Angren universiteti fan: Falsafa


M.X.Xayrullaev (1931-2004


Download 482 Kb.
bet30/33
Sana01.08.2023
Hajmi482 Kb.
#1664394
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yo\'nalishlari

M.X.Xayrullaev (1931-2004) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. XX asrning ikkinchi yarmida o‘zbek falsafasi rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan yetuk olim, jamoat arbobi. Asosiy faoliyati Abu Nasr al Forobiyning ilmiy ijodini o‘rganish va sharhlashga bag‘ishlangan. U “Buyuk siymolar”(1996 2 jild) va “Ma'naviyat yulduzlari” (1999) asarlarining mas'ul muharriri. M.Xayrullaev Forobiy ijodini qayta kashf etgan olim. U Forobiy ijodidagi materializm va idealizmni bir-biri bilan aralashtimaslik kerak deb hisoblaydi. Uning fikricha, Forobiy tomonidan Xudoning tan olinishi idealizm bo‘lsa, astronomiya, matematika, mantiq sohasidagi kashfiyotlari materializmdir. Chunki bu sohalarda narsalar yo‘qdan bor bo‘lmaydi, bordan yo‘q bo‘lmaydi. Masalan, yer, Quyosh, Oy, sayyoralar harakatlari orasidagi munosabatlarning ob'ektivligi doimo bir xildadir15. M.Xayrullaev kommunistik mafkura hukmron bo‘lgan davrda, Forobiy idealizmini tan ola oldi va uning ijodidagi idealistik va materialistik g‘oyalarni sharhladi. M. Xayrullaev yetuk olim bo‘lish bilan bir qatorda jamoatchi ham edi. U uzoq yillar davomida O‘zFA “Sharqshunoslik” institutida direktor lavozimida va “O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar” jurnalining mas'ul muharri lavozimida ishlagan.
Baratov Mo‘bin (1934-2005) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ishlari Markaziy Osiyo mutafakkirlarining falsafiy merosini o‘rganishga bag‘ishlangan. Jumladan, uning “Ibn Sino falsafasi” asarida buyuk mutafakkir ijodining yangi qirralari ochib berilgan. Mo‘bin Baratov har qanday jamiyatni harakatlantiruvchi kuch ma'naviy omil deb ta'kidlaydi va o‘zbek xalqida tarixan ma'naviy qadriyatlarga sodiqlik shakllangan, hozirgi kunda ularni davr ruhiga moslashtirish lozim, deb hisoblagan.
Tursunmuhamedov Sattar Pozilxaqovich (1929) akademik, falsafa fanlari doktori, professor. Asosiy ilmiy ishlari sanoat va qishloq xo‘jalik mehnati, ijtimoiy guruhlar, tabaqalar, mulkdorlar sinfining shakllanishi, ijtimoiy jarayonlar, jamiyatning siyosiy tizimi, mustaqillik yillarida esa, bozor iqtisodiyoti munosabatlari sharoitida kuchli ijtimoiy siyosatning ahamiyati masalalariga bag‘ishlangan.

Download 482 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling