Angren universiteti boshlang’ch ta’lim 102-guruh “ amaliy o’zbek tili davlat tilida ish yuritish


Download 43.93 Kb.
bet1/4
Sana18.03.2023
Hajmi43.93 Kb.
#1280303
  1   2   3   4
Bog'liq
amaliy o\'bek tili davlat tilida ish yuritish


ANGREN UNIVERSITETI
BOSHLANG’CH TA’LIM 102-GURUH
AMALIY O’ZBEK TILI DAVLAT TILIDA ISH YURITISH
REFARAT


Mavzu: Nutq madaniyati. Til va nutq


BAJARDI: Umarova Muqaddasxon Muqumjonovna


TEKSHIRDI: Boboxonov Laziz_Abullaxahovich___




Mavzu: Nutq madaniyati. Til va nutq

Tilning ijtimoiy-ma’rifiy vazifalari


Tafakkur va til
Til va nutq
O‘zbek tili taraqqiyoti
Dunyoga kelgan har bir bola haqiqiy inson bo‘lib yetishishi uchun juda ko‘p narsalarni bilishi kerak.
U o‘ziga kerakli bilimni ko‘rib, eshitib va o‘qib o‘rganadi. Eshitib, o‘qib o‘rganish til vositasida amalga oshadi va uning imkoniyati cheksizdir. Agar til bo‘lmay, har bir kishining tirikligi uning o‘z tajribasiga asoslangan bo‘lsa edi, inson shu kungacha hayvon qanday yashasa, shunday yashagan va bugungi moddiy-ma’naviy taraqqiyotga erishmagan bo‘lardi.
Tilning birligi, ma’rifiy ahamiyati shundan iboratki, til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan bilim ommalashib, uning ko‘pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug‘iladi.
Undan tashqari, til tufayli bilim avloddan avlodga og‘zaki va yozma tarzda qoldiriladi, natijada yangi avlod o‘tgan avlodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi.
Til ilm olishda zamon va makon g‘ovini o‘rtadan ko‘taradi. U tufayli eng qadimgi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz va hatto kelgusiga oid ma’lumotlarni ham olamiz. Til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib bo‘lmaydigan narsalarni ham o‘rganamiz. Ko‘rinishi, shakli bir narsalarning aksi ongimizga o‘rnashishi mumkin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‘z shaklida o‘zlashtiramiz. Xuddi shuningdek, mavjudotning ko‘rinmas ichki jihatlarini ham so‘z shaklida o‘zlashtiramiz va til vositasi bilan o‘zgalarga tushuntiramiz.
Tilni o‘rganish va o‘rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u umumlashtirish xususiyatiga ega. So‘z yordamida biz mavjudotni o‘rganib, umumiy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar mavjudotning umumiy xossalarini o‘rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat tug‘diradi.
1. Har bir millatning tili ikki xil ijtimoiy vazifani bajaradi: bir tomondan, jamiyat a’zolari orasida o‘zaro aloqa uchun xizmat qilib, ularni birlashtiradi, ikkinchi tomondan, bir millatni boshqasidan ajralib turishini ta’minlaydi.
2. Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak, millatning ruhini yo‘qotmakdur (A. Avloniy).
3. Tildagi har bir so‘z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir, o‘sha tafakkur va tuyg‘ular orqali so‘z yordamida mamlakat tabiati va xalq tarixi ifoda etilgan (K. Ushinskiy).
4. Ki har neni bilmish odamizod, Tafakkur birla qilmish odamizod (A. Navoiy).
5. Kim ravshan fikrlasa, u ravshan bayon etadi (N.Bualo).
6. Til fikrni yaratuvchi a’zodir. Aqliy faoliyat va til yaxlit butunlikni tashkil etadi (V. fon Gumboldt).
7. So‘zlash qobiliyati hodisalar ichiga kirishning yagona va bebaho vositasidir (L.N.Tolstoy).
Inson faoliyatida til borliqni bilish va fikr almashish vositasi vazifasini bajaradi. Til vositasida insoniyat tomonidan jamg‘arilgan bilimlar qayd etiladi, saqlanadi va avloddan avlodga yetkaziladi. Til millat ruhining ko‘zgusidir. Tilda millatning bor-yo‘g‘i, o‘y-fikri, dunyoqarashi, orzu-umidlari, Vatani, his-tuyg‘ulari gavdalanadi. Tildagi har bir so‘z, uning har bir shakli inson tafakkuri va tuyg‘usining natijasidir.
Til yaxlit bir tizim sifatidagina ijtimoiy vazifani bajara oladi. Til asosiy birliklari: tovush, so‘z, qo‘shimcha, gaplar orqali grammatik jihatdan ohang vositasida va mantiqan o‘zaro bog‘lanishda borliq haqidagi hukmlarni ifodalaydi, nimanidir tasdiqlaydi yoki inkor qiladi.

Download 43.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling