Aniq muddatda
II.2 “Aniq muddatda” tamoyiliga asoslangan ortish-tushirish punktlaridagi muammolar yechimi
Download 397.34 Kb.
|
Shokirjonov
II.2 “Aniq muddatda” tamoyiliga asoslangan ortish-tushirish punktlaridagi muammolar yechimi
Logistika tizimlarida zahiralarni saqlash bilan bog‘liq muomala vaqti va harajatlarini qisqartirishga alohida e’tibor beriladi, bular logistik harajatlarning asosiy qismini tashkil qiladi. Shu sababli omborxona xo‘jaligini tashkil qilish, ortish - tushirish vositalarini qoplarga joylashtirish vositalarini qo‘llash va saqlash logistika tizimining muhim sohasi hisoblanadi. Xorijda Kanban, OPT, MRP, MRP-2 nomini olgan, logistikaga asoslangan «aniq muddatda» yetkazib berish tizimi ta’minotini tashkil qilishning keng yoyilgan tizimidir. Kanban tizimi Yaponiya korxonalarida keng qo‘llaniladi. Kanban tizimidan foydalanuvchi yapon firmalari moddiy boylik manbalarini faqat ishonchli ta’minotchilardan xarid qilishga harakat qiladilar va ularni o‘z talablariga qaram qilib qo‘yadilar. «KANBAN» tizimi — dastlab yapon menejerlari tomonidan ishlab chiqilgan bo’lib, mazkur tizim o'zagini zarur mahsulotning talab etilgan miqdorda va belgilangan muddatda yetkazib berilishini nazarda tutuvchi «O‘z vaqtida» (Just in time) tizimi asoslari tashkil etadi. Ushbu tizim ishlab chiqarishni tezkor boshqarishga xizmat qilgan holda o'z tarkibiga nafaqat maxsus kartochkalarni, balki transport vositalarini, texnologik va operatsion xaritalarni ham kiritadi. AQSHda rivojlangan OPT (ishlab chiqarish texnologiyasini muvofiqlashtirish) tizimi foydalaniladi. Tizimning asosiy tamoyili ishlab chiqarishda «tor» joylar yoki kamyob resurslarni aniqlash. Misol uchun xomashyo va materiallar, mashinalar, uskunalar, texnologik jarayonlar va xodimlarning ayrim turlari kamyob boylik manbalaridan bo‘lishi mumkin. Ishlab chiqarish tizimining rivojlanish sur’ati kamyob resurslardan samarali foydalanishga bog‘liq. OPT tizimida ishlab chiqarishning bir kunga, haftaga va hokazo jadvalini shakllantirish amalga oshiriladi, iste’molchilar tomonidan buyurilgan mahsulotlarni ortib jo‘natishning nazorati muqobil resurslarni qidirib topish, kerakli materiallar yo‘q bo‘lganda ularni to‘liq holda almashtirish bo‘yicha tavsiyalar berish masalalari hal qilinadi. Eng ma’qul jadvalni shakllantirishda quyidagilar hisobga olinadi: - ishlab chiqarishning boylik manbalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish darajasi; - boylik manbalaridan foydalanish samaradorligi; - tugallanmagan ishlab chiqarishga jalb qilingan vositalar; - jadvalning epchilligi, ya’ni uskunalarni avariya tufayli to‘xtab qolganda va moddiy boylik manbalari to‘liq yetkazib berilmaganda uni amalga oshirish imkoniyati. Download 397.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling