Angren universiteti fan: Falsafa
O‘zbekiston falsafa jamiyati
Download 482 Kb.
|
Yangi va eng yangi davr falsafasining ustuvor yo\'nalishlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati.
O‘zbekiston falsafa jamiyati. 1973 yilda O‘zbekiston falsafa jamiyati tashkil qilingan va uning raisi etib Ibrohim Mo‘minov saylangan. I.Mo‘minov vafotidan so‘ng, 1974-1980 yillarda Muzaffar Xayrullaev, 1980-1986 yillarda Q.Xonazarov, 1988-1990 yillarda Erkin Yusupov kabilar O‘zbekiston falsafa jamiyati raisi lavozimida ishlar ekanlar, asosiy e'tiborni O‘zbekistonda yashab ijod qilayotgan faylasuflarning ijodiy hamkorligini ta'minlash, ularning ajdodlarga munosib avlod ekanligini dunyo hamjamiyatiga tanishtirishga qaratdilar. Shu bois, o‘zbek faylasuflari muntazam xalqaro konferensiyalar va jahon falsafa Kongresslarida ishtirok etganlar.
1990 yildan buyon Said Shermuxamedov rahbarligida O‘zbekiston falsafa jamiyati huzurida «Falsafa fanining dolzarb muammolari» bo‘yicha doimiy respublika ilmiy nazariy seminari tashkil etilgan. Unda respublikamizning taniqli faylasuflari shuningdek, boshqa fan vakillari XXI asr fanining dolzarb muammolari bilan bir qatorda, ma'naviy yuksalish, jamiyatni demokratlashtirish va modernizatsiyalashning ustivor yo‘nalishlari haqida fikr almashadilar. 2001 yilda YuNeSKO qaroriga binoan har yili noyabr oyida nishonlanadigan “Jahon falsafa kuni” arafasida Falsafa jamiyati rahbariyatining sa'y harakatlari bilan, falsafa fani rivojiga hissa qo‘shayotgan yetakchi olimlar va yosh tadqiqotchilar munosib taqdirlanib kelmoqda. Yoshlarda falsafiy mushohada yuritishni takomillashtirish maqsadida “Aql mashqi”, “Tafakkur shaydolari” kabi to‘garaklar tashkil qilingan. Shu bilan birga respublika falsafa kafedralari faoliyatini o‘rganish bo‘yicha “Eng yaxshi kafedra”,”Eng yaxshi darslik”, “Eng yaxshi talaba referati” nominatsiyalari bo‘yicha tanlovlar e'lon qilinib, munosib topilgan nomzodlar taqdirlanmoqda. O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati. 1998 yilda tashkil qilingan, 2001 yilgacha uning raisi Inomjon Rahimov bo‘lgan. 2001 yildan O‘FMJ raisi Q.Nazarovdir. Jamiyat qoshida tashkil etilgan nashriyotda uning a'zolari falsafa, milliy g‘oya va mafkuraga oid yangi turkum adabiyotlarni yaratish, nashr qilish va ular orqali aholi turli qatlamlari ongida dunyoni falsafiy idrok etish, o‘z-o‘zini anglash, hayotning maqsadini ko‘rish hamda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda faol ishtirok etish bilan shug‘lulanmoqdalar. Darhaqiqat, mustaqillik yillarida falsafa fani yanada ravnaq topdi. Falsafa ilmini rivojlantirish maqsadida viloyatlarda, xususan, Qoraqalpog‘iston Davlat universiteti, Buxoro Davlat universiteti, Samarqand Davlat universiteti, Toshkent Davlat sharqshunoslik institutida “Falsafa” bo‘limlari tashkil qilingan va unda yetakchi mutaxassislar faoliyat olib bormoqdalar. Download 482 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling