Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar


Download 1.42 Mb.
bet55/90
Sana24.01.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1116735
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90
Bog'liq
Umumiy biologiya majmua

Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:

  1. Biologiya o‘qitish shakllariga nimalar kiradi?

  2. Biologiya o‘qitish shakllarining ta’lim-tarbiyaviy ahamiyati nimadan iborat?

  3. Darsning maqsadi nima?

  4. Dars o‘qitish boshqa shakllar bilan qanday bog‘lanadi?

  5. O‘qitish shakllari o‘rtasida to‘g‘ri va teskari bog‘lanishlar mavjudmi?

  6. Usul va uslublar nima?

19-ma’ruza


MAVZU: AMALIY VA LABORATORIYA ISHLARNI UYUSHTIRISH
Reja

  1. Amaliy va laboratoriya ishlarni uyushtirish.

  2. Amaliy usul haqida tushuncha.

  3. Amaliy usulning xillari.

  4. Darsda o‘quvchilarga amaliy ishlarni tavsiya etish, o‘tkazish usuli.

  5. Kuzatish va eksperimentlar o‘tkazish.

  6. Amaliy ishning o‘quvchilar mustaqil rivojlanishiga ta’siri.

Davr o‘tishi bilan ko‘pchilikka bilim berish ehtiyoji paydo bo‘la boshlagan. Ta’limning mazmuni, bilimlarning murakkablashuvi, bolalarni guruh-guruh qilib o‘qitishni taqozo etgani holda, ta’lim-tarbiya bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar, ya’ni o‘qituvchilarni tayyorlash zaruriyati kelib chiqdi.


O‘rta Osiyo tarixiga nazar solar ekanmiz, eramizdan ilgarigi minginchi yillarda zardushtiylik otashxona ibodatxonalarida kohinlar yoshlarni to‘plab, ularga zaruriy bilim berish bilan shug‘ullanganligi “Avesto” va boshqa tarixiy manbalardan bizga ma’lum. Taxminan shu vaqtning o‘zida bolalarni bir joyga yig‘ib o‘qitish Misrda ham tashkil qilinganligi tarix sahifalaridan bizgacha yetib kelgan. Misrliklardan o‘rganib, bolalarni to‘plab o‘qitish odati qadimgi Yunonistonda ham olib borilganligi, ularda Sparta va Afina maktablari bo‘lganligi hammaga ma’lum. Ammo qadimda ta’lim-tarbiyani qat’iy chegaralangan vaqtda, bir xil yoshdagi bolalar bilan olib borish, ta’lim mazmunini bosqichma-bosqich berish masalasiga aniqlik kiritilmagan edi.
Ta’limning tashkiliy masalalari al-Forobiyning “Fan va aql-zakovat” asarida o‘quv fanlarini guruhlarga bo‘lib o‘qitish, ularning tarbiyaviy mohiyatini ochish masalalariga alohida e’tibor berilgan. Bu masalalar Ulug‘bek davrida ham ko‘tarilib, ma’lum darajada amalga oshirilgan.
Pedagogika tarixida, ta’lim-tarbiyani tashkil etishning asosiy shakli dars hisoblangan sinf-dars tizimini, yuqorida aytganimizdek, birinchi bor buyuk chex faylasuf olimi va pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592 - 1670) ishlab chiqqan va amaliyotda joriy etgan.
Bugunga kelib sinf-dars tizimi rivojlanib, davr uni yaxlit bir butunlik-majmua sifatida idrok qilishlikni taqozo etmoqda.
Ushbu usul qo‘llanilganda o‘quvchilar o‘quv materialini mustaqil, amaliy ish bajarishlari evaziga o‘rganishadi. O‘quvchilarning ta’lim olishining bunday yo‘liga amaliy usul deb ataladi. Amaliy usuldan dars morfologik, anatomik, sistematik mazmunga ega bo‘lgan paytlarda foydalaniladi. Amaliy usuldan foydalanilganda o‘qituvchi o‘quvchilarga sut emizuvchilarni o‘rganish bo‘yicha yo‘llanmalar berib, o‘quvchilar mustaqil bajaradigan ishlarni kuzatib, zarur yordamni berib boradi. Amaliy usul o‘z navbatida quyidagicha:

  1. Tabiiy obyektlarni tanib olish va aniqlash.

  2. Kuzatish.

  3. Tajribalar o‘tkazish kabi xillarga bo‘linadi.

1. Tabiiy obyektlarni tanib olish va aniqlash usuli. Ushbu usul o‘simlik va hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishi, xilma-xilliklarga bag‘ishlangan mavzularni o‘rganishda qo‘llaniladi. Bunday mavzular ko‘pincha sinf xonasida o‘rganiladi bu laboratoriya mashg‘ulotlari deb nomlanadi. O‘qituvchi laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazishga tayyorlanishda:

        1. Dars mazmunini o‘rganadi.

        2. Dasturdan laboratoriya mashg‘ulotlari mavzusi bilan tanishadi.

        3. O‘tkazish usullari ish rejasiga kiritiladi.

        4. Laboratoriya mashg‘ulotining maqsad va vazifalari aniqlanadi.

        5. Mashg‘ulotni o‘tkazish joyi aniqlanadi.

        6. Mashg‘ulotda o‘quvchilar bajaradigan ish mazmuni, hajmi aniqlanadi.

        7. Mashg‘ulot uchun zarur tarqatma materiallar tayyorlanadi.

        8. Laboratoriya mashg‘ulotining tashkiliy ishi (frontal, guruh yoki yakka tartibda) aniqlanadi.

        9. Amaliy ishni bajarishga doir yo‘llanma tayyorlanadi.

        10. O‘qituvchining laboratoriya mashg‘uloti o‘tkazishdan faoliyati mazmuni belgilanadi.

        11. Laboratoriya mashg‘uloti natijalarini muhokama etish, xulosalar belgilanadi.

Amaliy usul tarkibiga kuzatish va eksperimentlar o‘tkazish kiradi.Kuzatish o‘simlik va hayvonlarning tabiiy sharoitda tarqalishi, hayot tarzini shu jarayonlarga aralashmasdan sezgilar orqali o‘rganishdir. Kuzatish qisqa va uzoq muddatli bo‘lib, u dars tarkibiga kiritiladi. Ba’zi hollarda qisqa kuzatishlar o‘quvchining o‘z gavdasidagi o‘mrov, yelka, bilak, panja, barmoq, oyoqlarini ushlab ko‘rish, topish shaklida ham bo‘ladi. Qisqa muddatli kuzatishlar darsda hasharotlar yoki shilliqqurtlarning harakatini, qushlarning polaponlarini boqayotganini kuzatish kabilarni o‘z ichiga oladi. Uzoq muddatli kuzatishlarga fiziologik kuzatishlar misol bo‘ladi. Eksperiment ko‘pincha fiziologik jarayonlarni o‘rganishda o‘tkaziladi. So‘lak bezining kraxmalga, oshqozon shirasining ozuqa mahsulotlariga ta’siri kabi ishlar bunga misol bo‘ladi. Amaliy usuldan foydalanilganda o‘quv materialining mazmuni o‘quvchilar turli amaliy, mustaqil bajariladigan ishlar yordamida o‘rganib o‘zlashtiradilar. Amaliy usullardan foydalanilganda o‘qituvchi o‘quvchilarga mavzuni o‘rganish bo‘yicha yo‘llanma berib, o‘quvchilarning topshirig’ini bajarishlarini kuzatib turadi. Unga ko‘ra amaliy ish boshlanishida qo‘yilgan maqsadning yechimi o‘quvchilar bajargan ish natijalari bilan hal etiladi.
Amaliy usul so‘z, ko‘rgazmali va o‘quvchilar bajaradigan mustaqil ishning mushtarakligi, bog‘liqligi asosida o‘tkaziladi. O‘quv materialini o‘quvchi eshitishi, ko‘rishi hamda mustaqil ishlashi kabi bir qator faoliyatlari evaziga o‘rganadi. Amaliy usul o‘quv materialining puxta o‘zlashtirilishiga, uzoq vaqt esdan chiqmasligiga sabab bo‘ladi. Amaliy ijod o‘quv materiali mazmuni o‘simlik va hayvonlarning tashqi, ichki tuzilishi xususiyatlariga, sistematik xarakterga ega bo‘lgan hollarda qo‘llaniladi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling