Shart operatorlari:Oldingi bobda misol tariqasida keltirilgan programmalarda amallar yozilish tartibida ketma-ket va faqat bir marta bajariladigan holatlar, ya’ni chiziqli algoritmlar keltirilgan. Amalda esa kamdan-kam masalalar shu tariqa yechilishi mumkin. Aksariyat masalalar yuzaga keladigan turli holatlarga bog‘liq ravishda mos qaror qabul qilishni (yechimni) talab etadi. C++ tili programmaning alohida bo‘laklarining bajarilish tartibini boshqarishga imkon beruvchi qurilmalarning yetarlicha katta majmuasiga ega. Masalan, programma bajarilishining birorta qadamida qandaydir shartni tekshirish natijasiga ko‘ra boshqaruvni programmaning u yoki bu bo‘lagiga uzatish mumkin (tarmoqlanuvchi algoritm). Tarmoqlanishni amalga oshirish uchun shartli operatordan foydalaniladi.
If operatori: if operatori qandaydir shartni rostlikka tekshirshi natijasiga ko‘ra programmada tarmoqlanishni amalga oshiradi:
if ( );
Bu yerda har qanday ifoda bo‘lishi mumkin odatda u taqqoslash amali bo‘ladi.
Agar shart 0 qiymatidan farqli yoki rost (true) bo‘lsa, bajariladi, aks holda, ya’ni shart 0 yoki yolg‘on (false) bo‘lsa, hech qanday amal bajarilmaydi va boshqaruv if operatoridan keyingi operatorga o’tadi (i (agar u mavjud bo‘lsa). Ushbu holat 4.1 –rasmda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |