Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Tavakkalchilik elementlari bilan bog‘liq qarorlarni tanlash va amalga oshirishga ta’sir qiluvchi omillar


Download 232.32 Kb.
bet41/60
Sana02.06.2024
Hajmi232.32 Kb.
#1835315
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60
Bog'liq
Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar-hozir.org

2.Tavakkalchilik elementlari bilan bog‘liq qarorlarni tanlash va amalga oshirishga ta’sir qiluvchi omillar.
Tavakkalchilikda hisobga olinishi zarur bo‘lgan va xavf-xatarni keltirib chiqaradigan muhim omillar quyidagilardir: tadbirkorlik sohasi; tabiiy ofat; o‘g‘irlik; reket; biznes rejani shakllantiruvchi shaxslarning omilkorlik darajasining pastligi, biznes bo‘yicha sheriklarning vijdonsizligi yoki mol-mulksizligi. Shartnomada aldanish xavfi yoki qarzdorning to‘lash qobiliyati yo‘qligi xodisasi bilan duch kelish, qarzni qaytarmaslik va boshqalar haqikatda yuz berishi mumkin bo‘lgan xodisalardir. Yuqorida keltirilgan omillar muqobil taktikaviy qarorlarni tavakkalchilik elementlarini hisobga olgan holda tanlashda so‘zsiz o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Bu ta’sir ikki xil namoyon bo‘ladi. Birinchidan, xo‘jalik vaziyatining elementlarining o‘zaro ta’sirlashuvi orqali vaziyatning rivojlanish jarayonida taktik qarorlar qabul qilinadi va amalga oshiriladi. Ikkinchidan, ta’sir ishbilarmon va biznesdagi boshqa ishtiroklarning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq elementlar orqali namoyon bo‘ladi. Qaror qabul qilishda salbiy omil bo‘lib vaziyat qo‘ygan masalaning murakkabligi va yangiligi hisoblanadi. Bu ko‘p hollarda ishbilarmonni sarosimaga soladi, ba’zida qo‘rquv samarasini bunyod etadi, ma’lumotlarni ratsional tahlil qilish va amalda to‘g‘ri qaror qilish imkonidan maxrum qiladi. Bu ayniqsa, xavf-xatar yuqori bo‘lgan holda yaqqolrok ko‘zga tashlanadi. Biroq, bir qator hollarda, ishbilarmon tavakkalchilik elementlari bilan bog‘lik bo‘lgan xo‘jalik qarorlarini o‘z xis-tuyg‘ulari bo‘yicha, o‘z bilganicha qabul qiladi, amalga oshiradi va bir qator harakatlar majmuasini bajargandan keyingina o‘z qilmishi va avvalgi vaziyatga baxo beradi.
Tadbirkor hamma vaqt esda tutishi kerakki, tavakkalchilik ba’zi holda muvaffaqiyat keltirsa, boshqa holatda — bankrotlikga olib kelishi mumkin. Salbiy holatni bartaraf etish va xavf-xatarga muvaffaqiyat bilan bardosh bera olish uchun, uni, birinchi navbatda to‘la aniqlash, tavakkalchilikni kamaytirish dasturini ishlab chiqish, turli zaruriy tadbirlarni o‘tkazish, ishbilarmonning xavf-xatarda qolishi maqsadga muvofiqligi yoki uni sug‘urtalash zarurligini aniqlash kerak. Kichik darajadagi tavakkalchilikda, odatda, zararni korxonaning o‘zi qoplaydi va buning uchun, zarur fondlar bunyod etiladi. O‘rta va kichik darajadagi tavakkalchilikni esa, sug‘urtalash maqsadga muvofiqdir.
Sug‘urtalash chora-tadbirlari xavf-xatar oqibatida yuzaga keladigan yo‘qotishni (kutilmagan holatlarda mol-mulk, mablag‘lar va ishlab chiqarishni) to‘la yoki qisman qoplash (tabiiy ofat, avariyalar, baxtsiz xodisalar, xonavayronlikga uchragan shartnomachilarning o‘z majburiyatlarini bajarmasligi va boshqa holatlar yuz berganda) yoki yo‘qotishlarni iloji boricha ko‘proq sonli yuridik va jismoniy shaxslar o‘rtasida taqsimlash yo‘li bilan qoplash kabi usullarda amalga oshirilishi mumkin.
Ishbilarmon va korxona uchun tavakkalchilikni himoya mudofaa tadbirlari bilan bartaraf etish yoki sezilarli moliyaviy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan xavf-xatarni o‘z yelkasiga olishga xoxish bo‘lmagan paytda sug‘urtalash maqsadga muvofiqdir.Sug‘urtalashda ikki tomonning ishtiroki majburiydir — sug‘urta fondini bunyod etish va uni ishlatish bilan shug‘ullanuvchi maxsus tashkilot va sug‘urtalanuvchi ushbu fondga belgilangan to‘lovni to‘lovchi yuridik yoki jismoniy shaxs. Ular orasidagi munosabat sug‘urta shartnomasi (polis) asosida tashkil topadi.Tavakkalchilikni pasaytirish maqsadida qilinadigan sug‘urtalash ixtiyoriy tartibda o‘tkaziladi. Tadbirkorning har qanday faoliyati, odatda, sug‘urtalanishi mumkin. Ammo, bu ba’zi
bir, xavf-xatar yuqori bo‘lgan hollardagina amalga oshiriladi



Download 232.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling