada , endi takomillashib , yaxshi metalldan 6 tayyorlana boshlanadi , engil va qulayroq ko`rinish oladi . XV asr II yarmidan boshlab 1– 2 ot qo`shilgan engil pluglardan foydalana boshlaydilar. Qishloq xo`jaligida ham ma`lum siljishlar ro`y beradi: hosildorlik oshadi, ekin maydonlari kengayadi. Ekin maydonlarini kengaytirish uchun ko`l va botqoqliklarni , dengiz toshib tu- radigan tekisliklarni quritish injenerlik hisoblarini taqozo qilar edi . Agrotexnika yaxshilanadi. Tuproqni toqf, go`ng, kul va b. bilan o`g`itlash tarqaladi. Uch dalali almashlab ekish bilan bir qatorda ko`p dalali almashlab ekishga o`tiladi . Chorvachilik ham rivojlanadi . Niderlandiya , Angliya , Germaniya kabi davlatlarda chorvani bir joyda saqlab boqish qo`llaniladi , uning zotdorligi oshadi . Uzumchilik, polizchilik, bog`dorchilik rivojlanadi. (Ayniqsa shaharlarga yaqin yerlarda) Ekin navlari yaxshilanadi . Qishloq xo`jaligi mahsulotlari tayyorlash bo`yicha hududlarning ixtisoslashuvi kuzatiladi. M., Gollandiya- sut chorvachiligi bo`yicha ixtisoslashadi ( sut va pishloq eksport qilgan ) , Germaniyaning Reyn viloyatlari - uzumchilik va vinoning ba`zi turlarini tayyorlashga, Valensiya va Granada – ipak tayyorlashga , Kastiliya – ingichka tolali qo`ychilik va yung sotishga ixtisoslashadi . Umuman qishloq xo`jaligida o`zgarishlar kapitalistik munosabatlarning paydo bo`lishiga olib keladi . Biroq feodal tartiblar hali qishloq xo`jaligida tub o`zgarishlarga yo`l qo`ymaydi . 7 Shahar va qishloqlarda tovar xo`jaligining kengayishi yakka ishlab chiqarishning yirik kapitalistik ishlab chiqarish bilan almashinuviga shart – sharoit yaratadi . Mayda feodal ishlab chiqarish o`z sodda ish qurollariga ega bo`lgan krepostnoy va qaram dehqonlarga yer berish orqali tashkil qilingan . Tsex va qishloq hunarmandlari ham o`z ish qurollariga va xom– ashyoga ega bo`lganlar . Kapitalistik ishlab chiqarish usuli esa nisbatan yirik korxonalarda ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo`lgan shaxsan erkin kishilarning yollanma mehnatiga asoslanadi . Shuning uchun ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo`lishi kapitalistik ishlab chiqarishning shart– sharoiti hisoblanadi. Kapitalist feodaldan farqli ravishda yollanma ishchini sotishi va sotib olishi mumkin emas . Bu shart – sharoitlar dastlabki kapital jamg`armalar jarayonida yarati- ladi . Download 320.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling