Anining mazmuni. Reja: Umumta'lim va hunar maktablarining islohoti o’rta va hunar


Shaxsiy va ijtimoiy gigiyena masalalariga


Download 25.38 Kb.
bet4/4
Sana15.06.2023
Hajmi25.38 Kb.
#1483734
1   2   3   4
Bog'liq
Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fanining mazmuni.

Shaxsiy va ijtimoiy gigiyena masalalariga, ayniqsa, bolalar o’z sog’liklarini saqlashi va mustahkamlashi uchun zarur bo’lgan tadbirlarga alohida e'tibor bermoq lozim.
Ekologiya asoslari mavzusida ekologiya haqida umumiy taassurot beriladi. Jonli va jonsiz tabiat aloqasi, ekologik piramida, tabiatdagi organizmlarning o’zaro aloqasi, ularning o’z-o’zini himoya qilishi, ekologik halokat kabilarga alohida e'tibor berilishi zarur.
Atrofimizdagi tabiat mavzusida, birinchidan uchinchi sinfgacha olingan bilimlar umumlashtiriladi.
Joyni aniqlash mavzusi o’tilar ekan, o’quvchilar ekskursiya va amaliy mashg’ulotlar paytida gorizont chizig’i bilan tanishadilar. Agar maktab atrofida tekis, yaydoq joy bo’lmasa, o’qi-tuvchi darsda jadvallardan yoki ko’rgazmali qurollardan foydalanishi mumkin.
Joylarning rejasi, ularning shartli belgilari haqida tasavvurga ega bo’lgan o’quvchilar, xarita haqida oddiy bilimlarga ega bo’ladilar, uning shartli belgilarini o’qiydilar, undan, shuningdek, globusdan yurtimizning o’rnini topadilar, uning yuzasini, tabiatining rang-barangligini, janubdan shimolga tomon tabiat o’zgarib borishini tushunadilar.
Foydali qazilmalar mavzusi 3- sinfda o’iganilishi hisobga olinib, dasturda ular belgilari bo’yicha quyidagicha guruhlarga bo’lingan:
1) qurilish materiali sifatida foydalaniladigan foydali qazilmalar;
2) yoqilg’i sifatida ishlatiladigan foydali qazilmalar;
3) madaniy o’g’itlar olish uchun foydalaniladigan qazilmalar;
4) O’zbekiston metall qazilmalari.
Tabiatni asrash bo’limi tabiatshunoslik fanini yakunlaydi, o’quvchilar olgan bilimlarini umumlashtiradi. Birinchi navbatda tabiatga ehtiyotlik bilan munosabatda bo’lishda insonning roli ko’rsatiladi. Inson yerni, tuproqni, o’simliklarni, hayvonlarni, suv va havoni asrashi lozim ekanligi eslatiladi. O’quvchilar o’zbekiston Respublikasining tabiatini asrash bo’yicha qonunchilik hujjatlari bilan tanishadilar.
Tabiatni asrash masalasini o’rganish faqat shu mavzu bilan cheklanib qolmaydi. Bu masala tabiatshunoslik fanining asosiy mavzusi bo’lib qolaveradi.
O’quvchilar tabiatni asrash zarurligi haqidagi xulosa va umumlashmalarga keladi, bu o’qituvchiga o’zbekistonning tabiatini asrash to’g’risidagi qonunni kicbik yoshdagi o’quvchilarning ongiga yetkazish imkonini beradi.
Ekologiya bo’limini o’rganish jarayonida 3- sinfda o’tilgan ekologiya haqidagi tushuncha va bilimlar 4-sinfga kelib turli ko’rgazmali qurollar orqali nazariy usuldan amaliy usulga o’tkaziladi.
Tabiatshunoslik fanini o’rganishda kuzatish, ekskursiya, tajriba, amaliy ishlar yetakchi o’rin tutadi. Bolalarni kuzatish usullariga o’rgatish, ulaming natijalarini kundalik daftarga belgilash, ular asosida xulosa va umumlashmalar chiqarish davom ettiriladi. Ekskursiyalar o’tkazishga, tabiat ashyolari va voqeligini tabiiy holatda o’iganishga katta e'tibor beriladi. Ekskursiya darsi davomida yig’ilgan ko’igazmali materiallardan sinflarda o’tkaziladigan darslarda ham foydalanish mumkin. Shuning uchun ham tabiatshunoslik darslarini o’tkazishga alohida e'tibor berish zarur.
Tabiatini asrab-avaylash mavzusini o’rganishda o’quvchilar respublikamiz ekologik muammolari va tabiatni asrash ishlari bilan tanishadilar.
“Atrofimizdagi olam” hamda “Tabiatshunoslik” fanlari bosh-lang’ich sinflarda o’tiladigan boshqa fanlar bilan chambarchas bog’langan. Tabiat va jamiyat hayotini, odamlar mehnatini kuzatish-lar ona tili, matematika, mehnat ta'limi kabi fanlar bo’yicha o’quv materiallarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi. O’quvchi-larning boshqa darslarda atrof olam to’g’risida olgan tasavvurlari shu fan bo’yicha mashg’ulotlarda kengaytirilib, boyitiladi.
“Atrofimizdagi olam” hamda “Tabiatshunoslik” fanlarining o’qitilish jarayonida bolalarning sinfdagi, maktabdagi, jamoat joylaridagi xulq-atvor qoidalarini o’zlashtirib olishlariga alohida e'tibor berish zarur. O’qituvchi bolalarga o’quvchining o’z o’rtoqlari bilan qanday munosabatda bo’lishini ko’rsatishi kerak.
Shunga ko’ra pedagoglar bolalarga faqat u yoki bu qoidaning mazmuni haqida hikoya qilinibgina qolmasdan, balki uni qanday bajarish kerakligini ham ko’rsatishadi. Odamlarning har xil harakatlari (ish yuritishlari), ularning o’zaro munosabatlari ko’rsatilgan she'r va hikoyalarni sahnalashtirish xulq-atvor qoidalarini namoyish qilishning samarali uslubidir.
Ko’pgina o’yin va mashg’ulotlar tabiatni idrok qilib olishga, unga ijobiy munosabatni shakllantirishga yordam beradi. Ular bolalarni tabiat hodisalari to’g’risidagi bilimlar bilan boyitishi, ularning insonparvarlik va estetik xislatlarini rivojlantirishi kerak.
Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fanlari barcha didaktik tamoyillar hamda o’lkashunoslik tamoyillari asosida tuzilgan bo’lib, bu materiallarni o’quvchilarga yetkazish uchun barcha uslublardan foydalanish lozim
Download 25.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling