Million ichida to`rt arifmetik amalni (istalgan ko`p xonali sonlarni qo`shish va
ayirish; istalgan ko`p xonali sonlarni ikki va uch xonali sonlarga ko`paytirish va
bo’lish ) to`g`ri va tez bajarishga o`rganish.
Qoldiqli bo`lish malakalarini mustahkamlash.
1-3 amalni o`z ichiga olgan unchalik murakkab bo`lmagan sonli ifodalarning
qiymatlarni to`g`ri hisoblashga o`rganish.
Unchalik murakkab bo’lmagan tenglamalarni tez yechishga o’rganish.
Turli xarakterdagi masalalarni yechishda foydalaniladigan
kattaliklar
orasidagi o`zaro bog`lanishlarni mustahkam egallash.
1-3 amalli matnli masalalarni yechish tajribasiga ega bo`lish.
Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o`lchash
Geometrik jismlar: shar, kub bilan tanishish.
Geometrik jismlar va yassi shakllar haqidagi bilimni umumlashtirish.
Tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar.
Son va hisoblashlar.
Matematikani o`rganish natijasida o`quvchi quyidagilarni:
Bilishi kerak:
-1000000 ichida sonlarni o`qish, sonni xona qo`shiluvchilarining yig`indisi
ko`rinishidagi yozuvni tushunishni;
- sanoq texnikasini egallash (to`g`ri
va teskari tartibda sanash,
juftliklar va
o`nliklar bilan sanash, sondan oldin va keyin keluvchi sonni aytish)ni;
- natural sonlarni o`zaro taqqoslash: “>’’, “<’’ va “=’’ belgilarni to`g`ri
qo`llashni,
- qo`shish, ayirish, ko`paytirish va bo`lishning jadvalli
hollari natijalarini
yodda olib qolish, murakkab bo`lmagan hollarda 100 ichida og`zaki hisoblashlarni
bajarishni.
Do'stlaringiz bilan baham: