Aniq muddatda
Download 397.34 Kb.
|
Shokirjonov
Yordamchi yuk ortish-tushirish ishlariga;
yuklarni ilgichlarga ildirish, yoki, ajratib olish; yukni yo'naltirish; yukni mahkamlash va boshqalar kiradi. Yuk ortish-tushirish ishlari qo'lda, mexanizmlar yordamida, avtomatlarda bajariladi. Yuk ortish-tushirish ishlari qo'lda bajarilganda, avtomobillarning yuk ortish-tushirish punktlarida ko'p to'xtab qolishi hisobiga, xalq xo'jaligi katta zarar ko'radi. Bunday ishlarni bajarish uchun ko'p qo'l mehnati talab qilinadi. Umumiy bajarilgan yuk ortish-tushirish ishlarida mashinalar bilan bajarilgan yuk ortish-tushirish ishlarining hajmiga qarab, mexanizatsiyalashtirish darajasi 2 turda bo'ladi, yani: -- Qisman mexanizatsiyalashgan ishlar. -- To'liq mexanizatsiyalashgan ishlar. Qisman mexanizatsiyalashgan ish turida avtomobillarga yukni ortish va tushirish ishlari mashina va mexanizmlar yordamida to'liq bajarilmaydi, chunki yuk ortish-tushirish jarayonida ishchilarning qo'l mehnatidan ham foydalaniladi. Agar, yuk ortish-tushirish jarayonida qo'l mehnatidan foydalanilmasa, yuk ortish-tushirish ishlari to'liq mexanizatsiyalashgan bo'ladi. Kompleks mexanizatsiyalashgan yuk ortish-tushirish ishlari faqat mashina, yoki, mashinalar tizimi yordamida bajariladi, ishchilar qo'l mehnatidan umuman foydalanilmaydi. Bu usulda insonning faoliyati mashinalarni boshqarishdan iborat bo’ladi, holos. Avtomatlashgan usuldagi yuk ortish-tushirish ishlari mashina va mexanizmlar yordamida oldindan tuzilgan reja-dastur asosida bajariladi. Yuklarni ko’tarish-tashish ishlarida yuqorida ko’rib o’tilgan mexanizatsiyalashgan ko’tarish-tashish mashinalari va mexanizmlari bilan bir qatorda oddiy qurilmalardan ham keng foydalaniladi. Bo’lar jumlasiga pishang (richag)lar, rolganglar, nishabliklar, tarnovlar, aravachalar, priseplar kiradi. Rolganglar maxsus tayyorlangan ramaga o’rnatilgan aylanuvchi roliklardan iborat. Aravachalar bir, ikki, uch, yoki, to’rt g’ldirakli qilib tayyorlanadi. Bir, yoki, ikki g’ldirakli aravachalarning harakatlanishga qarshiligi kam, ammo yuk og’irligining ma’lum qismi yuk tashuvchiga tushadi. Shuning uchun, ular tashish yo’li notekis bo’lgan hollarda ishlatiladi. Uch va to’rt g’ldirakli aravachalar muvozanatlashgan bo’ladi, ammo ularning harakatlanishga qarshiligi katta. Ulardan tsexlarning ichida (tashish yo’li asfaltlangan, tekis bo’lsa) foydalanish qulay. Shatakkka olinadigan tashish vositalariga priseplar va trallerlar kiradi. Bir o’qli priseplar uzunligi bo’yicha katta o’lchamga ega bo’lgan yuklarni (po’lat quvurlar, taxta materiallari va sh.k.) tashishda ishlatiladi. Ko’p o’qli priseplar - traller deb ataladi. Ulardan katta o’lchamli bo’linmaydigan og’ir vaznli yuklarni (ekskvatorlar, gusenitsali traktorlar va sh.k.) tashishda foydalaniladi. Download 397.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling