Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Download 1.42 Mb.
|
Umumiy biologiya majmua
Abu Ali ibn Sino – butun musulmon Sharqning ulkan qomusiy aqli, jahon ilmi va madaniyatining eng mashhur namoyandalaridan biridir. Ibn Sino o‘rta asr fanining turli sohalari - falsafa, tibbiyot tabiatshunoslik, badiiy adabiyot bo‘yicha yozgan asarlari bilan o‘chmas iz qoldirgan, u o‘z davrida “Olimlar raisi” unvoni bilan taqdirlangan. Uning yirik asarlariga quyidagilarni kiritish mumkin: “Tib qonunlari”, “Ash-Shifo”, “Al-Qonun”, “An-Najot”, “Donishnoma” va boshqalar.
Ibn Sino o‘zining ta’lim-tarbiyaga oid qarashlarini ijtimoiy-falsafiy qarashlari bilan bog‘liq holda ifodalagan va maxsus risolalarda talqin qilgan. Shuningdek, fanlarni tasnif etgan. Bunda u birinchi o‘ringa tibbiyot fanini qo‘yadi. Ibn Sino bilim olishda bolalarni maktabda o‘qitish zarurligini qayd etar ekan, ta’limda quyidagi tomonlarga rioya qilish zarurligini ta’kidlaydi: bolaga bilim berishda birdaniga kitobga band qilib qo‘ymaslik; ta’limda yengildan og‘irga borish orqali bilim berish; o‘qitishda jamoa bo‘lib maktabda o‘qitishga e’tibor berish; bilim berishda bolalarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olish; o‘qitishni jismoniy mashqlar bilan qo‘shib olib boorish. Bu talablar hozirgi davr tamoyillariga ham mos kelishi bilan qimmatlidir. Ibn Sino o‘qituvchining o‘quvchilar bilan qanday munosabatda bo‘lish kerakligi to‘g‘risida qator fikrlarni bayon etadi. Ular quyidagilardir: bolalar bilan muomalada bosiq, jiddiy bo‘lish; berilayotgan bilimni talabalar qanday o‘zlashtirib olayotganiga e’tibor berish; ta’limda turli usul va shakllardan foydalanish; talabaning xotirasi, bilimlarini egallash qobiliyati, shaxsiy xususiyatlarini bilishi; fanga qiziqtira olish; berilayotgan bilimlarning eng muhimlarini ajratib bera olish; bilimlarni talablarga tushunarli, uning yoshi, aqliy darajasiga mos ravishda berish; har bir so‘zning bolalar hissiyotini uyg‘otish darajasida bo‘lishiga kirishish zarur, deydi olim. Ibn Sino ta’limotida bilim olishda qaysi usullardan foydalanilmasin, u og‘zaki ifodalash, tajribalarini bari-bir talabada haqiqiy bilim hosil qilish mustaqil, mantiqiy fikrlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan bilimlarini amaliyotga tatbiq eta olish qobiliyatini tarkib toptirish asosiy maqsad bo‘lgan. Ibn Sino aqliy, axloqiy tarbiya bilan bir qatorda, inson kamolotida jismoniy tarbiyaning muhim ahamiyatini ham nazariy, ham amaliy jihatidan tahlil qiladi. Ibn Sinogacha insonning kamolga yetishida jismoniy tarbiyaning ta’siri haqida bir yaxlit ta’limot yaratilmagan edi. Jismoniy mashqlar, to‘g‘ri ovqatlanish, uyqu, badanni toza tutish, tartibga rioya etish, inson sog‘lig‘ini saqlashda muhim omillardan ekanini ham ilmiy, ham amaliy jihatdan asosladi. Xulosa qilib aytganda, Ibn Sinoning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlarida insonning ham aqliy, ham axloqiy, estetik hamda jismoniy tomondan rivojlanishi uning kamolga yetishining asosiy mezoni sifatida talqin etiladi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling