18. Amaliy mashg‘ulot — Selektorlar
1-savol
Ushbu "CSS" qoidalari to‘plami nimani bajaradi?
li {
color: green;
}
2-savol
CSS qoidalar berilgan:
li {
color: green;
margin:20px;
}
Har birini nomini ayta olasizmi?
3-savol
Biz uchta turdagi selektorlar haqida gaplashdik, ya’ni tur, klass va id selektorlari.
Aytaylik, ushbu 3 ta selektor turlaridan ba’zi p paragraf elementlariga uslub berish uchun foydalanmoqchisiz. Har bir selektor turini, u bilan nima vazifa bajarishingizga qarab moslang.
4-savol
ID selektoridan foydalanadigan bir nechta qator kod:
#introduction {
font-weight: bold;
}
Welcome to my page ...
Ushbu kodni ikki qismga bo‘lish mumkin. Bir qismi uslubini belgilaydi va boshqa qismi HTML elementiga uslubni qo‘llaydi. Qaysi biri qaysiga tegishli?
5-savol
Bu yerda bir nechta qator kod mavjud:
.highlight {
background-color: yellow;
font-weight: bold;
}
I'm important!
As am I!
Me too!
Ushbu kod nima vazifani bajarmoqda?
6-savol
Va ushbu kodni yana bir nechta qatori:
I'm important!
- bu nima?
Izoh:
Oldingi darsda biz boshqa atributlarni ko‘rdik, masalan img elementining alt atributi bilan tanishib chiqdik.
Bu class atributi bo‘lib, brauzerga "highlight" klassidan ushbu elementga uslublarni qo‘llash kerakligini aytadi.
7-savol
Bu yerda bir nechta turli xil "CSS" qoidalari berilgan. Ammo ularning ba’zilarida sintaksis noto‘g‘ri. Sintaksis xatolari bor kodlarni aniqlay olasizmi?
Do'stlaringiz bilan baham: |