Aniq fanlar blok moduli bo‘yicha umumiy o‘rta ta’limning
(haftasiga 5 soatdan, jami165 soat)
Download 220.99 Kb. Pdf ko'rish
|
@uz baza 1-sinf-Matematika
(haftasiga 5 soatdan, jami165 soat)
О‘quvchilar о‘quv faoliyati natijalariga qо‘yiladigan talablar: 0 dan 100 gacha bо‘lgan nomanfiy butun sonlarni о‘qiydi, yozadi, tо‘g‘ri va teskari tartibda sanaydi, taqqoslaydi, tartibga soladi, modellarda kо‘rsatib beradi; 0 dan 100 gacha nomanfiy butun sonlar ketma-ketligini tarkib topish qonuniyatini aniqlaydi va berilgan yoki tanlangan qonuniyat asosida ketma- ketlikni tuzadi; berilgan narsalarni xossasiga kо‘ra bir yoki bir nechta tо‘plamga ajratadi, narsalar juftliklarini tuzib, tо‘plamlarni soni bо‘yicha taqqoslaydi, ifodalaydi va tartibga soladi; berilgan obyektlarni xossasiga qarab tо‘plamga tegishli yoki tegishli emasligini aniqlaydi va obyektlar tо‘plamidan berilgan xossaga ega bо‘lgan bir yoki bir nechtasini ajratadi; 100 ichida qо‘shish, ayirish amallarining tarkibiy qismlarini aniqlaydi, nomlaydi hamda qо‘shish va ayirish jadvallaridan, arifmetik amallarning algoritmlaridan foydalangan holda bu amallarni og‘zaki va yozma bajaradi; yassi (nuqta, siniq chiziq, egri chiziq, kesma, burchak, aylana, doira, uchburchak, tо‘g‘ri tо‘rtburchak, kvadrat) va fazoviy (kub, shar) figuralarni tasavvur qiladi, taniydi, nomlaydi, solishtiradi va tasvirlaydi; qо‘shish va ayirish amallari mohiyatini ochuvchi sodda masalalarni yechadi, masaladagi vaziyatga oid ifodani, jumladan, noma’lumlarni о‘z ichiga olgan ifodani aniqlaydi, tuzadi; uzunlik, masofa, massa va sig‘m о‘lchov birliklarini biladi, о‘qiydi, yozadi, ular orasidagi munosabatlardan foydalanib kundalik hayot bilan bog‘liq bо‘lgan masalalarni arifmetik usulda (2 qadamli) yechadi; 5 о‘lchamlari ma’lum bо‘lgan yassi geometrik figuralarni (kesma, tо‘g‘ri tо‘rtburchak, kvadrat) chizg‘ichdan foydalanib yasaydi, ularni qog‘oz, sim, plastilin va h.k. lar yordamida modellashtiradi; geometrik obyektlar о‘lchamlarini, masofalarni chamalaydi, real obyektlarni geometrik figuralarning modellari bilan bog‘laydi; 2 amalli ( qavsli, qavssiz) sonli ifodaning qiymatini hisoblaydi; murakkab bо‘lmagan jadvallar kо‘rinishida berilgan ma’lumotlarni о‘qiydi, tayyor jadvallarni tо‘ldiradi; о‘rganilgan matematik tushunchalar, faktlar va algoritmlarni sodda о‘quv vaziyatlarda qо‘llay oladi va yangi bilimlar hosil qiladi; о‘rganilayotgan matematik holatlarni tahlil qiladi va shu asosida mulohazalar ketma-ketligini tuzadi. Download 220.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling