Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.42 Mb.
bet36/90
Sana24.01.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1116735
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90
Bog'liq
Umumiy biologiya majmua

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

    1. Nima uchun har bir kishiga biologik bilimlar kerak?

    2. O‘quvchilarni tarbiyalashda biologik ta’limning qanday ahamiyati bor?

    3. Nima uchun biologiya fanini ishlab chiqaruvchi kuchlarning biri deb atash mumkin?

    4. Biologik ta’limning yosh avlodni estetik tarbiyalashdagi roli qanday?

    5. O‘rta maktabda biologik ta’lim qanday xarakterga ega bo‘lmog‘i lozim?

    6. Kosmik biologiya qanday vujudga kelgan?

    7. Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to’g’risida nimalarni bilasiz?

13-MAVZU: SHARQ UYG‘ONISH DAVRI VA TA’LIM-TARBIYA MASALALARI


Reja:


  1. Uyg‘onish davri.

  2. Abu Nasr Farobiyning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari.

  3. Abu Rayhon Beruniyning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari.

  4. Ibn Sinoning ta’lim-tarbiya haqidagi qarashlari.

VII-XII asrlar davomida Markaziy Osiyoda madaniyat, ilm-fan beqiyos darajada rivojlandi. Ayniqsa aniq fanlarga qiziqishlar keskin ortdi. O‘sha tarixiy davrda al-Xorazmiy, Farobiy, Farg‘oniy, Beruniy, Ibn Sino kabi olimlar dunyoga keldi. Ular ta’sirida dunyoviy ilmlar rivojlandi. O‘sha ulug‘ mutafakkirlar inson madaniy-ma’rifiy qarashlarini o‘stirishda o‘z davrida va keyinchalik ham asosiy rol o‘ynaydilar, inson kamolotiga doir beqiyos ta’limotni yaratdilar.


Bu davrda arab tili ilmiy va aloqa tili edi. X asr o‘rtalariga kelib, fors-tojik tilida ham ish yuritila boshlandi. Bu davrda Buxoroda ko‘plab kitob do‘konlarda bo‘lib, ular yirik olimlar va fozil kishilar uchrashib, ilm-fan to‘g‘risida turli mavzularda bahslar yuritishar edi. Abu Ali Ibn Sino kitob do‘kondaridan birida Farobiyning Aristotel “Metafizika”siga yozgan sharhlarini sotib olganligi fikrimizning yorqin isbotidir.
XI asrda ayniqsa Xorazmda ilm-fan rivojlandi. Xorazm shohi Ma’mun o‘z saroyiga eng zabardast olimlarni taklif etadi. U tashkil etgan “Baytul hikmat” (“Donishmandlar uyi”) da qomusiy olimlar Beruniy, Ibn Sino, Abu Nasr ibn Iroq kabi olimlar ijod bilan shug‘ullandilar. Bu keyinchalik “Ma’mun” akademiyasi nomi bilan dunyoga mashhur bo‘ldi.
Sharq “Uyg‘onish davri”da ilm-fan rivojlanishi uch yo‘nalishda bo‘ldi.
Birinchi yo‘nalish - matematika-tibbiyot yo‘nalishi bo‘lib, bularga matematika, astronomiya, kimyo, geografiya, mineralogiya, tibbiyot, dorishunoslik kabi fanlar kiritilib, al-Xorazmiy, Ahmad Farobiylar matematikaga oid, Zakariyo ar-Roziy kimyo va tibbiyotga oid, Ibn Sino tibbiyot va falsafaga, Beruniy tibbiyotga oid, Jurjoniy tibbiyot va falsafaga oid yirik asarlar yaratdilar.
Ikkinchi yo‘nalish - ijtimoiy-falsafiy yo‘nalish bo‘lib, bunda falsafa, tarix, mantiq, ruhshunoslik, notiqlik va boshqa fanlarni qamrab olgan bo‘lib, bu sohada Farobiy, al-Kindiy, Ibn Sino, Muhammad Narshaxiy kabi olimlar faoliyat ko‘rsatgan. Yuqorida aytib o‘tilgan olimlar qomusiy olimlardir.
Uchinchi yo‘nalish - ta’limiy-axloqiy yo‘nalish bo‘lib, bu sohada qomusiy olimlar o‘z qarashlarini ijtimoiy-falsafiy va ilmiy asarlari tarkibida yoki axloqiy asarlarida bayon etganlar. Sharq uyg‘onish davrida inson muammosi ma’naviy sohadagi asosiy masala bo‘lgan. Shuning uchun ham ta’lim-tarbiya masalasiga katta e’tibor berilgan, yaratilgan asarlarda sharqqa xos bo‘lgan insonning axloqiy-ruhiy kamolotini ulug‘lash yetakchi o‘rin tutgan. Mazkur ta’limiy-axloqiy asarlarda insonning ma’naviy kamolga etishi yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallashi asosidagina amalga oshishi mumkin degan g‘oya ilgari surilgan. Ilmiy bilimga asoslanuvchi uslublar shakllandi, natijada aqliy tarbiya olimlar e’tiborida bo‘ldi: Xorazmiy, Farobiylar bu metodni asoslab berishgan buyuk mutaffakkirlar edi. Tabiat va unga bog‘liq ta’lim-tarbiyani rivojlantirish bo‘yicha Farobiy, Beruniy, Ibn Sinolarning qarashlari alohida ahamiyatga ega. Bular haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling