Anining mazmuni. Reja: Umumta'lim va hunar maktablarining islohoti o’rta va hunar


Download 25.38 Kb.
bet1/4
Sana15.06.2023
Hajmi25.38 Kb.
#1483734
  1   2   3   4
Bog'liq
Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fanining mazmuni.


Boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fanining mazmuni.
Reja:

  1. Umumta'lim va hunar maktablarining islohoti o’rta va hunar ta'limi tizimi.

  2. Mantiqiy fikrni rivojlantirish.

  3. O’quvchilarning ilmiy-amaliy dunyoqarashini shakllantirish.

  4. Tabiatshunoslik fani o’z oldiga ekologik ta'lim va tarbiya

  5. Shaxsiy va ijtimoiy gigiyena masalalariga.



Umumta'lim va hunar maktablarining islohoti o’rta va hunar ta'limi tizimini o’zgartirdi, o’zbekiston Respublikasi Davlat ta'lim standartlari qabul qilindi.
Ushbu Davlat ta'lim standarti umumiy o’rta ta'limning tarkibiy qismi bo’lgan boshlang’ich ta'limning tarkibiy tuzilishi, mazmuni, o’quvchilarning tayyorgarlik darajasi, o’quv yuklamasi hajmiga qo’yiladigan me'yor va talablar majmui bo’lib, u davlatning me'yoriy hujjati sifatida e'tirof etiladi.
Davlat ta'lim standartining boshlang’ich ta'lim bo’limi o’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX sessiyasida qabul qilingan “Ta'lim to'g’risida”gi Qonunga va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” ga hamda Vazirlar Mahkamasining “Uzluksiz ta'lim tizimida davlat ta'lim standartlarini ishlab chiqish va joriy etish to'g’risida”gi 1998- yil 5- yanvar qaroriga va “Davlat ta'lim standarti to’g’risidagi Nizom”ga asoslangan holda belgilangan.
Bu hujjatda quyidagilar qayd etilgan: boshlang’ich ta'limga davlat standarti o’quv fanlari bo’yicha emas, balki ta'lim sohalari bo’yicha belgilanadi. Ta'lim sohalari bo’yicha standart ko’rsatkichlar 7(6)-11 yoshdagi bolalarning rivojlanishi darajasi, ehtiyoj va imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda ijtimoiy talab taqozo qilgan ta'lim mazmunining minimal miqdoriga asoslanib belgilanadi.
Ushbu davlat ta'lim standartining “Boshlang’ich ta'lim” yo’nalishi asosan 2 qismdan iborat:
/- qism. Kirish. Unda har bir soha bo’yicha qo’yiladigan talablaming umumiy vazifalari ko’rsatilgan.
Jumladan, uning 1.3 qismi “tabiat ta'lim sohasi”ga bag’ish-langan va quyidagilar qayd etilgan: bolalarni tevarak-atrof bilan tanishtirish, ularda olam tuzilishi va tabiat hodisalari haqida boshlang’ich tasavvur hosil qilish, ilmiy dunyoqarashni shakllantirish, tabiatga muhabbat uyg’otish va undan oqilona foydalanishni o’rgatish tabiat ta'lim sohasi orqali amalga oshiriladi.
Tabiat ta'lim sohasi bo’yicha standart ko’rsatkichlar bolaning tabiat va undagi hodisalar haqidagi tasavvurga ega bo’lishi, ularni farqlash, qisqacha ta'riflab berish hamda amalda qo’llay olishga o’rgatish nuqtayi nazaridan belgilanadi.
2- qism. Ta'lim mazmuni negizini belgilovchi ko’rsatkichlar. Buning 2.3 qismi “tabiat ta'lim sohasi” bo’lib, quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1. Jonli va jonsiz tabiat. Tabiatni o’rganish usullari: kuzatish va tajriba. Jism va moddalar.
2. Koinot. Quyosh - eng yaqin yulduz. Yerning o’z o’qi va Quyosh atrofida aylanishi, Oy - Yerning yo’ldoshi. Globus. Xarita. Ufq va uning asosiy tomonlari. Yer yuzining asosiy qismlari: tog’, tekislik va okeanlar.
3. Atrofimizdagi havo. Ob-havo. Yil fasllarida ob-havoning o’zgarishi. Yog’inlar. Tabiatda suv.
4. Tabiat hodisalari. Jismlarning harakati, issiqlik, tovush, elektr, yorug’lik hodisalari haqida boshlang’ich ma'lumotlar.
5. O’simliklar. O’simliklarning organlari. Madaniy va yovvoyi o’simliklar. O’simliklardagi mavsumiy o’zgarishlar.
6. Hayvonlar. Uy va yovvoyi hayvonlar. Hasharotlar. Qushlar. Suvda yashovchi hayvonlar. Yirtqich hayvonlar. Hayvonlarning yashash sharoiti.
7. Odam va uning salomatligi.
8. Vatanimiz xaritasi yonida. Mamlakatimiz tabiati, tog’ va tekisliklari, cho'1 va o’rmonlari, ob-havosi, asosiy daryo, ko'l va suv omborlari. Yerosti boyliklari. Mamlakatimiz poytaxti, viloyatlari va Qoraqalpog’iston Respublikasining tabiati.
9. Inson va tabiat orasidagi munosabat. Tabiatni muhofaza qilish.
Ma'lumki, boshlang’ich sinflarda tabiatshunoslik fani 2 qismga bo’lib o’tiladi: “Atrofimizdagi olam”, (1-2- sinflarda) va “Tabiatshunoslik” (3-4- sinflarda).
Boshlang’ich sinflarning (1-2 -sinflar) o’quv rejasiga “Atrofimizdagi olam” nomli yangi o’quv predmeti kiritilgan, uni o’rganishga haftasiga 1 soat ajratiladi. Atrof olam bilan tanishtirish bo’yicha kursning asosiy vazifalari atrofdagi hayot, tabiatning jism va hodisalari to’g’risida bolalar tasavvurlarini to’plash va muntazamlashtirish, ularning axloqiy-odobiy tajribalarini boyitish, to’g’ri xulq-atvor (oilada, maktabda, ko’chada, jamoat joylarida, tabiatda) ko’nikmalarini, oila a'zolariga muhabbat va ular to’g’risida g’amxo’rlikni shakllantirish, atrofdagi odamlarBa (tengdoshlarga, o’qituvchilarga va boshqalarga), tabiatga muruvvatli va e'tiborli bo’lishni, inson mehnati bilan bunyod etilgan narsalarni qadrlash, jonajon yurtga - Vatanga muhabbatni tarbiyalashdir. Odamlar mehnati va bolalarning amaliy faoliyati (ijtimoiy foydali mehnat, o’yin faoliyati)ni tashkil qilish bu ikki yo’nalishni bog’lovchi qism hisoblanadi.'
Har bir fanning asosiy mazmuni bilan tanishib o’tamiz.
1. “Atrofimizdagi olam” fani 1-2-sinflarda o’qitiladi.
Kursning vazifasi bolalarning predmetlar va tabiat hodisalari, ijtimoiy hayot haqidagi tasavvurlarini kengaytirish, tizimga solish, ularning axloqiy ko’nikmalarini boyitish, odamlar hayoti va mehnatida qiziqish uyg’otish, oila, maktab, jamoat joylarida o’zini to’g’ri tutish ko’nikmalarini shakllantirishdir.
Kursni o’igatishda asosiy diqqat talabalarga e'tibor, oila a'zolariga nisbatan muhabbat va g’amxo’rlik, inson mehnati bilan yaratilgan narsalarni avaylab-asrash, mehnatni qadrlash, ona-Vatanni sevish, uyda va maktabda ijtimoiy foydali mehnatga qiziqish hislarini tarbiyalashga qaratilgan.
1. Atrofimizdagi olam jismlari, jismlar xususiyatlari, jismlarning fazodagi joylashishi.
2. Ona tabiat (tabiat va insonlar mehnatida mavsumiy o’zgarishlar. o’simliklar va hayvonlar).
3. Yaqin atrof-muhit bilan tanishuv. (Bizning uy, bizning maktab, bizning shahar (qishloq). Jonajon mamlakat).
4. Sog’liqni saqlash. (Inson tanasi qismlari. Kun tartibi).
5. Sayohat. (Yurtimiz yer yuzasi. Yurtimiz suv havzalari. Tabiat xilma-xilligi. Dunyo mamlakatlari va tabiati).
“Atrofimizdagi olam” fani boshlang’ich sinfning o’quv rejasidagi boshqa predmetlardan farqli bir qator vazifalarga ega:
1. Atrofimizdagi hayot hodisalari bilan tanishish jarayonida o’quvchilarning uzluksiz o’rganish qobiliyatini rivojlantirish uchun zaruriy bo’lgan ma'lum ma'naviy-axloqiy ko’nikmalar hosil bo’ladi.
2. O’quvchilar bevosita xalqning tajriba va madaniyatiga, axloqiy munosabatlar tizimiga qo’shiladilar.
3. Maktab sharoitida atrof-muhit bilan tanishtirish o’quvchilarni samarali ta'lim olishlariga imkon beradi, chunki bu yoshda bolalarning yetakchi faoliyati hisobga olingan holda ta'lim beriladi.
4. Fanni o’rganishda ta'lim jarayonini tashkil qilishning mazmuni, shakli, uslublari integratsiyasi ta'minlanadi. Masalan, “Ona tabiat” bo’limini o’rganish o’quvchilarni ekskursiyalar, o’quv sayrlari hamda amaliy ishlarni tashkil qilishda alohida obyekt va hodisalarni bevosita kuzatish jarayonida tabiat bilan tanishtirishni nazarda tutadi.
O’qitish jarayonida o’quvchilar yigirmadan ortiq tur va tushunchalarni o’rganadilar, bular: mebel, idish-tovoq, transport, maishiy texnika, ish qurollari, o’simliklar, hayvonlar, sog’liqni saqlash, shaxsiy gigiyena va boshqalardir.
Predmetni o’rganish jarayonida o’qituvchi dunyoni ekologik idrok etish vositasi bo’lgan maktab yer maydonchasi, tabiat burchagidagi hayvonlar va o’simliklarni parvarish qilish ko’nikmalarini, tabiatga muhabbat va tabiat go’zalligini ko’ra bilish qobiliyatini shakllantirishi, tabiiy hodisalarni tushunish kabilarni ishlab chiqishi kerak.
Kursning yana bir sermazmun yo’nalishi - o’quvchilarni joylarda oriyentatsiya qilishning eng oddiy usullariga o’rgatish; o’z mamlakati, uning poytaxti va boshqa shaharlari, dunyoning turli davlatlari va, umuman, sayyoramiz haqidagi ilk geografik tasavvurlarni shakllantirish.

Download 25.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling