«Aniq fanlar» kafedrasi fanidan ma’ruzalar matni
C++ tilining tayanch turlari
Download 1.15 Mb.
|
dasturlash fanidan maruzalar matni 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Turlangan o‘zgarmaslar
- Sanab o‘tiluvchi tur
C++ tilining tayanch turlari:C++ tilishshg tayanch turlari, ularning baytlardagi o‘lchamlari va qiymatlarining chegaralari 1.2-jadvalda keltirilgan.
1.2-jadval. C++ tilining tayanch turlari
Turlangan o‘zgarmaslar:Turlangan o‘zgarmaslar xuddi o‘zgaruvchilardek ishlatiladi va initsializatsiya qilingandan (boshlang‘ich qiymat berilgandan) keyin ularning qiymatini o‘zgartirib bo‘lmaydi . Turlangan o‘zgarmaslar const kalit so‘zi bilan e’lon qilinadi, undan keyin o‘zgarmas turi va albatta initsializatsiya qismi bo‘lishi kerak. Misol tariqasida turlangan va literal o‘zgarmaslardan foydalangan holda radius berilganda aylana yuzasini hisoblaydigan programmani keltiramiz. #include int main () { const double pi=3.1415; const int radius=3; double square=0; square=pi*radius*radius; cout< return 0;
}
Programma bosh funksiyasining boshlanishida ikkita – pi va radius o‘zgarmaslari e’lon qilingan. Aylana yuzasini aniqlovchi square o’zgarmas deb e’lon qilinmagan, chunki u programma bajarilishida o’zgaradi. Aylana radiusini programma ishlashida o‘zgartirish mo‘ljallanmagan, shu sababli u o‘zgarmas sifatida e’lon qilingan. enum bu yerda, enum – kalit so‘z (inglizcha enumerate – sanamoq); Misol uchun hafta kunlari bilan bog‘liq masala yechishda hafta kunlari dush (dushanba), sesh (seshanba), shor (chorshanba), paysh (payshanba), juma (juma), shanba (shanba), yaksh (yakshanba) o‘zgarmaslarini ishlatish mumkin va ular sanab o‘tiluvchi tur yordamida bitta satrda yoziladi: enum Hafta {dush, sesh chor, paysh, juma, shanba,yaksh} ; Sanab o‘tiluvchi o‘zgarmaslar quyidagi xossaga ega: agar o‘zgarmas qiymati ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u oldingi o‘zgarmas qiymatidan bittaga ortiq bo‘ladi. Kelishuv bo‘yicha birinchi o‘zgarmas qiymati 0 bo‘ladi. Initsializatsiya yordamida o‘zgarmas qiymatini o‘zgartirish mumkin: enum Hafta {dush=8 ,sesh,chor=12 ,paysh=13 , juma=16, shanba, yaksh=20} ; Bu e’londa sesh qiymati 9, shanba esa 17 ga teng bo‘ladi. Sanab o‘tiluvchi o‘zgarmaslarning nomlari har xil bo‘lishi kerak, lekin ularning qiymatlari bir xil bo‘lishi mumkin: enum{no1=0,toza=0,bir,ikki,juft=2 ,uch} ; O‘zgarmasning qiymati ifoda ko‘rinishda berilishi mumkin, faqat ifodadagi nomlarning qiymatlari shu qadamdagacha aniqlangan bo‘lishi kerak: enum { ikki=2 ,turt=ikki*2 } ; O‘zgarmasni qiymatlari manfiy son bo‘lishi ham mumkin: enum {minus2=-2 minus1,nol,bir} ; Download 1.15 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling