Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Tadbirkor rahbar faoliyatining ruhiy-psixologik xususiyatlari
Download 446 Kb.
|
Бизнес 11
Tadbirkor rahbar faoliyatining ruhiy-psixologik xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan tadbirkorlik va ishbilarmonlik, boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi. Boshqarish uslublari, asosan, ongli ravishda muayyan maqsadlarga erishish uchun xizmat qiladi. Ular m ohiyati va maqsadiga ko'ra tarbiyaviy, moddiy rag'batlantiruvchi, m a’muriytashkiliy turlarga bo'linadi. Tarbiyaviy uslub, insoning ma ’naviy takomillashishi, ruhiyatiga va boshqa ijtimoiy xarakteriga mos ravishda tashkillashtiriladi. M oddiy rag‘batlantiruvchi uslub esa m ehnat samaradorligini oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash uchun ishchilarni moddiy qiziqtirish maqsadida tashkil etiladi. Ma’muriy-tashkiliy uslub asosan jamiyat talablarini qondirishga qaratilgan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayoni va mehnat taqsimotini rejali olib borish uchun qo'llaniladi. Bu uslub ikki turda boMishi mumkin: uzoq muddatga moslashtiriladigan va bir martalik. Shart-sharoitiga ko‘ra, kerakli uslub qo‘llaniladi va bu takomillashtirib boriladi. Boshqarish uslublarini takomillashtirishdan asosiy maqsad — daromadni to‘g ‘ri taqsimlash, har bir ishchi, xizm atchining o ‘z mehnatiga yarasha daromad olishini ta’minlashdir. Dem ak, boshqarish uslublarini hayotga shunday tatbiq etish kerakki, har bir inson mehnat qilsagina, turmushi yaxshi bo‘lishiga ishonch hosil qilsin. X o‘sh, boshqarish san’ati nima? Boshqarish san’ati tadbirkor rahbarlardan talab qilinadigan eng asosiy xislatlardan bo‘lib, uning qo‘l ostidagi ishchi-xizm atchilar bilan yaxshi munosabat o ‘rnatishi, korxonada ishlab chiqarishning eng samarali natijalarini beradigan muhit yaratishni taqozo etadi. Yaponiyaning boshqarish uslubi ana shu tamoyil asosiga qurilgan. Yaponlarning boshlang‘ich ijtimoiy sharoiti shundayki, ular ishchini ijtimoiy himoya qilish bilan biiga m a’naviy tarbiyalab boradilar, inson psixologiyasidan to ‘g ‘ri foydalanadilar, ishchini ishga tayyorlash jarayonida xalqqa m a’lum bo'lgan uslublarni qoMlaydilar, ya’ni bajariladigan ishning nozik tomonlari va qat’iylikni o ‘rgatadilar. Ishchining ish jovini tez-tez o ‘zgartirishi qat’iy qoralanadi, shu sababli ishchilar bir ish joyida uzoq yillar davomida ishlab, o ‘z kompaniyasiga sodiq bo‘lishadi.Natijada, ishchilaming tajribasi va malakasi juda yuqori. Bu esa, o ‘z navbatida, mehnat unumdorligining o ‘sishi, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishga olib keladi. Mahsulot ishlab chiqarish bilan uning sifatini nazorat qilish jarayoni hech qachon ajratilmaydi yoki bir-biriga qarama-qarshi qo'yilm aydi. Ularning fikricha, nazoratni kuchaytirish yoki nazoratchining huquqini kuchaytirish bilan yuqori sifatli mahsulot olib bo'lmaydi. Vaholanki mahsulot sifatini tayyor bo'lgandan keyin emas, aksincha, uni tayyorlash jarayonida, bajarilgan har bir ish operatsiyasidan so'ng nazorat qilish kerak. Nazoratchining asosiy vazifasi sifatsiz mahsulot ishlab chiqarayotgan ishchini topib uni jazolash emas, balki uning sababini aniqlash va bartaraf qilishdan iborat bo'lishi kerak. Mana shu uslubni yaponlar to'g'ri yo'lga qo'yganligi sababli har bir ishchi o'z-o'zini nazorat qilishga o'rgangan va doimo o'z ustida izlanishJar olib boradi. Kompaniyalarda sifat guruhlari tashkil qilingan. Bizda ham har bir tadbirkor rahbar ish joylarida mana shunday uslbni tashkil qila olishi kerak. Shundagina sifatsiz mahsulot sonini kamaytirib, yuqori sifatli mahsulot olishga erishish mumkin. Bozor iqtisodiyoti sharoiti boshqaruvida uzoq va yaqin muddatlarga m o'ljallangan rejalar tuzish, qarorlar qabul qilish, ijrochilar o'rtasida ishlarni taqsimlash, qarorlar ijrosini nazorat qilish, ijrochilarni rag'batlantirib borish kabi ishlar ham tadbirkor rahbar zimmasidadir. Boshqaruv qarorlari ichki va tashqi omillarga ega bo'lib, ular oddiy va murakkab sharoitlarda bir xil qarorni tayyorlash va qabul qilishda jamoa faollarining qatnashuvi hamda tadbirkor rahbar tashkilotchiligi, boshqaruvni demokratik uslubda olib borishi kerakligini ko'rsatadi. Download 446 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling