Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Download 1.42 Mb.
bet34/90
Sana24.01.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1116735
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90
Bog'liq
Umumiy biologiya majmua

Biologiya o‘qitish metodikasi fanining ilmiy tekshirish usullari. Boshqa fanlardagiga o‘xshash biologiya o‘qitish uslubiyatining o‘z ilmiy-tadqiqot usullari bo‘lib, bu usullarning qo‘llanishi natijasida olib borilayogan ishlar biologiya o‘qitish uslubiyatining fan sifatida taraqqiy etishiga xizmat qilmoqda. Biologiya o‘qitish uslubiyatining ilmiy-tekshirish usullariga quyidagilar kiradi:
1. Pedagogik kuzatish usuli. Bu usul qo‘llanilganda mutaxassis kuzatuvchilar maktablarda ishlayotgan biologiya o‘qituvchilarining ish tajribalarini o‘rganib, ular ichida eng samarali ishlayotganlarining ish tajribalarini o‘qituvchilar orasida tashviqot qilib boradilar.
2. Pedagogik eksperiment usuli. Ushbu usul ilmiy tekshirish ishlarida ko‘p foydalaniladi. Tadqiqotchilar maktablarda biologiya ta’limining muammolarini hal etishga qaratilgan yangi rejalar (darslar, darsdan, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarni o‘tkazish bo‘yicha) va ishlanmalar tuzib, bularni maktablardagi biologiya ta’limida sinovdan o‘tkazishadi.
Biologiya ta’limi mazmunini yanada yaxshilashga mo‘ljallangan bu eksperimentlarning samaradorligini aniqlash uchun odatda tajriba-nazorat sinflar ajratib olinadi. Tajriba uchun tanlangan sinflarda o‘tkaziladigan ta’limda tadqiqotchilar tuzgan yangi reja asosida ish olib boriladi. Nazorat sinflarda esa ta’lim maktab o‘qituvchisining xohishi bilan tuzilgan reja bo‘yicha o‘tkaziladi. Tajriba va nazorat sinflarda bir xil mavzuning ikki xil reja asosida o‘qitilib, har ikkala sinfda mavzuning o‘rganilish samaradorligi tahlil qilinadi. Agar mavzuni o‘rganishda ilmiy tadqiqot natijasida tuzilgan reja yaxshi samara berib, mavzuni o‘rganishda o‘quvchilarning faolligi ortib o‘zlashtirish nazorat sinfidagiga qaraganda bir muncha yuqori bo‘lsa bu natijalar boshqa maktablardagi eksperimentlar natijasiga ko‘ra ham bir necha bor takrorlansa, yaxshi natija bersa, ushbu yangi ish reja o‘qituvchilar orasida keng yoyiladi. Ta’limga joriy etiladi.
3. Psixologik kuzatish usuli. Biologiya fanlari 6-9 sinflar, shuningdek litsey, kollejlarda o‘qitilganligi uchun uni turli yoshdagi o‘quvchilar o‘rganishadi. Shu boisdan ta’lim samaradorligini oshirish uchun turli yoshdagi o‘quvchilarning ruhiy holatlarini bilish, ularning biologiya ta’limiga munosabatlari, qiziqishlari, diqqatlari, o‘quv materialini esda saqlash, faolliklari kabi shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish zaruriyati tug‘iladi. Ushbu usul qo‘llanilganda tadqiqotchilar o‘quvchilarning darsga, sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga bo‘lgan munosabatlarini aniqlab berishadi. O‘qituvchilarning darsning qanday tashkil etgani, o‘quvchilarga muomalasi, foydalangan ko‘rgazmali qurollaridan, noan’anaviy ta’lim yoki uning elementlaridan foydalanishi o‘quvchilarga qanday ta’sir etishi, faolliklariga sabab bo‘lishi yoki, aksincha, o‘qituvchilarning darsni qanday tashkil etishi, foydalangan ta’lim usullari, ko‘rgazmali qurollari, o‘quvchilar bilan aloqalari, o‘quvchilarning darsga loqaydligi, e’tiborsizligi, bilimlarni yaxshi o‘zlashtirmasliklariga sabab bo‘layotganligi, o‘quvchilarning dars mavzusini o‘rganishiga bo‘lgan qiziqishlari, faolliklariga sabab bo‘luvchi omillari ajratib olinadi va ularning o‘quvchilarga har tomanlama ma’qul jihatlari tashviqot qilinadi.
Xulosa qilib aytganda, biologiya o‘qitish uslubiyati fani biologiya fanlarini o‘qitish sistemasi o‘quvchilar bilimining puxta va ongiga yetib borishini ta’minlaydi, bu esa maktab oldida turgan asosiy vazifa hisoblanadi.
Biologiya bo‘limlari bo‘yicha dars o‘tishdagi xususiy uslublar o‘quv materialining mazmuni hamda o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga bog‘liq holda bir kurs uchun o‘qitishning maxsus masalalarini bayon qilishga yordam beradi.
Biologiya o‘qitish uslubiyati boshqa tabiatshunoslik fanlari bilan chambarchas bog‘liq. Biologiya fanlarini o‘qitish chuqur bilim va tajriba talab qiladi. Biologiya fanida kuzatish, tajriba o‘tkazish va to‘plangan faktlarni nazariy jihatdan umumlashtirish, tadqiq qilishning asosiy uslublari hisoblanadi.
Biologiya fanlarining maqsadi - tadqiq qilish yo‘li bilan tabiat haqida yangi ma’lumotlar olishdir. Maktab biologiya fanlarining maqsadi fan erishgan yutuq va qonuniyatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘quvchilarga yetkazishdan iboratdir. Ayniqsa, maktab predmetini o‘qitishda cheklangan vaqt ajratiladi va o‘quvchilarga mavzularning aniq belgilangan asosda bayon etilishni hamda uning murakkablashtirilmagan holda eng muhim ilmiy muammolar bilan tanishtirishni taqoza etadi.
Bilimlarning tuzilishi va ularni maktab fanlarida bayon etish shakli o‘ziga xos pedagogik mahoratni talab etadi. K.D. Ushinskiy o‘z davrida shunday degan edi: “Fanni ilmiy tarzda va pedagogik jihatdan bayon etish - bu ikki xil narsadir, shu boisdan, barcha mamlakatlarning pedagoglari pedagogika sohasidagi ilmiy sistemalarni pedagogik sistemalarga aylantirish ustida faol mehnat qilmoqdalar”2.
Biologiya o‘qitish metodikasining tuzilishi:

  1. Pedagogika.

  2. Psixologiya.

  3. Biologik fanlar.

  4. Biologiya o‘qitishning umumiy uslubiyati.

Biologiya o‘qitish uslubiyatining umumiy usullari:

  1. Maktab biologiya predmeti mazmuninig tuzilishi va sistemasi.

  2. Biologik kurslarning ketma-ketligi va predmetlararo bog‘liqligi.

  3. Tarbiya sistemasi.

  4. O‘qitish shakllarinig sistemasi.

  5. Usullar va metodik uslublar sistemasi.

  6. Biologik tushunchalarni rivojlantirish.

  7. Material ba’zasining umumiy tarzda tashkil etilishi.

Biologiya o‘qitish uslubiyati fanining xususiy tarmoqlari:

  1. Tabiatshunoslik.

  2. Botanika.

  3. Zoologiya.

  4. Odam anatomiyasi, fiziologiya va gigienasi.

  5. Umumiy biologiya.

Ushbu fanlar kurslarining o‘ziga xosligi:

  1. Kurs mazmuni.

  2. Tushunchalarning rivojlantirilishi.

  3. Usullar va uslublar.

  4. Tarbiyaning o‘ziga xosligi.

  5. Material ba’zasi.

Fanlarni o‘tish va o‘rgatish uslublari:

  1. Dars o‘tish (suhbat, savol-javob, mavzu bayoni, ma’ruza).

  2. Uy ishlari.

  3. Darsdan tashqari bajariladigan ishlar.

  4. Ekskursiyalar.

  5. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar.

  6. Ijtimoiy foydali mehnat.


Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling