BOSHLANG'ICH SINFDA MATEMATIKA O'QITISH
METODLARI.INDUKSIYA VA ANALOGIYA
METODLARI
Reja:
1. O`quvchi matematikadan o`zlashtirishi zarur bo`lgan bilim,
ko`nikma
va malakalar
2.Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o`lchash.
3. Masalalarning o`quvchilar bilim olishidagi ahamiyati.
1. O`quvchi matematikadan o`zlashtirishi zarur bo`lgan bilim,
ko`nikma va malakalar
1-Sinf uchun matematikadan asosiy ta’lim dasturi mazmunining me’yorlari.
Son va hisoblashlar.
Natural sonlar qatoridan birinchi yuzlik sonlarining atalishi va ketma –ketligi.
Narsalarni to`g`ri va teskari tartibda sanash.
1-100 sonlarini raqamlar bilan belgilash.
Sonlarni taqqoslash (teng, teng emas, katta, kichik) , “<’’, “>’’ , “=’’ belgilari.
0 soni va uni belgilash.
Qo`shishning asosiy xossasi. Qo`shishda 0 ning xossasi. Ayirishning xossasi.
Ayirishda 0 ning xossasi. Qo`shish bilan ayirish orasidagi munosabat.
10 ichida qo`shish jadvali, xuddi shunday ayirish amali uchun.
Quyidagi ko`rinishdagi ayirish va qo`shishni bajarish: 9-9, 0+5,7-0,8+0.
100 ichida sonlarni xonadan o`tmasdan qo`shish va ayirish.
Qo`shish va ayirishga doir hamda tarkibli arifmetik masalalarni yechish.
Gemetrik shakllar, geometrik shakllarni o`lchash
Narsalarni o`lchamlari bo`yicha taqqoslash:
uzun-qisqa,
keng-tor,
baland-
past, yo`g`on-ingichka (qalin-yupqa), ortiq-kam.
Fazoviy tasavvurlar: narsalarning o`zaro
joylashuvi; ustida-ostida (baland-
past), chapda-o`ngda (chaproq-o`ngroq), oldin, keyin, orasida, yonida va hokazo.
Doira, kvadrat, uchburchak, ko`pburchak.