Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Download 1.42 Mb.
|
Umumiy biologiya majmua
Uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi davlat buyurtmalari quyidagilardan iborat:
- ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari va usullarini ishlab chiqish hamda joriy etish; - o‘qishni, mustaqil bilim olishni individuallashtirish hamda distansion ta’lim tizimi texnologiyasi va vositalarini ishlab chiqish hamda o‘zlashtirish; - yangi pedagogik va axborot texnologiyalari, tayyorgarlikning modul tizimidan foydalangan holda talabalarni o‘qitishni jadallashtirish; - xalqning boy ma’naviy va intellektual merosi, umumbashariy qadriyatlar asosda ta’limning insonparvarlik yo‘nalishini ta’minlash. Uzluksiz ta’lim tizimi oldidagi ijtimoiy buyurtmalarga quyidagilarni keltirish mumkin: Milliy mustaqillik tamoyillari va xalqning boy intellektual merosi hamda umumbashariy qadriyatlar ustuvorligi asosida ta’limning barcha darajalari va bo‘g‘inlarida ta’lim oluvchilarning ma’naviy, axloqiy fazilatlarini rivojlantirish; Ta’lim berishning barcha darajalarida ta’lim oluvchilarni huquqiy, iqtisodiy, ekologik va sanitariya-gigienik ta’limi hamda tarbiyasini takomillashtirish; O‘quvchi-yoshlar ongi va qalbiga milliy istiqlol mafkurasini singdirish, ta’lim muassasalarida mafkuraviy tarbiyani bugungi kun darajasiga ko‘tarish; Pedagog kadrlarning mafkura borasidagi bilimlarini chuqurlashtirish va boshqalar. Davlat va ijtimoiy buyurtmalar asosida biologik ta’lim mazmuni belgilanadi, ta’lim mazmunining yangilanishi o‘qitish vositalari, usullari, shakllarining yangilanishini talab etadi. Yuqorida qayd etilgan buyurtmalar asosida o‘qituvchi o‘z faoliyatini o‘zgartiradi. Bu esa, o‘z navbatida, o‘quvchilarning o‘quv motivlari, bilish faoliyatiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Biologiyadan DTS, dastur, darsliklar tahlili, o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatini tashkil etish, boshqarish masalalari, ta’lim mazmunining tarkibiy qismlari va ularni shakllantirish yo‘llari haqida keyingi mavzularda batafsil fikr yuritiladi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling