Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Download 1.42 Mb.
bet33/90
Sana24.01.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1116735
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90
Bog'liq
Umumiy biologiya majmua

Biologiya o‘qitish metodikasi – maktab o‘quv predmeti xususiyatlariga bog‘liq holda ta’lim-tarbiya jarayonini bayon etishning sistemasi haqidagi fandir. Biologiya o‘qitish uslubiyati pedagogika fanlari tarkibiga kirib, maktab, akademik litsey, kasb-hunar kollejlarida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ta’lim berishning umumiy talablari asosida ish olib boradi.
Biologiya o‘qitish metodikasi biologiya fanlarining qo‘lga kiritgan yutuqlari asosida ish yuritadi. Biroq biologiya o‘qitishda fanning qo‘lga kiritgan barcha yutuqlari haqida o‘quvchilarga ta’lim berish imkoniyati cheklangan. Binobarin biologiya o‘qitish uslubiyati biologiya fani kabi tirik organizmlarning rivojlanish qonuniyatlarini emas, balki biologiya ta’limidagi pedagogik jarayonlarning qonuniyatlarini o‘rganadi.
Fanlarning o‘tilishini nasihatlar majmuasi deb qaramaslik kerak. Demak, biologiya o‘qitish uslubiyati fani o‘quv predmetining mazmunini – ta’lim va tarbiya uslublari hamda shakllarini o‘rgatadi. Shu bilan birga, nima sababdan biologiyani o‘rganish kerak? degan savollarga javob beradi. Biologiya fanlari tabiatshunoslik fanining bir bo‘lagi bo‘lib, uning obyekti odam, o‘simliklar va hayvonlar hisoblanadi. Bunda ko‘rgazmalilik va amaliy ishlarni qo‘llash juda samaralidir.
Biologiya kurslarining o‘qitilishining to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishi maxsus o‘quv moddiy bazaga, o‘quv qurollari bilan jihozlangan kabinetga, tirik tabiat burchagi va o‘quv tajriba maydonchasiga ega bo‘lishi bilan belgilanadi.
Materiallarning o‘ziga xos bo‘lishi faqat biologiya o‘qitish uslubiyatining o‘ziga xosligini emas, balki uning tarbiyaviy imkoniyatlarini kengligini ham belgilaydi.
Biologik bilimlar tevarak-atrof tabiatining ahamiyatini, uni muhofaza qilish va takror ishlab chiqarish zarurligini, qishloq xo‘jaligi ekinlarining ilmiy asoslarini o‘rgatadi, shaxsiy va jamoat gigienasining rolini tushunishga imkon beradi, o‘quvchilarni hayotga tayyorlaydi.
Tirik tabiat obyektlarini bevosita kuzatish, ularni taqqoslash va aniqlash, ular ustida tajribalar o‘tkazish o‘quvchilar tafakkurini rivojlantiradi.
K.D. Ushinskiy bu borada shunday degan edi: “Menimcha, bolaning aqlini mantiqqa o‘rgatish uchun tabiat tarixiga oid predmetlar eng qulay keladi deb hisoblayman”.1.
Biologiya fanining o‘quv-tajriba uchastkasi, tirik tabiat burchagi, yosh tabiatshunoslar to‘garagi o‘quvchilarga tirik tabiatni saqlashga, asrashga, unga muhabbat ruhini uyg‘otishda alohida ahamiyatga egadir

Biologiya o‘qitish metodikasining predmeti maktab, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari biologiya fanlaridir. U biologiya fanlarini o‘z ilmiy tekshirish usullari yordamida o‘rganib, quyidagi vazifalarni bajaradi:



  1. Biologiya fanlarining taraqqiyotiga mos ravishda o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari biologiya ta’limi uchun mavzular tanlaydi.

  2. Biologiya ta’limining samarali usullari, shakllarini va uslublarini aniqlaydi.

  3. Ta’lim jarayonida o‘quvchilarni tarbiyalash, tabiatga havas uyg‘otish, rivojlantirish masalalarini o‘rganadi.

  4. Ta’lim uchun zarur bo‘lgan ko‘rgazmali qurollar, jihozlarni aniqlaydi.

Biologiya o‘qitish metodikasi umumiy va xususiy usullarga bo‘linadi. Biologiya o‘qitish uslubiyatining boshqa fanlar bilan bog‘lanishini quyidagicha izohlash mumkin. Biologiya o‘qitish metodikasi, avvalo, biologiya fanlari bilan bog‘langandir. Ta’lim muassasalarining biologiya predmedlarining mazmuni ilmiylik talabiga javob berishi zarur. Shu boisdan har qanday usul yirik bo‘limlarga bag‘ishlanib, o‘qituvchi bu bo‘limlardan oldindan darslarning tiplarini, o‘quv-tarbiya ishlarini, maqsad vazifalarini aniqlab beradi. Masalan: 9-sinf umumiy biologiya predmetida hujayra mavzusi uchun 4 soat, genetika va seleksiya asoslari uchun 8 soat, ekologiya asoslariga esa 6 soat ajratiladi. O‘qituvchi bu mavzular uchun mavzular bo‘yicha reja to‘zib olishi natijasida u mazkur mavzularni o‘rganishda ko‘proq nimalarga e’tibor qilish, qaysi mavzulardan so‘ng o‘quvchilarning bilim va malakalarini aniqlashga qaratilgan darslar tashkil etish maqsadga muvofiq ekanligini rejalashtirib oladi. Undan tashqari, rejalashtirishda mavzularni o‘rganishga oid ekskursiyalar, darsdan, sinfdan tashqari ishlarning o‘rni, tashkiliy shakllari ham belgilab olinadi.
Biologiya o‘qitish metodikasi ham umumiy ta’lim qoidalariga bo‘ysingan holda o‘zining xususiy uslublariga ham ega, ya’ni botanika, zoologiya, odam anatomiyasi va umumbiologiya o‘qitish uslublariga bo‘linadi.
Darslarga tayyorlanishda o‘qituvchi darslikdagi mavzularning tuzilishini o‘rganib chiqadi. Darslikdagi matnning izohi yoki tasdig‘i sifatida berilayotgan rasm, chizmalar mazmuniga e’tibor beradi. Berilgan rasm, chizmalar mavzu mazmunini qanchalik boyitishi, tasdiqlashi mumkinligini tahlil qiladi. Dars mavzusi uchun yana qanday rasm, chizmalar zarurligini o‘ylab ko‘radi. Darslikdagi savol, topshiriqlar o‘quvchi uchun qanchalik murakkab tarzda tuzilgan bo‘lsa, o‘qituvchi ularni sodda holga keltirib o‘quvchilarga yetkazish yo‘llarini belgilaydi. Dars mavzusini yanada boyitish uchun o‘qituvchi darslikda berilgan rasm, chizma yoki topshiriqlardan tashqari, o‘zi o‘quvchilarning ijodiy ishlariga xizmat qiluvchi, ya’ni topshiriqlarga, mantiqiy fikrlashga undovchi rasmlar, ayrim masalalarni, shuningdek o‘quvchilar ko‘rgan, bilgan tabiiy obyektlar, hodisalar haqida rasmlar berilishi maqsadga muvofiqligini aniqlaydi. Biologiya fanlari taraqqiyoti, yutuqlari, yo‘nalishlarini doimo kuzatib borish kerak. Biologiya fanlarining maqsadi turli tadqiqotlar orqali tirik tabiat haqida yangi-yangi bilimlarni o‘rganishga qaratilsa, maktab biologiya predmetlari maqsadi biologiya fani qo‘lga kiritgan yutuqlar haqida o‘quvchilarga ta’lim berishdan iborat. Bundan tashqari, biologiya o‘qitish uslubiyati agranomiya, tibbiyot, gigiena, falsafa, pedagogika va ruhshunoslik fanlari bilan ham yaqindan aloqadadir.
Keyingi yillarda biologiya ta’limida predmetlararo bog‘lanishlardan foydalanish masalasiga e’tibor kuchayganligi munosabati bilan u kimyo, fizika, geografiya, matematika kabi qator fanlar bilan ham aloqasi mustahkamlanmoqda.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling