Anining mazmuni. Reja: Umumta'lim va hunar maktablarining islohoti o’rta va hunar
Download 25.38 Kb.
|
Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fanining mazmuni.
Mantiqiy fikrni rivojlantirish maqsadida xayoliy sayohatlar uchun globus va geografik xarita (garchand ular bilan mukammal tanishish keyingi sinflarda ko’zda tutilgan bo’lsa ham) lardan foydalanish mumkin. Ushbujarayon bolalaming dunyoqarashlari va tasavvurlarining rivojlanishiga olib keladi.
Predmetning ikkinchi sinfga mo’ljallangan maqsadi - atrof olam predmetlari haqidagi tushunchalarni kengaytirish va chuqurlashtirish, olamning umumiy ko’rinishi haqidagi tasavvurni shakllantirish, insonparvar, ijodiy, ijtimoiy faol ekologik fikrlay oladigan, jamiyat va tabiatga mas'uliyat bilan qaraydigan shaxsni tarbiyalash. “Tabiatshunoslik” fani 3-4-sinflarda o’rganiladi. Tabiatshunoslik tabiiy-ilmiy o’quv fanlari sirasiga kiradi. Mazkur fan tabiat, tabiiy boyliklardan foydalanish va ularni asrash, odam-larning mehnati haqidagi sodda bilimlar, shuningdek, o’quv-chilarning amaliy, o’quv faoliyati asosida ularda tabiatni chuqur anglash, o’z yurtiga muhabbat uyg’otishni shakllantirish jarayonini davom ettirishga qaratilgan. Tabiatshunoslik 1-2- sinflarda o’qitiladigan “Atrofimizdagi olam” kursining davomi hisoblanadi. Tabiatshunoslikda o’quvchi-larga tabiat va jamiyat o’rtasidagi bog’liqlik va ziddiyatlar o’igatiladi. Tabiatshunoslikni o’qitish bolalarda butun Yer yuzi tabiatini asrab-avaylash hissini shakllantiradi. O’quvchilar tabiatni asrash bo’yicha olib borilayotgan amaliy ishlar yuzasidan alohida ko’nikmaga ega bo’ladilar. Tabiatshunoslik kursini o’qitishning asosiy maqsadi quyidagilar hisoblanadi: 1. O’quvchilarga o’lkamizning tabiat hodisalari va undagi jismlar haqida boshlang’ich bilimlar berish; 2. Sodda misollar bilan tabiat, shuningdek, inson va tabiat o’rtasidagi o’zaro aloqalarni ko’rsatish; 3. Tabiatdan foydalanish va uni asrash bo’yicha inson faoliyati bilan tanishtirish; 4. Tabiatni asrash uchun zarur bo’lgan amaliy ko’nikmalarni hosil qilish va shu asosda tabiatga nisbatan maqbul dunyoqarashni shakllantirish; 5. O’quvchilarni Vatan va mehnatga muhabbat, ekologik, etik, estetik ruhda tarbiyalash. Bolalarni o’quv dasturi bo’limlariga muvofiq yangi bilimlar bilan qurollantirishgina emas, balki 1-va 2-sinflarda olgan tabiat haqidagi bilimlarini chuqurlashtirish tabiatshunoslik kursining vazifasi hisoblanadi. Tabiat va jamiyat hayotini ko’p yoqlama bilish qator aloqalarni tushunish va atrof-muhitga shaxsiy munosabatni shakllantirishga imkon beradi. Ekologik ta'lim maqsadlaridan kelib chiqib, tabiatshunoslik insonni tabiatga ta'sir bilan tanishtirishni o’z oldiga muhim vazifa qilib qo’yadi. Download 25.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling