Aniq muddatda


Kurs ishining dolzarbligi


Download 397.34 Kb.
bet3/16
Sana16.04.2023
Hajmi397.34 Kb.
#1358611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Shokirjonov

Kurs ishining dolzarbligi. Mustaqil О‘zbekistonda sanoat va transport turlarining keng kо‘lamda va yuqori darajada rivojlanishi natijasida avtomobilsozlik kabi yangi sanoat-transport tarmoqlari vujudga kelib, ular fan va texnikaning sо‘nggi yutuqlari negizida muttasil yuksalib bormoqda.
Har qanday yuk tashish transport jarayonini amalga oshirishda yuklarni transport vositasiga ortish bilan bogliq sermehnat, ba’zida esa jismonan og‘ir ish bajarishga tо‘g‘ri keladi. Tashish nihoyasiga yetganda esa yuklarni tushirish zarur bо‘ladi. Yuklarni tushirish ham sermehnat hamda jismonan og‘ir ishlardan biridir.
Avtomobil transportining yuqorida keltirilgan vazifalaridan kelib chiqqan holda Kasb ta’limi (Transport vositalarini ishlatish va ta’mirlash) yо‘nalishi bakalavrlarini tayyorlashda fanning maqsadi xalq xо‘jaligi sohalari va kishilarning ishlab chiqarishlari bilan bog‘liq moddiy buyumlarni zarur joylarga belgilangan vaqtda va sifatli darajada yetkazib berish hamda yuklarni transport vositasiga kam xarajat bilan ortish va tushirish, transport vositalaridan samarali foydalanish va ularni tо‘g‘ri tanlash kо‘nikmalarini о‘rgatishdan iboratdir.
Shu tufayli oliy o’quv yurtlarida kichik mutaxassislarni har tomonlama yetuk, bilimdon, о‘z kasbining ustasi qilib tayyorlash juda muhimdir.
Kurs ishining maqsadi va vazifalari:

  1. “Aniq muddatda” tamoyilini tahlil qilish;

  2. Ortish-tushirish ishlarini tashkil qilishda “aniq muddatda” tizimidan foydalanish va uning afzalliklari

  3. Qo’qon shahridagi ortish-tushirish ishlari tasnifini ishlab chiqish;

  4. Qo’qon shahridagi Ortish-tushirish punktlari va ulardagi ish unumini hisoblash;

  5. Bajarilgan kurs ishi natijalari asosida ishni xulosalash.

Kurs ishi tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, asosiy qism, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB QO’QON SHAHRIDA ORTISH-TUSHIRISH ISHLARI SXEMALARINI ISHLAB CHIQISH VA “ANIQ MUDDATDA” TAMOYILINI QO’LLSH TASNIFI

Download 397.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling