I bо‘lim. NARSALARNING TО‘PLAMLARI.
1 DAN 10 GACHA BО‘LGAN SONLAR.
10 ICHIDA QО‘SHISHVA AYIRISH AMALLARI.
(45 soat)
Narsalar va ularning xossalari. О‘xshashlik va farqlanish. Rangi, shakli,
о‘lchami, materiali. Axborot va uning boshlang‘ich tushunchalari.
Narsalarni о‘lchamlari bо‘yicha taqqoslash. Uzun-qisqa, keng-tor, baland-
past, yо‘g‘on-ingichka (qalin-yupqa), ortiq-kam; narsalarni rangi, shakli, bо‘yicha
taqqoslash. Fazoviy tasavvurlar, narsalarning о‘zaro joylashuvi; ustida-ostida
(baland-past), chapda-о‘ngda, yuqoridan pastga, pastdan yuqoriga va hokazo.
Narsalarning о‘zaro joylashuvi: “о‘rtada”, “chetida”, “о‘ngda”, “chapda”
kabi tushunchalarni о‘quvchilar ongida hosil qilish.
Narsalarni xossalari bо‘yicha tо‘plamlarga ajratish. Narsalar (bir xil, har
xil). Narsalar guruhlaridan berilgan xossaga ega bо‘lgan (rangi, о‘lchami, shakli,
vazifasi) bitta yoki bir nechta narsani ajratish.
Tо‘plamlarni tashkil qilgan narsalar soni bо‘yicha taqqoslash.
О‘quvchilarga tо‘plamlarni tashkil qilgan narsalar soni bо‘yicha taqqoslash
haqida tushunchalar berish.
1 dan 10 gacha bо‘lgan sonlarning atalishi. Narsalar sanog‘i va ketma-
ketligi. Aylana, kvadrat, uchburchak. Algoritm haqida eng sodda tushuncha.
Narsalarning sanog‘i va ketma-ketligi. Natural sonlar qatoridan birinchi
о‘nlik sonlarning atalishi va ketma-ketligi. Narsalarni (asosiy narsalar va ularning
tasvirlarini, harakatlar, ovozlarni chiqarib) tо‘g‘ri va teskari tartibda sanash.
Katta, kichik, teng: (shuncha birlikka) katta, kichik tushunchalari.
Miqdor va tartibli sanoq tushunchalari. Matnli ma’lumotlar. Sonli ma’lumotlar.
Sonlarni taqqoslash (teng, teng emas, katta, kichik), “=”, “+”, “-”, “>”, “<”
belgilari. “>”, “<”, “=” belgilari haqida ma’lumot berish.
6
Do'stlaringiz bilan baham: |