Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


-MAVZU. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING EKSPORT SALOHIYATINI BAHOLASH


Download 446 Kb.
bet27/58
Sana28.12.2022
Hajmi446 Kb.
#1011242
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58
Bog'liq
Бизнес 11

10-MAVZU. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING EKSPORT SALOHIYATINI BAHOLASH


Reja:

  1. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyati va eksportchi korxonalarning davlat tomonidan qo‘llab-quwatlanishi

  2. Eksportning tovar va geografik tarkibini takomillashtirish




  1. Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlarining eksport salohiyati va eksportchi korxonalarning davlat tomonidan qo’klab-quvvatlanishi

Eksport diversifikasiyasi, ya’ni xorijga sotilayotgan tovar va xizm atlar nom enklaturasining kengayishi, jam i eksportda alohida tovar yoki xizm at turi (ayniqsa, xom ashyo) ulushining katta bo'lishiga barham berilishi, m ahsulotlarim iz eksport qilinayotgan mamlakatlar geografiyasini kengaytirish eksport hajmining barqaror bo‘lishini ta’m inlaydi, milliy iqtisodiyotning tashqi bozordagi salbiy o'zarishlarga ta’sirchanligi darajasini pasaytiradi.


Eksport tarkibida bir yoki bir necha tovarlar ulushining sezilarli darajada ortib ketishi bu tovarlar narxi pasaygan yoki ularga tashqi talab qisqargan holatlarda eksportchi korxonalarni og‘ir ahvolga solib qo'yishi mumkin. Buning natijasida eksport hajmining qisqarishi valyuta tushumlarining kamayishi, tashqi savdo balansining yom onlashuvi va korxonalar m oliyaviy ahvolining tanglikka yuz tutishiga olib kelishi mumkin. Shuningdek, eksport um um iy hajmining kam sonli davlatlarga bogManib qolishi ham qaltis holat hisoblanadi.
Prezidentimiz m a’ruzalarida ilgari surilgan tayyor raqobatbardosh mahsulotlar eksportini faol oshirish va bu mahsulotlar etkazib beriladigan mamlakatlar geografiyasini yanada kengaytirish vazifasini amalga oshirish eksport hajmini barqaror o'stirish, tashqi bozordagi o'zgarishlar ta’sirida uning hajmi keskin kamayishi xavfini bartaraf etish imkonini beradi.
Eksport qilinayotgan tovarlarni diversifikasiya qilish, ularni im port qiluvchi mamlakatlar geografiyasini kengaytirish bu mamlakatlardan biri yoki bir guruhining iqtisodiyotida muammolar ro‘y berganda ham eksport hajmining keskin pasayib ketishiga y o ‘l qo‘ymaslik imkonini beradi. O‘tgan yillar mobaynida eksport qiluvchi korxonalarni qo‘llab quvvatlash borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotimizning eksport salohiyatini yuksaltirish, tashqi savdo tarkibida ijobiy siljishlarga erishish, uning hajmini barqaror o ‘stirish imkonini bermoqda.
Ma’lum otlardan ko‘rinadiki, respublikam iz tashqi savdo aylanmasi muttasil o ‘sib bormoqda. Xususan, bu ko‘rsatkich 2010 yilda 21844,2 mln. AQSh dollarini tashkil etib, 2005 yilga nisbatan 2,23 marta, 2008-yilga nisbatan 0,06 foizga o ‘sdi. Bu eksport hajmi 2,4 foizga o'sgani holda import hajmining 2,74 foizga kamayishi natijasida ro‘y berdi. Ayni chog'da, jahon m oliyaviy-iqtisodiy inqirozining ta’sirida ko‘pchilik mamlakatlarda eksport hajmining keskin qisqarishi kuzatilmoqda. Jumladan, 2009-yilda eksport hajmlarining qisqarishi Rossiya Federatsiyasida 44,2 foiz, Ukrainada 48,7 foiz, Qozog‘istonda 47,7 foizni tashkil etadi.
2000-2009 yillar davomida ekport va importni diversifikasiya qilish, uning tarkibini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar natijasida mamlakatimiz eksportining tovar tarkibida ijobiy siljishlar ro‘y berdi. Xususan, boshqa tovarlar pozisiyalari b o ‘yicha eksport hajmining jadal o'sishi paxta tolasining jami eksportdagi ulushini 2000-yildagi 27,5 foizdan, 2008-yilda 9,3 foizga, 2009-yil yakunlariga ko'ra esa 8,6 foizgacha pasayishiga olib keldi. 2000-2009-yillarda respublikamiz importi tarkibida ijobiy siljishlar ro‘y berdi. Mamlakatni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish tadbirlarining keng miyosda amalga oshirilishini ta’minlash jami import hajmida mashina va uskunalar importi ulushining jadal o'sishiga olib keldi.




  1. Download 446 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   58




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling