Anglangan va anglanmagan motivlar


Download 40.06 Kb.
bet1/7
Sana03.11.2023
Hajmi40.06 Kb.
#1742657
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ANGLANGAN VA ANGLANMAGAN MOTIVLAR


ANGLANGAN VA ANGLANMAGAN MOTIVLAR
REJA:
KIRISH
1. Shaxs va uning faolligi.
2. Motiv faoliyatning turlari. Jismoniy va aqliy harakatlar.
3. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs anglangan va anglanmagan motivatsiyasi .
4. Motivlarning turlari.
5. Motivlarning anglanganlik darajasi: ijtimoiy ustanovka va uni o’zgartirish
muammosi.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI


Kirish.
Mustaqil Respublikamizdagi ulkan iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy-mafkuraviy o`zgarishlar odamlar psixologiyasi qalbida ham o`z aksini topmoqda. Jamiyatning yangilanishi esa davlatning kеlajagi buyuk bo`lishidan darak bеrib turibdi.
Yurtboshimiz Islom Karimov yoshlarga murojat qilib. –“ O’zimiz istagan zamon uchun kurashish, kerak bo’lsa o’zimizni, butun borlig’imizni berishimiz lozim. Shunday intilish bilan yashasak, nafaqat o’z hayotimiz, balki kelajak avlodlarimiz hayotini, ularning ertangi yorug’ kunini o’zimiz, o’z qo’limiz bilan barpo etgan bo’lamiz …
Shu nuqtai nazardan qaraganda, eng to’g’ri yo’l – ta’lim-tarbiya tizimini yanada rivojlantirish, yanada mustahkamlash yo’lidir . Biz bu yo’ldan hech qachon qaytmaymiz.“
Yurtboshimizning yuqoridagi fikralarida milliy mafkuramiz asoslanadigan masalalar qatoriga xalqimizning ruhiyati, tafakkurini ham kiritib psixologlar oldiga ham vazifalar qo`ydi. Yuksak insoniy, umumbashariy his-tuyg‘ular fuqarolar xatti-harakatlarining, fe’l-atvorlarining regulyatori (boshqaruvchisi) vazifasini (funksiyasini) bajara boshlagan daqiqalardan e’tiboran umumiy, ijtimoiy-psixologik negizlarga asoslanuvchi ommaviy harakatlar, qarashlar, g‘oyalar, motivatsiyalar namoyon bo‘ladi va har bir insonda shu umumiyat ishiga o‘zining shaxsiy ulushini qo‘shish istagi, mayli, xohishi vujudga keladi. Mamlakatimiz fuqarolarining yurtimizda va uning tashqarisida sodir bo‘laetgan ijtimoiy, ijtimoiy-psixologik voqelikka, shaxslararo va millatlararo muomala xususiyatiga, maromiga, umuminsoniy hamda milliy qadriyatlarga nisbatan munosabatlari ijtimoiy muhitni (makro, mikro, mezo ) harakatlantiruvchi kuchni o‘zida mujassamlashtiradi.
Xalq ommasining jamiyatga, tabiatga, yakka shaxsga nisbatan munosabatlari ehtiyojlarda, xohish-istaklarda, qiziqishlarda, xulq-atvor (faoliyat, muomala) motivlari yoki motivatsiyalarida, iymon-e’tiqodda, qarashlarda, g‘oyalarda, milliy an’analarda o‘z ifodasini topadi.Munosabatlar negizida esa inson ongidagi timsollar, tasvirlar, tasavvurlar, taassurotlar, kechinmalar, irodaviy xislatlar, xarakter sifatlari, yuksak his-tuyg‘ular, aql-zakovat, barkamol shaxsning barqaror fazilatlari yotadi. Milliy istiqlol mafkurasining mustaqilligi, mustahkamligi, barqarorligi,qudratliligi mamlakatimiz fuqarolarining istagi, intilishi, faoliyat rejasi, xulq-odobi, muomala maromi, yaqqol vazifasi bilan bevosita uyg‘unlashuviga bog‘liq.
Jamiyat bilan doimiy munosabatni ushlab turuvchi, o’z-o’zini anglab, har bir
harakatini muvofiklashtiruvchi shaxsga xos bo’lgan eng muhim va umumiy
xususiyat - bu uning faolligidir. Faollik (lotincha «actus» - harakat, «activus» - faol
so’zlaridan kelib chiqqan tushuncha) shaxsning hayotdagi barcha ha tti-harakatlarini namoyon etishini tushuntiruvchi kategoriyadir. Bu - o’sha oddiy qo’limizga qalam olib, biror chiziqcha tortish bilan bog’liq elementar harakatimizdan tortib, toki ijodiy uyg’onish paytlarimizda amalga oshiradigan mavxum fikrlashimizgacha bo’lgan murakkab harakatlarga aloqador ishlarimizni tushuntirib beradi. SHuning uchun ham psixologiyada shaxs, uning ongi va o’z-o’zini anglashi muammolari uning faolligi, u yoki bu faoliyat turlarida ishtiroki va uni uddalashi aloqador sifatlari orqali ba yon etiladi. Fanda inson faolligining asosan ikki turi farqlanadi: A. Tashqi faollik - bu tashqaridan va o’z ichki istak-xohishlarimiz ta’sirida bevosita ko’rish, qayd qilish mumkin bo’lgan harakatlarimiz, mushaklarimizning harakatlari orqali namoyon bo’ladigan faollik. B. Ichki faollik - bu bir tomondan u yoki bu faoliyatni bajarish mobaynidagi fiziologik jarayonlar (moddalar almashinuvi, qon aylanish, nafas olish, bosim o’zgarishlari) hamda, ikkinchi tomondan, bevosita psixik jarayonlar, ya’ni aslida ko’rinmaydigan, lekin faoliyat kechishiga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni o’z ichiga oladi. Misol tariqasida hayotdan shunday manzarani tasavvur qilaylik: uzoq ayriliqdan so’ng ona o’z farzandi visoliga yetdi.



Download 40.06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling