Angren universiteti "ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi "iqtisodiyot nazariyasi "


Download 1.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/13
Sana21.08.2023
Hajmi1.21 Mb.
#1668915
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotida Davlatning roʼli va vazifalari

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
  


19 
2-bob. Bozor iqtisodiyotiga o`tish davri va uning xususiyatlari.  
2.1. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davri, yo‘llari va milliy modellari.  
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrining umumiy mazmuni iqtisodiy 
munosabatlarning alohida unsurlarini isloh qilish yoki iqtisodiy siyosatga 
tuzatishlar kiritish emas, balki butun iqtisodiy munosabatlar tizimini 
o‘zgartirishdan iboratdir.
Ma’muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga 
o‘tish davri deganda ma’muriy-buyruqbozlik tizimini bartaraf etish yoki 
tubdan o‘zgartirish hamda bozor tizimining asoslarini shakllantirish 
jarayonlari amalga oshiriluvchi tarixiy davr tushuniladi.
1980-1990 yillarga kelib dunyoda ro‘y bergan muhim o‘zgarishlar 
iqtisodiy taraqqiyot istiqbollari to‘g‘risidagi nazariyalarni qaytadan ko‘rib 
chiqish va ularga jiddiy o‘zgartirishlar kiritishni zarur qilib qo‘ydi. CHunki bu 
vaqtga kelib G‘arbiy mamlakatlarda uzoq vaqtdan beri (A.Smit davridan 
boshlab) hukm surib kelgan erkin iqtisodiy tartibga solish, ya’ni 
iqtisodiyotning o‘zini-o‘zi tartibga solish g‘oyasi ham, iqtisodiyotni 
markazlashtirilgan tarzda tartibga solish va boshqarish g‘oyasi ham inqirozga 
uchradi. Bunday sharoitda iqtisodiy taraqqiyotning sifat jihatdan yangi 
yo‘llarini qidirib topish zarur bo‘lib qoldi. Bu vaqtga kelib ko‘pgina 
rivojlangan mamlakatlarning tajribalari umumlashtirilib, iqtisodiyotning yangi 
taraqqiyot yo‘li - ongli ravishda boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor 
iqtisodiyoti deb tan olindi va aksariyat davlatlar shu yo‘lni tanladilar.
XX asrga kelib bozor iqtisodiyotiga o‘tish global, ya’ni umumjahon
voqeligiga aylandi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish murakkab jarayon, shuning 
uchun u uzoq vaqt davom etadi. Undan tashqari, har bir mamlakatning o‘ziga 
xos xususiyatlari mavjud bo‘lib, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning turli 
modellari, yo‘nalishlari asosida amalga oshadi. Har bir mamlakatning bozor 
iqtisodiyotiga o‘tishining o‘ziga xos yo‘li quyidagi omillarga bog‘liq:
• 
Geografik o‘rni;


20 
• 
Tabiiy resurslarning mavjudligi va ularning zahirasi;
• 
Tarixiy taraqqiyot darajasi;
• 
Aholining an’analari va urf-odatlari;
• 
Ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasi;
• 
Jamiyatning ijtimoiy yo‘nalishi.
SHu bilan birga bozor iqtisodiyoti modellarining umumiy tomonlari 
bo‘lib, bular:
• 
Bozor iqtisodiyotining turli-tuman mulkchilikka asoslanganligi;
• 
Tovar va xizmatlarga erkin narxlar ustunligi;
• 
Raqobat kurashiga asoslanishi;
• 
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning ma’lum tizimi 
mavjudligi va boshqalardan iborat.
Bozor iqtisodiyoti barcha mamalakatlarda o‘z xususiyatlari va umumiy
tomonlarining o‘ziga xos qorishmasidan iborat bo‘lib, ilmiy iqtisodiyotda har 
hil model (andoza) tarzida ifodalanadi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish modellarini tarixiy nuqtai nazardan 3 guruhga 
bo‘lish mumkin. Ana shunday guruhlarga bo‘lishning asosiy mezoni qilib:
• 
Davlat dasturlarining maqsadi, yo‘nalishi;
• 
Iqtisodiyotni tartibga solish usullari;
Iqtisodiyotda 
davlat 
sektorining ulushi;
Ish haqidagi farq kabilar olinadi.  

Download 1.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling