Angren universiteti “ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi


Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida strategik vazifalarining amalga oshirilishi


Download 88.8 Kb.
bet5/7
Sana05.08.2023
Hajmi88.8 Kb.
#1665294
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bozor iqtisodiyotining ijtimooiy yo\'naltirilganligi

Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida strategik vazifalarining amalga oshirilishi
Bozor munosabatlariga o'tish jarayonida strategik vazifalarining amalga oshirilishi Respublikada bozor iqtisodiyotiga o'tish davrida, iqtisodi-yotni rivojlantirish borasida bir qator vazifalar turadi. Bular xususiylashtirish va raqobatchilik muhitini shakllantirish jarayonlarini chuqurlashtirish; makroiqtisodiy barqarorlikka erishish; milliy valyutani mustahkamlash; iqtisodiyot tarkibiy tuzilishini tubdan o'zgartirish; ijtimoiy kafolatlari kuchli bo'lgan demokratik davlatni shakllantirish vazifalaridir. Bu vazifalarni amalga oshirishning nazariy va amaliy asoslari hamda ustivor yo'nalishlari Prezidentimiz I.A. Karimovning «O'zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo'lida» kitobida ifodalab berilgan. Bozor munosabatlariga o'tish davrida davlat mulkini xususiylashtirish natijasida ikkita asosiy vazifa hal qilinadi: Birinchidan, davlat ixtiyorida bo'lgan mulk o'zining haqiqiy xo'jayinlari qo'liga topshiriladi. Ikkinchidan, ko'p ukladli iqtisodiyot va rag'batlantiruvchi raqobatchilik muhiti vujudga keltiriladi. Mulkni haqiqiy xo'jayinlari qo'liga topshirish tadbirkorlik faoliyatini olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratilishini bildiradi. Raqobatchilik muhitini vujudga keltirish esa, eng av-valo, mulkning davlat monopoliyasi ekanligiga barham berish va bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi (xizmat ko'rsatuvchi), ammo mulkchilikning turli shakllariga-davlat, jamoa, xususiy va boshqa shakllariga asoslangan ko'pdan-ko'p korxonalar tashkil qilishdan iborat. Xususiylashtirish jarayonida mulkchilik shakllari o'zgarishi bilan birga, yagona xalq xo'jalik kompleksi sharoitida tarkib topgan tor ixtisoslashgan tarmoq monopoliya tuzilmalariga barham berish imkoniyati ham tug'iladi. Monopoliyalashtiril-gan tuzilmalarni xususiylashtirishda ishlab chiqarishning o'zini nisbatan ixchamlashtirish, korxonalarni texnikaviy, texnologik va tashkiliy-iqtisodiy jihatdan qayta o'zgartirish loyihalarini ishlab chiqish zarur bo'ladi. Tashabbuskorlikka asoslangan, shuningdek, turli xil koop-erativlar, shirkatlar, ma'suliyati cheklangan jamiyatlar ko'rinishidagi yangi kichik va o'rta korxonalarni tashkil qilish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo'lmagan qismini shakllanti-rishning ikkinchi qudratli jarayonidir. O'z-o'zidan aniqki, bozor iqtisodiyoti sharoitida ham davlat korxonalari saqlanib qolib, iqtisodiyotda sezilarli rol o'ynayveradi. Shu sababli, bunday korxbnalar uchun ularning bozor sharoitlariga moslashuviga imkon beradigan xo'jalik yurit-ish mexanizmini ishlab chiqish talab qilinadi, ular tijoratlashtiriladi, ya'ni foyda uchun ishlaydigan korxonalarga aylantiriladi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish bozor munosabatlarini shakllantirish yo'lidagi muqarrar jarayondir. U eng awalo tanglik holatlariga barham berishga qaratiladi. Tanglik holati inqirozga uchrashning oldini olish uchun ishlab chiqarish, chiqarilayotgan tovar -va xizmatlarning sifati va turini o'zgartirish yuzasidan chora-tadbirlar ko'rishga undaydi, ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishga, mahsulotning sifati va iste'mol xossalarini yaxshilashga, uning raqobatga bardosh-ligini oshirishga majbur qiladi. Bularning barchasi pirovard natijada bozorda talab va taklif o'rtasida qulay muvozanatni ta'minlashga olib keladi. Kengroq ma'noda barqarorlashtirish - bu eng awalo, makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishning keskin pasayishiga va ommaviy ishsizlikka yo'l qo'ymaslikdir. Shuningdek, u pul qadrsizlanishining oldini olish, to'lov balansini bir me'yorda saqlash sohasida aniq maqsadni ko'zlab olib boriladigan davlat siyosatidir. Jahon tajribasida barqarorlashtirish siyosatini amalga oshirishda bir necha xil yondashuvlar tarkib topgan. Bulardan birinchisi monetar yondashuv deb ataladi. U pulning qadr-sizlanish darajasini pasaytirib turishga, pul massasini hamda to'lovga qodir bo'lgan jami talabni keskin kamaytirish hisobiga pul muomalasini barqarorlashtirishga asoslanadi. Bu yon-dashuvning kamchiligi shuki, u ishlab chiqarishning jismoniy hajmi kamayishiga va investisiya faoliyatining to'xtab qolishiga olib keladi. Ikkinchisi - ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag'batlantirishga, tarkibiy o'zgartirishlarni amalga oshirishga yordamlashish, iqtisodiyotda nomutanosibliklarga barham berishga asoslangan yondashuv. Bunda bir me'yordagi qattiq moliyaviy va pul-kredit siyosati tovar bilan qoplashning iloji bo'lmagan ortiqcha talablarni cheklash bo'yicha tadbirlar bilan uzviy bog'lab olib boriladi.


Download 88.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling