Aniq muddatda


Download 397.34 Kb.
bet2/16
Sana16.04.2023
Hajmi397.34 Kb.
#1358611
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
Shokirjonov

MUNDARIJA:


I KIRISH…………………………………………………………………4
I BOB QO`QON SHAHRIDA ORTISH-TUSHIRISH ISHLARI SXEMALARINI ISHLAB CHIQISH VA “ANIQ MUDDATDA” TAMOYILINI QO’LLASH TASNIFI
I.1 Qo`qon shahrida ortish-tushirish ishlari tasnifi………………………………7
I.2 Rivojlangan mamlakatlarda ortish-tushirish ishlari sxemalarini ishlab chiqish va “Aniq muddatda” tamoyilini qo’llsh usullari…………………………………….10
II BOB QO`QON SHAHRIDA ORTISH-TUSHIRISH ISHLARI SXEMALARINI ISHLAB CHIQISHDA “ANIQ MUDDATDA” TAMOYILINI QO’LLASH
II.1 Qo`qon shahrida “Aniq muddatda” tamoyili qo`llash bilan bo`yicha 1-muammo yechimi…………………………………………………………………………15
II.2 “Aniq muddatda” tamoyiliga asoslangan ortish-tushirish punktlari 2-muammo yechimi…………………………………………….…….……………………..17
II.3 “Aniq muddatda” tamoyiliga asoslangan ortish-tushirish punktlari 3-muammo yechimi…………………………………………….…….………………………18
III BOB QO`QON SHAHRIDA ORTISH-TUSHIRISH ISHLARI SXEMALARINI ISHLAB CHIQISHDA “ANIQ MUDDATDA” TAMOYILINI QO’LLASH SAMARADORLIGI
III.1. Qo`qon shahrida ortish-tushirish ishlari samaradorligini baholash………..23
III.2“Aniq muddatda” tamoyili va xarajatlar qisqarishi ………………………..26
III XULOSA…………………………………………………………………….29
IV FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR………………………………..…31

KIRISH
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko’lamdagi islohotlar yurtimiz taraqqiyoti va uning istiqboli bilan bo’g’liq bo’lib, tadrijiy rivojlanish jarayonida yanada takomillashib, chuqurlashib bormoqda. Bu xususiyatlar, ayniqsa, mamlakat hayotini tubdan yangilash, mavjud muammolarni kechiktirmasdan hal etish, taraqqiyot jarayonida yuzaga chiqadigan dolzarb masalalarning yechimini topishda yaqqol ko’zga tashlanmoqda. Bunday serqirra va keng ko’lamli islohotlar O’zbekistonning o’z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq tan olgan istiqlol va taraqqiyot yo’li, jamiyatni har tomonlama yangilash kontseptsiyasiga asoslangan holda, yangi asr, yangi ming yillik boshida hayotning o’zi ilgari surayotgan talablar bilan bog’liq ravishda yangicha ma’no-mazmun kasb etib bormoqda.
Bugun mamlakatimiz jahon hamjamiyatining teng huquqli sub’yekti sifatida ko’plab davlatlar bilan o’zaro manfaatli aloqalar o’rnatgan. Shu yo’lda qator xalqaro tashkilot ittifoq va uyushmalar azosi sifatida o’zini namoyon etmoqda. O’zavtosanoat assotsatsiyasi 30 dan ortiq katta va o’rta hajmdagi korxonalarni o’z ichiga olgan bo’lib, ushbu korxonalarda Janubiy Кoreya, Turkiya, Germaniya, Gollandiya, AQSh va MDH mamlakatlarining sarmoyalari va texnologiyalari asosida ish olib borilmoqda.
Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug’aniyevich Karimov tashabbusi bilan mamlakatda qisqa vaqt ichida iqtisodiyotimiz uchun butunlay yangi yuksak texnologiyaga asoslangan va istiqbolli yo’nalish - avtomobilsozlik yaratilgan edi. Ayni paytda, mamlakatimizda avtomobilsozlik yildan-yilga rivojlanib, taraqqiy topib borayotgan sohalardan biridir. Bu sohada erishgan va erishilayotgan yutuqlarni eshitish barchamiz uchun birdek yoqimli. Bugungi kunda mamlakatimiz yo’llarida respublikamizda ishlab chiqarilayotgan “GM Uzbekistan”, “ISUZI” hamda “MAN” rusumli yuk va yo’lovchilar tashishga mo’ljallangan avtomobillar xalqimizga beminnat xizmat qilib kelmoqda.
Avtomobil yo’llari atomobil transportida yuk tashish hajmi va yo’lovchi tashishning o’sishida, hamda, harakat havfsizligining ta’minlanishida katta rol o’ynaydi. Talab darajasida bo’lmagan avtomobil yo’llarida harakatlanganda harakat tezligi pasayadi, yoqilg’i sarfi va tashish tannarxi (yuk tashish narxi) oshadi, avtomobilning texnik nosozligi ko’payishi natijasida ta’mirlash xarajatlari miqdori va yo’l harakati qoidalariga rioya qilmaslik holatlari soni ortadi. Avtomobillarning yuqori tezlikda, turli ob – havo sharoitlarida qatnovini ta’minlaydigan yaxshi avtomobil yo’llari kerak bo’ladi.
Mustaqillikning ilk yillaridan yurtimizni boshqa davlatlar va mintaqalar bilan bog’laydigan yo’llar, komunikatsiya tarmoqlari barpo etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bugungi kunda, O’zbekiston avtomobil yo’llarining sifati jihatidan MDHda yetakchi o’rinlarning birida turadi. O’zbekiston bu sohaga oid o’ndan ziyod xalqaro konventsiya va hujjatlarga qo’shilgan, o’ttizdan ziyod davlat bilan xalqaro avtomobil aloqasi to’g’risida bitim imzolagan.
Qadimda eng uzun savdo yo’nalishi hisoblangan Buyuk Ipak yo’li bugun transportchilar sa’yi – harakatlari bilan qayta tiklanmoqda. Osiyo bilan Evropani birlashtiruvchi bu yo’l mintaqalar o’rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlashda tobora keng o’rin egallamoqda. Bu O’zbekistonning transport va tranzit salohiyati yuksalishiga ham xizmat qiladi.
Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risidagi Prezident Farmoni bilan O’zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida Transport vazirligi tashkil etildi.
Vazirlik avtomobil, temir yo’l, havo, daryo transportlari, metropoliten, shuningdek, yo’l xo’jaligini rivojlantirish sohasidagi yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish bo’yicha davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o’rganish markazi tashkil etildi.
“Transport to’g’risida”gi Qonun hamda 2025 yilgacha transportni rivojlantirish konstepstiyasi va uni amalga oshirish bo’yicha “Yo’l xaritasi” ishlab chiqiladi.

Download 397.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling