Angren universiteti fan: Pedagogika nazariyasi va tarixi


Download 429.02 Kb.
bet1/2
Sana09.06.2023
Hajmi429.02 Kb.
#1465981
  1   2
Bog'liq
Prezident shavkat mirziyoyev tomonidan ko\'tarilgan najot talimda najot tarbiyada najot bilimda deb ifodalangan g\'oya mohiyatini chuntirib bering.docx010101




ANGREN UNIVERSITETI














Fan: Pedagogika nazariyasi va tarixi
Mavzu: Prezident shavkat mirziyoyev tomonidan ko'tarilgan "najot talimda najot tarbiyada najot bilimda" deb ifodalangan g'oya mohiyatini chuntirib bering
mustaqil ish


Guruh: PP-108
Bajardi: Razzakova L.
Qabul qildi: __________________
Angren 2023
Prezident shavkat mirziyoyev tomonidan ko'tarilgan "najot talimda najot tarbiyada najot bilimda" deb ifodalangan g'oya mohiyatini chuntirib bering
Reja:
Kirish
1. Najot ta'lim najot tarbiya najot bilim
2. O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi – mamlakat siyosiy hayotidagi eng muhim voqea
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
Taʼlim va tarbiya nafaqat bugungi, balki barcha davrlarda ham muhim ahamiyatga ega boʻlgan masaladir. Tarbiya haqida soʻz ketar ekan, buyuk maʼrifatparvar, Turkistonda jadidchilik harakatining yorqin namoyandasi Abdulla Avloniyning: “Tarbiya bizlar uchun yo hayot, yo mamot, yo najot, yo halokat, yo saodat, yo falokat masalasidur”, degan soʻzlari yodimizga tushadi. Darhaqiqat, tarbiya insonning asl siyratini koʻrsatuvchi shaffof oinadir.
Tarbiyasiz inson ham, kishilik jamiyati ham mavjud boʻla olmaydi. Chunki odam va jamiyatning mavjudligini taʼminlaydigan qadriyatlar faqat tarbiya tufayli bir avloddan boshqasiga oʻta oladi.
Bugungi kunda yurtimizda taʼlim va tarbiyaning uzviyligiga yuqori darajada eʼtibor qaratilmoqda. Ertamiz egalari boʻlgan dilbandlarimizning taʼlimu tarbiyasiga eʼtibor davlat siyosatining asosiy maqsad va yoʻnalishlaridan biridir. Buni Prezidentimizning 2023-yilga “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili” deya nom berganining oʻziyoq isbotlab turibdi.
Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, mamlakatimizda soʻnggi yillarda taʼlim tizimini rivojlantirish, bu orqali islohotlarni samarali amalga oshirishga tayanch boʻla oladigan kadrlarni tayyorlashga katta eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada 2022-yilda bajarilgan ishlar, erishilgan natijalar talaygina desak, mubolagʻa boʻlmaydi.
Bundan 6 yil avval yurtimizda 77 ta oliy oʻquv yurti faoliyat yuritgan boʻlsa, 2022-yili ular soni 198 taga yetdi. Oliy taʼlim muassasalariga qamrov darajasi shu 6 yillik davrda 9% dan 38% ga yetkazildi. Xususan, 2016-yilda bakalavriatga qabul 58 mingtani tashkil etgan boʻlsa, 2022-yilda – 223 ming nafarga, magistratura boʻyicha ushbu koʻrsatkich 5 mingdan 16 mingtaga yetkazildi.
OTMlarga moliyaviy hamda akademik mustaqillik berilishi, sohada xotin-qizlar taʼlimiga eʼtibor, raqamlashtirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarishning yangi bosqichga koʻtarilishi har bir oliy taʼlim muassasasida oʻziga xos maktab yaratish imkonini berdi.
Xalqaro kongress markazida tashkil etilgan taʼlim sifatini oshirish va yangi avlod darsliklarini joriy etishga bagʻishlangan tadbirda shaxsan Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning ishtiroki hamda ustoz va murabbiylar bilan norasmiy muhitda olib borgan muloqoti yuqoridagi fikrimizning yorqin isbotidir.
Eʼtirof etish kerakki, bugungi jamiyatda oʻqituvchi va murabbiylar maqomi qaytadan yuksaldi. Ularga sifatli taʼlim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishlari uchun zarur shart-sharoit yaratilib, ijtimoiy-huquqiy, moddiy qoʻllab-quvvatlash choralari koʻrilmoqda. Oʻqituvchilarga ustamalar toʻlash hamda ragʻbatlantirish mezonlari kengaytirildi, ularning kasbiy faoliyatiga noqonuniy aralashish, boshqa mehnatga jalb qilish javobgarlikka tortilishi qonuniy asosda belgilab qoʻyildi. Zero, davlatimiz rahbarining: “...Muallimning obroʻ-eʼtibori – bu avvalo millatning, butun xalqning obroʻ-eʼtiboridir”, degan soʻzlari hayotda oʻz aksini koʻrsatdi.
Taʼlim-tarbiya jarayonlariga davlat taqdirini hal etuvchi omil sifatida yondashish, oʻqituvchiyu murabbiylar Yangi Oʻzbekistonni barpo etishda katta kuch, tayanch va suyanch sifatida koʻrilishi juda quvonarli hol. Yangi jamiyatda taʼlim-tarbiya jarayonlariga berilayotgan eʼtibor, undan kutilayotgan istiqbolli natijalar koʻlami bizni ushbu sohaning bir vakili sifatida quvontirishi bilan birga zimmamizga ulkan masʼuliyat ham yuklaydi.
Prezidentimiz 2022-yil 20-dekabr kuni Oliy Majlisga va Oʻzbekiston xalqiga yoʻllagan Murojaatnomasida taʼlim tizimini isloh qilish, qamrovni hamda taʼlim sifatini oshirishga alohida toʻxtalib, bu borada olib borilayotgan islohotlarning bevosita ishtirokchilari sanalgan oliygoh rektorlari, professor-oʻqituvchilar bu jarayonlarda faol boʻlishi, yangi ilgʻor metodikalarni joriy qilishlari kerakligini taʼkidladi.
Ilm-fan, suv va energiyani tejash, tuproq unumdorligiyu hosildorlik, geologiya, ishlab chiqarish, muqobil energiyadan foydalanishni rivojlantirish kabi biz uchun dolzarb yoʻnalishlarda aniq vazifalarni belgilab berdi. Shuningdek, ilmiy salohiyatni, professor-oʻqituvchilarning malakasi-yu til bilish darajasini oshirish, milliy va xalqaro reytinglarda universitetlarning oʻz nufuzi, oʻrnini egallashiga qaratilgan masalalar ham Murojaatnomada oʻz aksini topdi.
Shu oʻrinda aytish kerakki, yosh kadrlarga sifatli taʼlim berish, ular bilan ishlash, iqtidoru salohiyatlarini yuzaga chiqarish, ilm-fanga ragʻbatini kuchaytirish masalalari Fargʻona davlat universiteti jamoasining ham asosiy va muhim vazifasi sifatida alohida eʼtiborda.
Kuni kecha eʼlon qilingan natijalarga koʻra, 2022-2023 oʻquv yilida respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat talabalari uchun ajratilgan Prezident va nomdor stipendiyalarga oliygohimizning 18 nafar talabasi munosib koʻrilgani bizga faxr va iftixor bagʻishlaydi.
Har qanday jamiyatda yoshlarning taʼlim-tarbiyasi hal qiluvchi ahamiyat kasb etar ekan, ularni bu borada yetuklikka yetaklash biz pedagoglarning asosiy va muhim vazifamiz boʻlib qolaveradi. Shunday ekan, har birimiz Vatan hamda millat ravnaqi uchun oʻz vazifamizni sidqidildan, yuksak masʼuliyat bilan ado etmogʻimiz darkor. Zero, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” gʻoyasining mazmuni ham aynan shunga qaratilgan.

O‘zbekiston prezidentining Oliy Majlisga murojaatnomasi – mamlakat siyosiy hayotidagi eng muhim voqea.


2017 yildan buyon an’anaga aylangan bu tadbirda tugayotgan yildagi asosiy ko‘rsatkichlar, yangi yilga mo‘ljallangan maqsad va vazifalar e’lon qilinadi. Murojaatnomalarda ko‘tarilgan masalalar dunyo hamjamiyati va jamotchilik e’tiborini o‘zgi tortmoqda.
Agar ushbu muhim siyosiy voqeani tadrijiy ma’noda ko‘rib chiqilsa, quyidagilarga guvoh bo‘lamiz:
2018 yil – Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili
2017 yil 22 dekabr kuni O‘zbekiston tarixida ilk bor Prezidentning parlament palatalariga Murojaatnomasi bo‘lib o‘tdi. Davlat rahbari o‘z Murojaatnomasida Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili, deb e’lon qilingan 2017 yil yakunlarini sarhisob qilib, O‘zbekistonni yaqin istiqbolda rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi.
2019 yil – Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili
2018 yilgi murojaatnomasida prezident kelayotgan yil og‘ir bo‘lishini, belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun ko‘p narsani, jumladan, dunyoqarashni ham o‘zgartirish zarurligini ta’kidladi. Davlat rahbari investitsiyalar endi kelgusi yil uchun asosiy yo‘nalish bo‘lishini ta’kidladi. Mirziyoevning so‘zlariga ko‘ra, qulay sarmoyaviy muhit yaratmasdan turib kelajakni qurish mumkin emas.
2020 yil – Ilm-fan, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili
Prezidentning 2020 yil 24 yanvar kuni Toshkent shahar Kongresslar zalida Oliy Majlisga uchinchi Murojaatnomasini e’lon qildi. Unda Shavkat Mirziyoev 2020 yilni “Ilm, ta’lim va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb e’lon qilishni taklif qildi.
Prezident oliy ta’lim muassasalariga qabulni oshirish pullik ta’lim hisobiga bo‘lmasligi kerakligini ta’kidlab, davlat grantlari hisobidan talabalar ulushini ikki barobarga oshirishni taklif qildi. Universitetlar haqiqatan ham talab qilinadigan bilimlarni berishi kerak, dedi davlat rahbari.
2021 yil – Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili
Shavkat Mirziyoev 2021 yil uchun ham yoshlar uchun keng imkoniyatlar yaratishni belgilab berdi. Prezident tomonidan 2021 yil oxirigacha maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish 65 foizga, 2023 yil oxiriga qadar esa 75 foizga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Davlat rahbari 2021 yilda 30 ta yangi maktab qurish, 320 ta maktabning moddiy-texnik bazasini ta’mirlash va yaxshilash uchun byudjetdan 2 trillion so‘m, shuningdek, 2021 yilda 2 trillion so‘m miqdorida subsidiyalar ajratilishini ta’kidladi. 2000 ta nodavlat bolalar bog‘chalarini tashkil etish masalasini kun tartibiga qo‘ydi.
2022 yil – Inson manfaatlarini ta’minlash va mahallani mustahkamlash yili
Shavkat Mirziyoev ushbu bosqichda amalga oshirilayotgan islohotlar orqaga qaytmas nuqtaga yetganini ta’kidlab o‘tdi. Ularni chuqurlashtirish maqsadida “Yangi O‘zbekiston rivojlantirish strategiyasi” ishlab chiqildi. Uning asosiy tamoyili “Hamma narsa inson sha’ni va qadr-qimmati uchun”dir.
“Biz uchun bu, eng avvalo, har bir O‘zbekiston fuqarosining huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlashdir. Bunda jamiyatimiz poydevori bo‘lgan mahalla hal qiluvchi ahamiyatga ega. Darhaqiqat, mahalla tinchligi butun yurt tinchligidir. Obod mahalla – obod yurt. Shunday ekan, bundan buyon har bir mahallada samarali ish olib borish asosiy mezon bo‘ladi. Tinchlik va barqarorlikni ta’minlash biz uchun eng muhim vazifadir” – degan edi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev.
2023 yil – Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning bu yilgi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi mamlakatimizda inson qadri va manfaati ustuvor ekanligini amalda yana bir bor o‘z isbotini topdi.
2023 yilning “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”, deb belgilangani halqimizni cheksiz quvontirdi. Zero, Murojaatnomani shunchaki qabul qilish mumkin emas, u hayotimiz uchun muhim dasturilamaldir. Murojaatni tinglagan yoki o‘qigan har bir inson unda olg‘a surilgan ezgu da’vatdan ruhlangan, kuch olgan, keng taassurotlarga ega bo‘lgan, o‘rinli xulosalar chiqargan bo‘lishi tabiiy.
Murojatnomada ta’limni yangi bosqichga olib chiqish masalasiga e’tibor qaratib, kelgusida amalga oshirilishi nazarda tutilgan aniq vazifalar belgilab berildi. O‘ylaymanki, kelajak yo‘lida qayg‘urish bizga suv va havodek zarur. Bu masalaga befarq qarab, keyinga qoldirib bo‘lmaydi. Davlatimiz rahbari buni to‘la anglab, e’tibor qaratgani ko‘ngildagi gap bo‘ldi.
Yangicha qarash, yangi g‘oya va yangi rejalargina davlatning istiqboli, Vatan ravnaqi va xalqimiz farovonligiga daxldor harakatlarni belgilab berishi aniq. Aniq maqsadlar bo‘lmasa, istiqbolli rejalarni amalga oshirish mushkul.
Murojaatnomada xalqimiz istiqboli hamda mamlakat ravnaqi uchun har bir rahbar, har bir fuqaro qanday ish tutishi, yuritishi bilan bog‘liq vazifalar aniq belgilab berildi. Masalaga ongli tarzda yondashish, korrupsiya balosiga qarshi keskin kurashish, ilm-fan, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, barcha sohaviy yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli hamkorlik to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilmasa, mamlakat taraqqiyoti, odamlar farovonligi haqida so‘zlash behuda. Bugungi davrning talabi ham shu.
Ilm-ma’rifat taraqqiyot ko‘zi bo‘lsa, tarbiya uning miyasi, ta’lim esa yuragidir. Shu boisdan ham Murojaatnomadagi “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda”, degan o‘gitlar barchamizni jiddiy o‘ylashga chorlaydi.
Murojaatnomani halqimiz diqqat-e’tibor, zo‘r quvonch bilan tingladilar. Unda, davlatimiz buguni va kelajagiga taalluqli, mamlakatimizni 2023 yilda har tomonlama rivojlantirish, islohotlarni chuqurlashtirish va eng muhimi, xalqimiz farovonligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab berildi.
Oldimizga qo‘yilgan maqsadlar aniq. Ularni amalga oshirishda har bir ishchi-xodim, konchilarimizdan halol va kasbga sadoqat bilan mehnat qilish talab etiladi. Buning uchun eskicha yondashuv va qarashlardan voz kechib, ildam harakat qilishimiz kerak.
Ta’kidlash joizki, Murojaatnoma inson qadri va erkinliklarini ulug‘lashga, kelajak avlod uchun sifatli ta’limni joriy etishga, korrupsiyasiz jamiyatni yaratishga, tadbirkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ekologiya, global muammolarni hal etishga va xalqimiz orasida milliy totuvlik, diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga qaratilgan muhim hujjat bo‘ldi.
Murojaatnoma yuksak tashabbuslar, g‘oyalar va fikrlar mushtarakligini o‘zida mujassam etdi. Bu, hammamiz uchun chorlov ekanini yurtdoshlarimiz qatorida men ham chuqur his etdim.
Darhaqiqat, zamonaviy maktabning vazifasi har bir o‘quvchining iqtidorini kashf etish, har tamonlama tartibli, bilimli yoshlarni tarbiyalab, voyaga yetkazishdan iborat. Endi pedagogning burchi 45 daqiqa davomida 20-30 nafar bolaga bir mavzuni tushuntirish bilan cheklanmaydi. Ularning kelajakda hayotdan o‘z o‘rnini topishigacha bo‘lgan jarayonga ota-onalar bilan birday mas’ulmiz.
O‘quvchilar har kuni ertalab maktabga kelishadi. Ularning asosiy vaqti maktabda – o‘qituvchilar bag‘rida o‘tadi. Biz shunchaki, ish kuni hisoblagan vaqt bolalarning shaxs sifatida shakllanishida juda muhim ekanini chuqur anglashimiz kerak.
Yana bir jihat. Zamon kun emas, soat sayin tezlashib, murakkablashib bormoqda. Kechagi bilim bugun va erta uchun yetarli bo‘lmayapti. Demoqchimizki, pedagog o‘z ustida ishlashdan bir lahza ham to‘xtashga haqi yo‘q. O‘quvchilarimizni ham fundamental bilimlar bilan birgalikda xorijiy tillar, axborot texnologiyalari kabi ilm bilan qurollantirishimiz zarur.

Xulosa
Maktab muqaddas dargoh, deyilishi bejiz emas. Bu yerda kelajak avlod faqat bilim emas, tarbiya ham oladi. Aynan maktab ta’limi va tarbiyasini olgan o‘quvchi kelajakda shaxs bo‘lib yetishadi. Buning uchun chuqur bilim, zamonaviy dunyoqarash, teran fikr, ijodiy tasavvur va tashkilotchilik qobiliyatiga ega ustozlar kerak.
Muhtaram yurtboshimiz videoselektor yig‘ilishida bejiz “Najot maktabda, najot ta’limda, najot bilimda” deya aytmadi. Aynan ta’lim dunyoni o‘zgartira oladigan kuch hisoblanadi. Ta’limni sifatli, natijali amalga oshirish esa o‘qituvchi zimmasida.
Yig‘ilishda “Taqdirimiz muallimlar qo‘lida”, deb ta’kidlandi. Bu ulkan mas’uliyatni chuqur his qilgan holda barchamiz yangilanayotgan O‘zbekiston uchun yangi ta’lim tizimini barpo etishda bir yoqadan bosh chiqarib mehnat qilishimiz talab etiladi.


Download 429.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling