Operator tushunchasi:Programmalash tili operatorlari yechilayotgan masala algoritmini amalga oshirish uchun ishlatiladi. Operatorlar chiziqli va boshqaruv operatorlariga bo’linadi. Aksariyat holatlarda operatorlar nuqtali vergul (‘;’) belgisi bilan tugallanadi va u kompilyator tomonidan alohida operator deb qabul qilinadi(for operatorining qavs ichida turgan ifodalari bundan mustasno). Bunday operator ifoda operatori deyiladi. Qiymat berish amallari guruhi, xususan, qiymat berish operatorlari ifoda operatorlari hisoblanadi:
i++; --j; k+=I;
Programma tuzish amaliyotida bo‘sh operator – ‘;’ ishlatiladi. Garchi bu operator hech nima bajarmasa ham, hisoblash ifodalarini til qurilmalariga mos kelishini ta’minlaydi. Ayrim hollarda yuzaga kelgan «boshi berk» holatlardan chiqib ketish imkonini beradi.
O’zgaruvchilarni e’lon qilish ham operator hisoblanadi va ularga e’lon operatori deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |