«Aniq fanlar» kafedrasi fanidan ma’ruzalar matni


Download 1.15 Mb.
bet47/161
Sana02.01.2022
Hajmi1.15 Mb.
#200874
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   161
Bog'liq
dasturlash fanidan maruzalar matni 2

Satr o’zgarmaslar. Ikkita qo‘shtirnoq (“,”) ichiga olingan belgilar ketma-ketligi satr o‘zgarmas deyiladi:

“bu satr o’zgarmas va uning nomi string\n”

Satr ichida escape ketma-ketligi ham ishlatilishi mumkin, faqat bu ketma-ketlik apostrofsiz yoziladi.

Probel bilan ajratib yozilgan satrlar kompilyator tomonidan yagona satrga ulanadi (konkantenatsiya):

“satr –bu belgilar massivi” /* bu satr keyingi satrga qo‘shiladi */ “, uning turi char[]”;

Bu yozuvga

“ satr –bu belgilar massivi, uning turi char[]”;

yozuvi bilan ekvivalent hisoblanadi.

Uzun satrni bir nechta qatorga yozish mumkin va buning uchun qator oxirida ‘\’ belgisi qo‘yiladi:

“Kompilyator har bir satr uchun kompyuter xotirasida \ satr uzunligiga teng sondagi baytlardagi alohida \ xotira ajratadi va bitta -0 qiymatli bayt qo’shadi”;

Yuqoridagi uchta qatorda yozilgan satr keltirilgan. Teskari yon chiziq (‘\’) belgisi keyingi qatorda yozilgan belgilar ketma-ketligini yuqoridagi satrga qo‘shish kerakligini bildiradi. Agar qo‘shiladigan satr boshlanishida probellar bo‘lsa, ular ham satr tarkibiga kiradi.

Satr xotirada joylashganda uning oxiriga ‘\0’ (0 kodli belgi) qo‘shiladi va bu belgi satr tugaganligini bildiradi. Shu sababli satr uzunligi, uning «haqiqiy» qiymatidan bittaga ko‘p bo‘ladi.



Download 1.15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling