Angilyada kapitalizimning qishloq xo‘jaligiga tasiri. Reja: I. Kirish. II. Asosiy qism
Qishloq xo'jaligiga kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi
Download 320.92 Kb. Pdf ko'rish
|
ANGILYADA KAPITALIZIMNING QISHLOQ XO‘JALIGIGA TASIRI.
2.Qishloq xo'jaligiga kapitalistik munosabatlarning kirib kelishi
XVI– XII asrlarda savdogarlar, so`dxo`rlar tomonidan soliqlar sotib olinishi, qirollarga katta % evaziga qarz berish, so`dxo`rlik qilish orqali ko`p miqdorda pul mablag`lari to`planadi . Davlatning proteksionizm va merkantilizm siyosati ham jamg`armalar yig`ilishiga yordam beradi . ( proteksionizm – chetdan keltiriladigan mollarga baland boj to`lovlari jo- riy qilinishi ) Mustamlakalarni talash – jamg`armalarning muhim manbalaridan biri edi . Ispan vaportugallar Yangi Dunyoda cheksiz boyliklarni qo`ga kiritdilar. Amerika konlarida mahalliy va Afrikadan keltirilgan negr – 8 qullar ishlatilib , qimmatbaho metallar Evropaga tashila boshlangan . Mustamlakalarda savdo savdogarlarni boyitadi . Ispan va portugallardan keyin golland va ingliz istilochilari va savdogarlari mustamlakalarni talashni boshlaydi . Mustamlakalardan orttirilgan boylik metropoliyaga oqib kelib , kapitalga aylanadi .Mustamlakalardan juda ko`plab oltin va kumush oqib kelishi natijasida inflyatsiya sodir bo`lishi “ baholar inqilobi ” deb atalgan hodisani keltirib chiqaradi . Bu esa ko`plab savdo- garlar va tadbirkorlarning qo`lida katta mablag` hosil bo`lishiga olib keladi . Baholar inqilobi avval Ispaniya va Portugaliyaga, keyinroq Frantsiya, Angliya, Niderlandiya va b. dav- latlarga yoyiladi . Soliqlar oshishi, qarzlar ko`payishi natijasida shahar va qishloq aholisining katta qismini ommaviy qashshoqlanishiga olib keladi . Ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish ositalaridan mahrum qilinishi ichki bozorni kengaytiradi . Endi kechagi dehqon va hunar- mand tovar iste`mol qiluvchiga aylanib , o`z ishchi kuchini sotib kun ko`ra boshlaydi . Yangi mamlakatlarning kashf qilinishi va mustamlakachilik tizimining paydo bo`lishi bilan savdo dunyo miqyosida olib boriladi . Dunyo kapitalistik bozorining yuzaga kelishi muhim tarixiy ahamiyatga ega bo`ldi , chunki mamlakatning burjuacha rivojlanish darajasi uning dunyo bozorida tutgan mavqeiga bog`liq edi . Shunday qilib, dastlabki jamg`armalarning natijasi yirik mablag`larga ega bo`lgan burjua tipidagi tadbirkorlar paydo bo`lishiga va shahar 9 hamda qishloq ahloisining yoppasiga ishlab chiqarish vositalaridan mahrum bo`lgan pauperlarga , korxonalarning yollanma ishchilariga aylanishiga olib keladi . Kapitalistik korxonalar kapital va yollanma mehnatning qo`shilishini va uning natijasida qo`shimcha qiymat hosil qilinishini taqazo qilgan . Yollanma mehnat evaziga yashovchilar kapitalistik munosabatlardan avval paydo bo`ladi . Ayniqsa , Angliyada yerlar to`sib olinib, qo`ychilik yaylovlariga aylantirilganda aholi qashshoq – daydilarga aylanadi . Qirol farmonlaridan birida : “ Avval 200 kishi ishlagan maydonda 2– 3 cho`pon qolgan” – deyilgan edi . Qolganlari haydab yuboriladi . Kapitalistik korxonalarda mehnat og`irligi ham daydilar ko`payishiga sabab bo`ladi . Ayniqsa , Niderlandiya , Frantsiya va Ispaniya kabi davlatlarda daydilarga qarshi qonli qonunlar chiqariladi . Daydilar hatto o`limga mahkum etilganlar . Daydilarni yumushxonalarga joylashtirganlar . Bunday joylarda og`ir mehnatdan va ochlikdan ko`plab daydilar halok bo`lganlar . Shu usullar bilan kapitalistik korxonalar uchun ishchilar armiyasi hosil qilingan 2 . Kapitalistik ishlab chiqarishning ilk shakli oddiy kapitalistik kooperasiya bo`lib , buna tadbirkor bir xil ishni bajaruvchi mayda hunarmandlarni ishlatgan . Ish qurollariga ko`ra manufaktura o`rta asr hunarmandchiligidan kam farq qilgan ( lotin “ manufaktura”– qo`lda ayyorlash ) . Biroq alohida korxonalarda mehnat taqsimoti sodir bo`lgan . Ishchilar alohida vazifani bajarganligi mehnat unumdorligini oshirgan . 2 Qurbongaliyeva M. G. O`rta asrlar tarixi . T., 1990. 10 Manufakturaning tsex cheklovlaridan xoli ekanligi uning rivojlanishiga imkon beradi . Manufakturaning uch asosiy ko`rinishi mavjud bo`lgan: markazlashgan, tarqoq va aralash. Markazlashgan manufaktura nis- batan samarali va rivojlangan bo`lgan . Bu yirik kapitalistik korxona bo`lib , yuzlab ishchi har xil ishlarni bajarganlar . To`qimachilik , konchilik , metallurgiya , poligrafiya , shakarpazlik kabi tarmoqlarda markazlashgan manufakturalar paydo bo`ladi . ( Bu yerda texno- logik jarayon ko`plab ishchilarni yonma – yon ishlashini taqazo qiladi ) . Armiya va davlat ehtiyojlari uchun davlatlar ham markazlashgan manufakturalarga asos solganlar . Tarqoq manufakturada savdogar yoki tadbirkor uy hunarmandlarini xom – ashyo bilan ta`minlab, ularning mahsulotlarini sotish bilan ham shug`ullangan . Shu tariqa hunarmandlar yollanma ishchilarga aylana boradi. Bunday manufakturalar tsex reglamenti bo`lmagan joylarda, to`qimachilik sohasida paydo bo`ladi . Uy hunarmandlarini ishlatish bilan birga tadbirkor ko`plab kishilar ishlaydigan manufakturalar tashkil qilganlar . Bu yerda nisbatan murakkab va muhim operatsiyalar bajarilgan . ( bo`yash , tayyor mahsulotga ishlov berish va b., ) Chuqur mehnat taqsimoti evaziga markazlashgan manufakturalarda mehnat unumdorligi oshadi . Hamma operatsiyalarni bajargan ishchi bir kunda 20 igna tayyorlagan bo`lsa , bunday manufakturalarda 10 ta ishchi ma`lum bir operatsiyani bajarib, 4800 igna tayyorlagan . Mehnat taqsimoti ma`lum bir ishchi bajaradigan ishni mexanizlashtirish mashinalarni paydo bo`lishiga turtki bo`ladi . Feodal munosabatlari hukmronligi davrida markazlashgan manufakturalar kamdan – kam uchraydigan voqea edi . 11 Reformatsiya davrida katolik cherkovi va monastir yerlarini musodara qilinishi va sotilishi Angliya , Germaniya va Niderlandiya kabi davlatlarda dehqonlarning ommaviy ra- vishda yashash vositalaridan mahrum bo`lishini tezlatdi . Reformatsiya yer egaliklari qo`ldan– qo`lga o`tishiga va agrar munosabatlar xarakteri o`zgarishiga olib keladi . XVI- XVIIasrlarda qishloqlarda ham kapitalistik munosabatlar paydo bo`ladi . Biroq ish qurollari ri- vojlanishi , ijtimoiy mehnat taqsimoti va feodal munosabatlarning emirilishi qishloqlardasekin boradi . Shunga ko`ra kapitalistik munosabatlar ham sekin rivojlanadi . Qishloq xo`jaligini kapitalistik asosda qayta tashkil qilish uchun Angliya va Niderlandiyada qulay shart – sharoit yuzaga keladi . Angliya dvoryanlari va burjuasi musodara qilingan monastir yerlarini sotib olib , aholini haydaydi va bu yerda qishloq xo`jalik ishchilari – batraklarning yollanma mehnatiga asoslangan dehqonchilik xo`jaliklari va qo`ychilik aydonlari tashkil qildilar . Yangi egalari yerni dehqonlarga va shahar burjuasiga ijaraga beradi. Ko`plab davlatlarda ijaraning birinchi shakli chorikorlik bo`lgan . Bunda mulkdor ijarachiga yer , urug` va ish qurollarini bergan . Ijarachi ba`zida yollanma mehnatdan foydalanib ijaraga olingan yerda xo`jalik yuritgan . Yer nisfikorlik asosida ham ijaraga berilgan . Bunda ikki tomon teng xarajat qilgan va daromadni teng taqsimlagan . Fermerlik paydo bo`lgandan keyingina kapitalistik ijara yuzaga keladi . Fermer kata yer maydonlarini ijaraga olib , yollanma ishchi kuchi bilan unga ishlov bergan . Bunday 12 vaqtda yer egasiga beriladigan renta yollanma ishchilar yaratgan qo`shimcha qiymatning bir qismini tashkil etgan . Shu tariqa qishloq xo`jaligida kapitalistik ishlab chiqarish munopaydo bo`ladi . Fermerlik Angliyada , Niderlandiyada , Shimoliy Frantsiyada tarqaladi . Markaziy va Sharqiy Evropa mamlakatlarida krepostnoy mehnatga asoslangan barshchina xo`jaliklari kengayadi . Asosiy ijtimoiy va siyosiy kuch bo`lib turgan dvoryanlar tovar pul munosabatlari rivojlanishidan o`z manfaatlari yo`lida foydalanadilar . G`arbiy Evropa davlatlarida shaharlarning kengayishi bilan qishloq xo`jalik mahsulotlariga ehtiyoj ortishi bu hududlarda yirik barshchina xo`jaliklarini rivojlanishiga turtki beradi . Sotishga ko`proq g`alla chiqarish uchun feodallar qarzdor dehqonlar yerlarini , jamoa yerlarini tortib olib, o`zlarining ekin maydonlariga aylantiradilar . Bu yerda barshchina mehnatidan foydalanishga asoslangan xo`jaliklar tashkil etiladi . Agrar munosabatlarning bunday rivojlanishi shahar va qishloqlarda kapitalizmning paydo bo`lishiga to`siq bo`ladi . Download 320.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling