Metodlari. Induksiya va analogiya


Tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar


Download 260.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/10
Sana15.09.2023
Hajmi260.8 Kb.
#1678852
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
BOSHLANG\'ICH SINFDA MATEMATIKA O\'QITISH METODLARI.INDUKSIYA VA ANALOGIYA METODLARI1

Tayyorgarlik darajasiga qo`yiladigan talablar 
Son va hisoblashlar 
Matematikani o`rganish natijasida o`quvchi quyidagilarni; 
Bilishi kerak: 
- atamalar: qo`shiluvchi, yig`indi, kamayuvchi, ayriluvchi, ayirma, ifoda,
ifodaning qiymati, ko`paytirish, ko`paytuvchi, ko`paytma, bo`lish, bo`linuvchi,
bo`linma, ...marta kam, ...marta ortiq; 
- ishora (belgi) va belgilashlar, ∙(ko`paytirish belgisi), : (bo`lish belgisi), x 
(iks)ni; 
- bir xonali sonlarni qo`shish jadvali va ayirishning shunga mos hollari
(avtomotizm darajasiga yetkazilgan ko`nikmalar)ni; 
- 2-3 amalli ifodalarda, chunonchi, qavsli ifodalarda amallarni bajarish
tartibi. 
Uddalay olishi kerak: 
- 100 ichida sonlarni og`zaki qo`shish va ayirishni o`rganilgan usullar 
asosida bajarishni; 
-100 gacha bo`lgan sonlarni qo`shish va ayirishni ustuncha shaklida yozish
bilan hisoblay olishni; 
- ko`paytirishning asosiy xossasini ifodalash va uni hisoblashlarda
qo`llay olishni: 


- bir o`zgaruvchili ifodaning qiymatini shu o`zgaruvchining berilgan
qiymatlarida hisoblab topishni, sodda masalalarni tanlash va amallar
komponentlari orasidsagi bog`lanishlar asosida yechishni: 
- o`rganilgan xildagi 1-2 amalli matnli masalalarni yechishni. 
Geometrik shakllar. Geometrik shakllarni o`lchash Geometrik shakllarni
o`rganish natijasida o`quvchi quyidagilarni: 
Bilishi kerak: 
- atamalar: to`g`ri burchak, to`g`ri to`rtburchak, aylana, aylana markazi,
aylana radiusi. 
- belgilashni: mm (millimeter), kvadrat santimetr (kv.sm) 
Uddalay olishi kerak: 
- sirkuldan foydalanib, aylana va doira chizishni
- ko`pburchak perimetrini topishni. 
3- Sinf uchun matematikadan asosiy ta’lim dasturi mazmunining me’yorlari. 

Download 260.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling