Angren universiteti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi


Respublika iqtisodiyotining jahon bozoriga kirib borishining ustuvor


Download 0.97 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana04.08.2023
Hajmi0.97 Mb.
#1665083
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
O‘zbekistonning jahon bozoriga chiqish muammolari

1.2 Respublika iqtisodiyotining jahon bozoriga kirib borishining ustuvor 
yo‘nalishlari. 
Hozirgi zamon jahon xo’jaligi rivojining 
muhim 
tamoyili 
milliy 
xo’jaliklarning 
baynalminallashuvi, shu asosda jahon xo’jaligi va 
avvalo 
jahon 
bozorining 
shakllanishi 
va 
rivojlanishidan iborat. Bu insoniyat taraqqiyoti 
uchun ijobiy bo’lgan jarayonga yetmish yildan ortiq davr davomida dunyoning ikki 
qarama-qarshi ijtimoiy-siyosiy tizimiga bo’linganligi qarshi ta’sir ko’rsatib keldi. 
Hozir yangi davr boshlandi, dunyoning iqtisodiy rivojlanishi va shunga mos 
ravishda O’zbekiston bilan jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi 
aloqalarning butunlay yangi imkoniyatlari vujudga keldi. 
O’zbekiston va jahon hamjamiyati mamlakatlari o’rtasidagi har tomonlama 
aloqalarning kengayishi va chuqurlashuvi har ikki tomon uchun iqtisodiy va 
siyosiy jihatdan foydali hisoblanadi. Shu bilan birga, har bir mamlakat 
iqtisodiyotining rivojlanishi, uning milliy xo’jaligi ko’p darajada nafaqat bu 
mamlakatning ichki imkoniyatlari bilan, balki uning xalqaro ijtimoiy mehnat 
taqsimotida qatnashish darajasi va miqyosi, butun insoniyat resurslari bilan 
aniqlanadi. 
Bu holatlar jahon xo’jaligi aloqalari va milliy xo’jaliklarning iqtisodiy 
rivojlanish muammolarini alohida tahlil qilishni taqozo etadi. Shunga ko’ra ushbu 
bobda jahon xo’jaligining tarkib topishi, bunda ishlab chiqarishning 


15 
baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlarining o’rni, xalqaro iqtisodiy 
munosabatlarning shakllari, jahon infratuzilmasining rivojlanishi, jahon xo’jaligi 
aloqalarini xalqaro tartibga solish masalalari bayon etiladi.
Hozirgi davrda jahon iqtisodiy rivojlanishining eng muhim o’ziga xos 
xususiyatlaridan biri – turli mamlakatlar va xo’jalik mintaqalari o’rtasidagi o’zaro 
bog’liqlikning o’sib borishi hisoblanadi. 
Jahon xo’jaligi uzoq davrlar mobaynida shakllanib va rivojlanib keldi. 
Ye.F.Borisov jahon xo’jaligi shakllanishining to’rtta bosqichini ajratib ko’rsatadi: 
Birinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuvidan oldingi davrda 
vujudga kelib, dastlab o’sha davrdagi kishilar jamoalari yoki qabilalari o’rtasida 
paydo bo’lgan savdo ayirboshlashuvi keyinchalik tovar ishlab chiqarishning 
rivojlanishi bilan turli mamlakatlar o’rtasidagi doimiy tovar almashuvi – xalqaro 
savdoning paydo bo’lishi va rivojlanishiga olib keldi. 
Ikkinchi bosqich ishlab chiqarishning sanoatlashuv davriga to’g’ri kelib, yirik 
mashinalashgan ishlab chiqarishning vujudga kelishi va tadbirkorlarning ko’proq 
foyda olishga intilishi tashqi savdoni deyarli barcha milliy xo’jaliklarning tarkibiy 
qismiga aylantirib qo’yishi natijasida XVIII-XIX asrlarda rivojlangan jahon bozori 
paydo bo’ldi. Uchinchi bosqich XIX-XX asrlarga to’g’ri kelib, bu davrda jahon 
xo’jaligi tizimi shakllandi. 
To’rtinchi bosqich XX asrning 60-yillaridan boshlab, ya’ni ko’plab 
mustamlaka mamlakatlarning siyosiy qaramlikdan ozod bo’lishi natijasida 
zamonaviy jahon iqtisodiyotida ijobiy o’zgarishlarning yangi tendentsiyalarini 
paydo bo’lishi bilan bog’liq. Bu tendentsiyalar quyidagilardan iborat: 
- iqtisodiy manfaatdorlik asosidagi xalqaro hamkorlik; 
- ishlab chiqarishning baynalminallashuvi; 
- jahon miqyosidagi bozor makonlarining kengayishi
- jahon xo’jaligi aloqalari majmuining rivojlanishi.
«Jahon xo’jaligi», «butunjahon xo’jaligi», «jahon iqtisodiyoti» tushunchalari 
bir xil ma’noni anglatib, ba’zi manbalarda ularning keng va tor ma’nolari 
farqlanadi. Keng ma’nosiga ko’ra, jahon xo’jaligi – bu jahondagi barcha milliy 


16 
iqtisodiyotlarning yig’indisidir. Tor ma’nosiga ko’ra – bu milliy iqtisodiyotlarning 
faqat tashqi dunyo bilan o’zaro aloqada bo’lgan qismlari majmuidir. Biroq, bu 
ikkala ma’no o’rtasidagi tafovut borgan sari sezilmay qolmoqda, chunki barcha 
mamlakatlarda tashqi dunyo bilan bevosita yoki bilvosita aloqaga kirishmagan 
tarmoq yoki sohalar tobora kamayib bormoqda.
Demak, jahon xo’jaligi – bu xalqaro mehnat taqsimoti, savdo, ishlab 
chiqarish, moliyaviy, ilmiy-texnikaviy va boshqa iqtisodiy aloqalari kuchaygan 
turli mamlakatlar xo’jaliklari umumiy tizimidir. 
Jahon xo’jaligi sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- o’z ichiga milliy iqtisodiyot majmuini oluvchi turli mamlakatlar; 
- transmilliy korporatsiyalar; 
- xalqaro tashkilot va institutlar; 
- milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari tarkibidagi 
firmalar. 
Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi bilan 
farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan mamlakatlarning iqtisodiy 
siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib 
jahon narxlari va xalqaro raqobat tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan 
xalqaro raqobatning mavjudligi turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona 
baynalminal qiymatga keltiradi. Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy 
hajmini yetkazib beruvchi mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. 
Mamlakatlar o’rtasida sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib 
boriladi.
Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati va 
alohida mamlakatning eksport imkoniyatidan tortib dunyo iqtisodiyotidagi tarkibiy 


17 
siljishlar va xalqaro monopoliyalar faoliyatigacha) dunyodagi barcha mamlakatlar 
manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya 
sohalaridagi jahon tamoyillariga bog’liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi. 
Hozirgi davrda har qanday mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan 
bo’lishidan qat’iy nazar, jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to’laqonli 
iqtisodiy rivojlanishini ta’minlash mumkin emas.Dunyo bir-biridan maqsadlari, 
amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, 
xalqaro guruhlarga bo’lingan. Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har 
xil mezonlar asosida amalga oshiriladi.
Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarining turli-tumanligi 
ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan baholash imkonini 
bermaydi. Shunga ko’ra, mazkur maqsadda bir necha asosiy ko’rsatkich va 
mezonlardan foydalaniladi: 
- mutlaq va nisbiy YaIM; 
- milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori; 
- milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi; 
- mamlakat eksporti va importi tarkibiy tuzilmasi; 
- aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar. 
Mamlakatning jahon xo’jaligidagi o’rnini aniqlashda bir necha yondashuvlar 
mavjud. Ulardan eng oddiylari – mamlakatlarni aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi 
daromad darajasi bo’yicha guruhlarga ajratish hisoblanadi. Bunday yondashuv 
BMT, Xalqaro valyuta fondi (XVF), Jahon tiklanish va taraqqiyot banki (JTTB) 
tomonidan qo’llaniladi. Masalan, JTTB daromad darajasiga ko’ra mamlakatlarning 
uchta guruhini farqlaydi. 1995 yili aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi milliy 
daromadlarning quyidagi chegaraviy miqdorlari belgilangan edi:
- daromadlarning past darajasi – 765 dollargacha (49 ta mamlakat); 
- daromadlarning o’rtacha darajasi – 766 dollardan 9385 dollargacha (58 ta 
mamlakat); 
- daromadlarning yuqori darajasi – 9386 dollar va undan yuqori (26 ta 
mamlakat).


18 
Jahon hamjamiyati mamlakatlarini turkumlashga umumiy asosda yondashib 
xo’jalik tizimlarining xususiyatlariga mos ravishda davlatlarning uchta guruhini 
ajratib ko’rsatish mumkin: rivojlangan, bozor iqtisodiyotiga asoslangan holda 
rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti mavjud bo’lmagan mamlakatlar. 
Rivojlanganlik darajasi bo’yicha ham o’z navbatida uchta guruh farqlanadi: past, 
o’rtacha va yuqori rivojlangan mamlakatlar. Shimoli-sharqiy Osiyo va Lotin 
Amerikasidagi yangi industrial mamlakatlar (YaIM), yuqori daromadli neft eksport 
qiluvchi mamlakatlar (Saudiya Arabistoni, Quvayt va boshqalar), eng kam 
rivojlangan mamlakatlar (EKRM), shu jumladan eng kambag’al mamlakatlar 
(CHad, Bangladesh, Efiopiya), har xil mintaqaviy ittifoqlar va baynalminal 
guruhlarga ajratiladi.Bu barcha turli-tumanlik bir butun yaxlitlikka o’zaro iqtisodiy 
bog’liqlikning har xil jihatlari orqali tortiladi. Hozirgi xo’jalik aloqalarining 
chuqurlashib borayotganligi, baynalminallashuvning kuchayishi hamda fan-texnika 
inqilobining keng qamrovli tavsifi, aloqa va kommunikatsiya vositalarining 
butunlay yangi roli sharoitida milliy iqtisodiyot o’z-o’zini ta’minlash orqali 
samarali amal qilishi mumkin emas. 


19 

Download 0.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling