Anining mazmuni. Reja: Umumta'lim va hunar maktablarining islohoti o’rta va hunar


O’quvchilarning ilmiy-amaliy dunyoqarashini shakllantirish


Download 25.38 Kb.
bet3/4
Sana15.06.2023
Hajmi25.38 Kb.
#1483734
1   2   3   4
Bog'liq
Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fanining mazmuni.

O’quvchilarning ilmiy-amaliy dunyoqarashini shakllantirish maqsadida ular faqat dasturda ko’rsatilgan obyekt va voqelik bilangina emas, balki o’qituvchi bilan birgalikda jonli va jonsiz tabiatning sabab-oqibat aloqalari va munosabatlarini belgilaydi, tabiatdagi ma'lum qonuniyatlarni ochishga harakat qiladi. Tabiatshunoslik fanini o’rgatish jarayonida o’qituvchi quyidagi vazifalarga e'tibor berishi lozim:
1) jonli va jonsiz tabiat va maktab atrofidagi, viloyatdagi, o’z yurtidagi kishilarning mehnati haqidagi tasavvur va tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish;
2) tabiatdagi va kishilar mehnatidagi mavsumiy o’zgarishlarni kuzatish;
3) oddiy ilmiy dunyoqarashni shakllantirish maqsadida jonli va jonsiz tabiatdagi voqelikni bolalar bilan doimiy kuzatib borish;
4) aniq misollar asosida ashyolar va tabiat hodisalari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni ochib berish, tabiatning odamlar mehnatiga ta'sirini ko’rsatish;
5) tabiatni asrash amaliyoti haqidagi bilimni rivojlantirish yuzasidan o’tkazilayotgan tadbirlar bilan tanishtirish;
6) sanitariya-gigiyena haqidagi bilimlami shakllantirishda davom etish, shaxsiy va jamoa gigiyenasi ko’nikmalarini taraqqiy ettirish.
Tabiatshunoslik fani o’z oldiga ekologik ta'lim va tarbiya maqsadlaridan kelib chiqib, o’quvchilarni insonning tabiatga ta'sirini va tabiat boyliklarini bolalarga tushuntirish vazifasini qo’yadi.
Tabiatni asrash masalasi tabiatshunoslik fanining bosh vazifalaridan biri bo’lib, u bolalarda tabiiy boyliklarni asrash va ko’paytirishga intilishni tarbiyalashga yordam beradi. O’quvchilar tabiatning biron-bir bo’lagining halokati boshqalarining halokatga olib kelishi haqida tasavvuriga ega bo’ladi; ular o’simliklarni o’stirish, mahalladagi daraxtlarni parvarishlash, qushlarni boqish uchun o’simliklar mevasini terish, maktab bog’ida o’stirish uchun gullar urag’ini ekish, jonli tabiat burchagida ishlash kabi tabiatni asrash yumushlarida qatnashadi.
Fan darslari, tajribalar, sayohatlar, amaliyot ko’rinishidagi darsdan tashqari ishlar (dalada o’tkaziladigan amaliyotlar) o’quv mashg’ulotlarning asosiy shakli hisoblanadi. Tabiatshunoslikni o’qitishda shu fanga xos bo’lgan tabiatning o’zidagi, sinfdagi, jonli tabiat burchagidagi ashyolar va voqelikni kuzatish, tabiiy obyektlar va ularning tasvirlarini darsda namoyish qilish, o’quv eksperimenti o’tkazish yetakchi o’rin tutadi.
Tabiatshunoslik darslari o’quvchilarda kishilar mehnatini hurmat qilishni tarbiyalab, mehnat malakalari va ko’nikmalarini shakllantiradi.
O’simlik va hayvonot dunyosini asraymiz bo’limi o’quv-chilarning mavsumiy o’zgarishlar haqida bilimlarini chuqur-lashtirishni va bir paytning o’zida o’simlik hamda hayvonot dunyosi bilan kengroq tanishtirishni ko’zda tutadi.
Sog’liqni saqlash mavzusi inson jonli tabiatning bir bo’lagi ekanligi haqidagi fikrni shakllantirish, tana a'zolarining joylashuvi, ular bajaradigan vazifalar, ularga nisbatan ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lish kabi ma'lumotlarga to’xtalinadi. Har bir bola o’z oiganizmi, uning rivoji va sog’lig’ini saqlash uchun ularni bilishi lozimligi haqida umumiy bilimga ega bo’lishi kerak.

Download 25.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling