Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


-MAVZU. KICHIK BIZNES FAOLIYATIDA INVESTITSIYALARNING TUTGAN O‘RNI VA AXAMIYATI


Download 232.32 Kb.
bet42/60
Sana02.06.2024
Hajmi232.32 Kb.
#1835315
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60
Bog'liq
Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar-hozir.org

15-MAVZU. KICHIK BIZNES FAOLIYATIDA INVESTITSIYALARNING TUTGAN O‘RNI VA AXAMIYATI


Reja:


  1. Investitsion loyihalar tahlilining o‘ziga xos xususiyatlari


  2. Investvsiov loyiha sikllari


  3. Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga jalb qilish shakllari va uni tartibga solishning jahon tajribasi


1.Investitsion loyihalar tahlilining o‘ziga xos xususiyatlari
Jahon iqtisodiyoti globallashib, savdo yo`lidagi to`siqlar kamayib, soliq qonunlari va tartibga soluvchi rejimlar erkinlashib borayotgan hozirgi sharoitda chetdan kiritiladigan investitsiya oqimlari tez sur`atlar bilan o`smoqda. Bevosita chet el investitsiyalarining dunyo bo`yicha umumiy hajmi 1980 yildagiga qaraganda 14 baravardan ziyod o`sib, 2007 yil holatiga, jami 11 trln AQSH dollariga etdi. Hozirgi vaqtda butun dunyoda 64 mingga yaqin mamlakatlararo kompaniyalar mavjud bo`lib, ular 870 mingta xorijiy shu`ba korxonalari faoliyatini nazorat qilib turadi. Ushbu korxonalar sotilayotgan mahsulotlar hajmi taxminan 18 trln AQSH dollarini tashkil etdi. Bu esa o`z navbatida, butun jahon eksporti hajmidan 2 baravaridan ziyoddir.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasi ularning iqtisodiy yuksalishida faol investitsiya siyosati markaziy o`rinni egallashini tasdiqlaydi. SHu bois O`zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish maqsadlari uning investitsiya siyosatida to`liq aks ettirilishini taqozo etadi.O`zbekistonda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish va tartibga solishda O`zbekiston Respublikasining "CHet el investitsiyalari to`g`risida", "CHet ellik investorlar xuquqlarining kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to`grisida", "Investitsiya faoliyati to`grisida"gi Qonunlar va boshqa qonun hujjatlari uning huquqiy asosi bo`lib xizmat qiladi.Mulkchilikning turli shakllari tarkib topishi investitsiyalarning rivojlanishiga katta turtki bo`ldi. Mulkchilikning turli shakllarining vujudga kelishi munosabati bilan kapitalning sohalardagi o`zgaruvchanligi, uning oqimi, hududlarga taqsimlanishi tezlashdi.


CHet el investorlari, asosan, daromad (foyda) olish maqsadida tadbirkorlik faoliyati va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa turdagi faoliyat ob`ektlariga qo`shadigan barcha turdagi moddiy va nomoddiy boyliklar va ularga doir xuquqlar, shu jumladan, intellektual mulkka doir huquqlar, chet el investitsiyalaridan olingan har qanday daromad O`zbekiston Respublikasi hududida chet el investitsiyalari deb e`tirof etiladi."CHet el investitsiyalari to`g`risida"gi
2007 yilda davlatimiz rahbari ta`kidlab o`tganidek, 2007 yilgi investitsiya dasturi doirasida 1millard AQSH dollaridan ko`proq miqdorda xorijiy investitsiyalar jalb etilishi mo`ljallanmoqda.
Bu mablag`ning salkam 700 million dollari yoki qariyb 68 foizini to`g`ridan - to`g`ri xorijiy investitsiyalar tashkil etadi.Bu qarorga asosan, investorlar tomonidan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritiladigan mablag` va mulk daromad (foyda), ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish va hududlarni obodonlashtirish hamda qo`shilgan qiymat soliqlariga tortilmaydi, xorijiy valyutadagi qo`yilmalar esa majburiy tarzda sotilmaydi, shuningdek, investitsiya davri mobaynida tuziladigan oldi - sotdi shartnomasiga muvofiq korxonaning oldingi qarzini qoplash hisob - raqamiga majburiy tarzda undirib olinmaydi. Bundan tashqari davlat ulushi potentsial investorlarga sotilayotgan korxonaning byudjetga va davlat maqsadli jamg`armalariga to`lovlar bo`yicha qarzlari restrukturizatsiya qilinishi mumkin.O`zbekiston Respublikasi Prezidentining bu Qarori O`zbekistonning iqtisodiy jihatdan yuksalishi va halqaro jahon xo`jalik munosabatlariga integratsiyalashuvining g`oyat muhim va texnik qayta jihozlashga xorijiy investitsiyalarni keng jalb qilish yo`lidagi strategik yo`nalishini ham belgilab beradi.
Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati benihoyat katta bo`lib, u quyidagilar bilan izohlanadi:
-birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo`ljallangan mahsulotlarni ishlab chiqarishni rivrjlantiradi;
- ikkinchidan, import o`rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo`lga qo`yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo`naltirish va pirovardida
aholining me`yordagi turmush darajasini ta`minlash imkonini yaratadi;
- uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini jadallashtirish orqali o`sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta`minlaydi;
- to`rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarish quvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi;
Investitsiya loyihalari, avvalo, ustuvor tarmoqlarga, ya`ni neft’ va ximiya sanoati, transport, energetika, er osti qazilma boyliklarini ishlab chiqarishga, qurilish, telekommunikatsiya tarmoqlariga, qishloq xo`jaligi mahsulotlarini ishlab chiqarishga
va ularni keng qayta ishlashga, turizm sohasini rivojlantirishga qaratilishi lozim.
O`zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatiga doir xuquqiy xujjatlar tizimida xorijiy investitsiyalar masalasiga bevosita taallukdi bo`lgan konunlar muxim urin tutadi. Vakt o`tishi bilan ikgisodiy usishning jadal borishini ta`minlash, respublika iqtisodiyotiga xorijiy mamlakatlarning ilg`or texnologiyalarini jalb qilish va umuman jaxssh andozalariga erishish uchun xorijiy investitsiyalar soxasidagi mavjud konunchilik bazasini kayta kurib chiqish zarurati ob`ektiv ravishda paydo buldi.



Download 232.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling