Reja: Hujayraning fizik-kimyoviy tarkibi


Download 0.62 Mb.
bet1/3
Sana13.02.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1193355
  1   2   3
Bog'liq
Hujayraning tarkibi

Toshkent Farmatsevtika Instituti. 1-kurs Sanoat Farmatsiya yo'nalishi. 103-B guruh talabasi: Sharofiddinov Shukrulloning “Fiziologiya ” fanidan tayyorlagan taqdimoti

Mavzu: Hujayraning fizik-kimyoviy tarkibi.Oqsillar.Uglevodlar.Yog’lar

Mavzu: Hujayraning fizik-kimyoviy tarkibi.Oqsillar.Uglevodlar.Yog’lar

  • Reja:
  • Hujayraning fizik-kimyoviy tarkibi.
  • Oqsillar.
  • Uglevodlar
  • Yog’lar

Oqsillar

  • Oqsillar — polipeptidlardir, ya’ni. ko‘p sonli (200—10000000 gacha) α-aminokislotalaming qoldiqlaridan tashkil topgan polimer moddalardir. Umumiy holda polipeptidlarni quyidagicha tasvirlash mumkin:
  • R1, R2, R3, R4 — α — aminokislotalarning tarkibiga kiruvchi radikallar.
  • Tik chiziqlar bilan polipeptidni hosil qilgan aminokislota qoldiqlari ajratilgan.
  • Oqsil makromolekulasida aminokislota molekulalari qoldiqlari o‘rtasida peptid bog‘lari mavjudligi gipotezasini A. Ya. Danilevskiy (1888 y.) aytgan, XX asming boshlarida nemis olimi E. Fisher 19 aminokislotadan iborat polipeptidni sintez qilib, bu gipotezaning to‘g‘riligini isbotladi. Oqsillar tarkibiga turli sonli 22 xil α -aminokis­ ota qoldiqlari kiradi. Masalan: insulin — 51, mioglobin—140ta aminokislota qoldig‘idan iborat bo‘lsa, qon gemoglobinining tarkibi (C738H1166O208N203S2Fe)4 bo’lib, 4 ta 2 ta α, 2 ta β-gemoglobin birikmasidan iboratdir. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki oqsillar juda “katta” molekulalar bo‘lib, ular tarkibiga ko‘p sonli α—aminokislota qoldiqlari kiradi va bunday molekulalarning tuzilishi juda murakkabdir

Oqsillarning tuzilishi

  • Oqsillaming tuzilishi ularning gidrolizlanish mahsulotlarini o’rganish bilan aniqlangan.
  • Gidrolizlanish oqsillaming eng asosiy xossalaridan biri bo‘lib, oqsillardagi peptid bog‘lari suv molekulalari ta’sirida uzilib, reaksiya mahsulotlari sifatida α — aminokislotalar hosil bo’ladi.
  • Oqsillaming birlamchi tuzilishini F.Senger kashf etgan. U birinchi marta 1951-1953-yillarda C254H377N66O75S6 tarkibli insulin oqsilining aminokislotalar ketma-ketligini aniqladi.
  • Insulin sulfid bog’lari bilan tutashgan 2 ta polipeptid zanjiridan tuzilgan, 1-zanjirda 21 ta,-2-zanjirda 30 ta aminokislota qoldig’i, jami 51 ta aminikislota bor. Keyinchalik oqsilnmg birlamchi tuzilishini avtomatik aniqlaydigan analizatorlar va shu axborot bo’yicha tegishli aminokislotalardan oqsilni sintezlaydigan sintezatorlar yaratildi. Hozirgacha 2000 ta oqsilning birlamchi tuzilishi aniqlangan.

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling