Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Download 1.42 Mb.
|
Umumiy biologiya majmua
Amaliy usul tarkibida:
1. Tabiiy obyektlarni tanib olish va aniqlash. 2. Hodisalarni kuzatish. 3. Tajriba yoki eksperimentlar o‘tkazish kabi turdosh usullar bo‘ladi. 1. Tabiiy obyektlarni tanib olish va aniqlash usuli. Ushbu usul o‘simlik va hayvonlar, ularning tashqi va ichki tuzilishi, sistematikasiga bag‘ishlangan mazularni o‘rganishda qo‘llaniladi. Bunday mavzular dars, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar paytida o‘rganib boriladi. O‘simlik va hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishi, sistematikasiga bag‘ishlangan mavzular sinfda o‘tkaziladigan bo‘lsa, bunday dars odatda laboratoriya mashg‘uloti deb ataladi. Laboratoriya mashg‘uloti tashkiliy shakliga qarab frontal, guruhlarga bo‘linib yoki yakka o‘quvchilar tomonidan bajariladi. Har qanday laboratoriya mashg‘uloti tashkil etilganda o‘quvchilar lupa, literospollar, preparat ignalar, qoplag’ich oynalar, qisqichlar, tomizgichlar, kimyoviy preparatlar “Qaychi” kabi bir qator texnik vositalar, tirik o‘simlik, hayvonlar, ularning gerbariy va kolleksiyalari, laboratoriya mashg‘uloti uchun tayyorlangan tajriba namunalari, qo‘llanmalar bilan ish ko‘radi. Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishda o‘qituvchi avval mashg‘ulotning maqsad va vazifalarini bayon etadi. So‘ngra ishdan ko‘zlangan natija haqida gapiradi. Laboratoriya mashg‘uloti uchun o‘quvchilar guruhlarga ajralganlaridan so‘ng yordamchi navbatchilar har bir guruh uchun tarqatma materiallar, ishni bajarish uchun yo‘llanmalarni ulashib berishadi. Quyida 7-sinf zoologiyasidagi “Yashil tilla qo‘ng‘izining tuzilishi” mavzusidagi darsda laboratoriya mashg‘ulotini tashkil etish haqida fikr yuritiladi. Laboratoriya topshiriqlari: Hasharotning bo‘g‘inlari qaysi qismida yirik ekanini ko‘ring. Hasharot gavdasidagi bosh qismini preparatini igna va qisqich yordamida ajrating. So‘ngra xuddi shu yo‘l bilan boshqa qismini (o‘quv jadval, darslikdagi rasmga qiyoslab) ajratib oling. Shu yo‘l bilan siz hasharotni gavdasini bosh, ko‘krak va qorin qismlaridan tuzilganini aniqlaysiz. Hasharotning boshida joylashgan mo‘ylovini toping. Mo‘ylov nechta ekan. Lupa yordamida mo‘ylovni hosil qilgan bo‘g‘imlarni ko‘rib chiqing. Hasharot mo‘ylovi tuzilishini darslik yoki o‘quv jadvaliga taqqoslab ko‘ring. Mo‘ylov rasmini daftaringizga chizib oling. Boshda joylashgan organlari-ko‘z, og‘izni o‘quv jadvali yoki darslikdagi rasmiga taqqoslab o‘rganing. Hasharotning ko‘krak qismida joylashgan oyoqlarini nega juft ekanligini aniqlang. Ko‘krakning ustki tomonidan qanotlarni ham preparatli igna, qisqich yordamida ko‘rib chiqing. Ko‘krakda juft, qalinroq, ustki, uning ostida esa pardasimon juft ostki qanot bo‘lishligini toping. Qorinda oyoqlar bor-yo‘qligini ko‘ring. Hasharotlarning tuzilishini o‘rganish bo‘yicha qilgan ishlaringizni o‘rtoqlaringiz bilan muhokama qiling va quyidagi savollarga javob bering: 1. Hasharotlarning gavdasi necha qismga bo‘linadi? 2. Hasharotlarning boshida qanday a’zolari bor? 3. Hasharotlarning ko‘kragida joylashgan a’zolar va ularning tuzilishini tavsiflab bering? 4. Hasharotlarning qorni qanday ko‘rinishda? 5. Qorindagi oyoqlari uzun yoki kalta bo‘ladimi? O‘quvchilar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ishlarni bajarish orqali hasharotlar gavdasi tuzilishini kichik bir izlanish orqali ixtiro etgandek o‘rganishadi. Bunday mashg‘ulotlardan olingan bilimlar puxta, uzoq vaqt esdan chiqmaydigan bo‘ladi. O‘quvchilar ishni bajarib bo‘lganlaridan so‘ng yuqorida berilgan savollarga javoblar berishadi. Bajargan ishlarini o‘qituvchiga ko‘rsatishadi. Laboratoriya mashg‘uloti yakunlangach tarqatma materiallar navbatchi o‘quvchilar yordamida yig‘ishtirib olinadi. So‘ngra o‘qituvchining o‘quvchilar bajargan ishlari yuzasidan bergan javoblarni to‘ldirish, hasharotlarning gavda tuzilishini aks ettiruvchi rasm-jadval vositasida qilingan ishlardan xulosa chiqarish bilan ish yakunlanadi. Mashg‘ulotda faol qatnashgan, qatnashmagan o‘quvchilar reyting ballari bilan baholanadi. Kuzatish – amaliy usulning tarkibiga kiruvchi ta’lim xillaridan biridir. Ko‘rgazmali usulda kuzatish bilan amaliy usulda kuzatish o‘rtasida katta farqlar bor. Ko‘rgazmali usuldagi kuzatishda o‘qituvchining namoyish etadigan tajribalarini o‘quvchilar oddiy tomoshabin sifatida ko‘rib kuzatadilar. Amaliy usuldagi kuzatish esa qilinadigan kuzatish ishlarida o‘quvchilar kuzatayotgan narsalarni ko‘rish, shakli katta-kichikligini o‘lchash, rangini aniqlash, rasmini chizish kabi ishlarni mustaqil bajaradilar. Kuzatish bajarilish muddatlariga qarab – qisqa yoki uzoq muddatli kuzatish xillariga bo‘linadi. Qisqa muddatli kuzatishlar odatda dars mavzusini o‘rganishda qo‘llanilib, dars mavzusini mustahkamlash, isbotlash, shu yo‘l bilan o‘quvchilarning puxta bilim olishga xizmat qiladi. Masalan: “Tayanch harakatlanish sistemasi” mavzusida o‘quvchilar o‘z gavdalaridagi ko‘krak skeleti, qobirg‘alar, o‘mrov, bosh suyaklari, yelka, bilak, kaft suyaklarining joylanishini o‘quv jadvaliga taqqoslab o‘rganishi qisqa muddatli kuzatishga misol bo‘ladi. Darsda yomg‘ir chuvalchangining harakatlanishi, tanasining tuzilishi to‘g‘risidagi ishlar ham qisqa muddatli kuzatishlardir. Uzoq muddatli kuzatishlar ba’zi biologik hodisalar, qonuniyatlarni chuqur o‘zlashtirib olishga qaratiladi. Masalan: ipak qurtining rivojlanishi, qushlarning uya qurish va bola ochishi kabi kuzatishlar uzoq muddatli kuzatishlar qatoriga kiradi. Tabiatda o‘tkaziladigan fenologik kuzatishlar ham uzoq muddatli kuzatishlardir. Eksperiment tirik organizmlarning hayotiy jarayonlarini ma’lum reja bo‘yicha o‘rganishga bag‘ishlanib, u ko‘proq o‘quv materiali fiziologik mazmunga ega bo‘lgan vaqtlarda qo‘llaniladi. Biologiyadan o‘tkaziladigan eksperimentlar muhim ahamiyatga ega bo‘lgani sababli bu sohada ko‘plab metodist-olimlarning ishlari e’lon qilingan. Jumladan, A.В.Бинос va boshqalarning “Биологический экспериментов школе” (1990). E.M.Василева, T.В.Taрбунова, Л.И.Kaшинаlarning “Эксперимент по физиологии растений в средней школе” (1978), A.Қодировning “Oдам анатомияси ва физиологиясидан амалий ишлар” (1991) kabilar fikrimizning dalilidir. Ayniqsa, fakultativ mashg‘ulotlar tashkil etish va o‘tkazish maktabda eksperimentlar o‘tkazish ishlarining rivojlanishiga sabab bo‘ladi. Bu sohada ba’zi qo‘llanmalar ham (Manke, Mash, Mixseva, 1977) chop etilgan. Biologiya ta’limida qisqa va uzoq muddatli eksperimentlardan foydalaniladi. Qisqa muddatli eksperimentlar darsda turli fiziologik hodisalarni o‘rganish maqsadida tayyorlanib o‘tkaziladi. Masalan: botanikadan hujayra ichiga moddalar kirishi, barglarda organik moddalarning hosil bo‘lishi, bargning suv bug‘lantirishi, plazmoliz, deplazmoliz hodisalari, sitoplazmaning harakatlanishi, zoologiyadan sodda hayvonlar, yomg‘ir chuvalchangiga turli ta’sirlar natijalari, suzgich qanotlarning baliqlar harakatlanishidagi roli, tashqi muhit sharoitidagi ranglarning baqa gavdasining rangiga ta’siri, odam va uning salomatligi fanidan suyakning tarkibi, muskullarning charchashi, so‘lakning kraxmalga ta’siri, baqa yuragi ishlashligi, oshqozon shirasining oqsilga ta’siri kabilar shular jumlasidandir. Uzoq muddatli eksperimentlar odatda o‘simlik, hayvonlarning tuzilishi va hayot jarayonini boshqarish, unga turli ta’sirotlar o‘tkazish natijalarini o‘rganishga mo‘jallanadi. Biologiyadan eksperimentlar tashkil etishning talablari quyidagilardan iborat: Eksperimentning mavzusi, uning maqsadi va vazifalari aniqlanadi. Eksperimentning o‘tkazish joyi belgilanadi. Eksperiment o‘tkazishning rejasi tuzilib unda bajariladigan ishlarning mazmuni, o‘tkazish muddatlariga belgilanadi. Eksperiment o‘tkazish uchun zarur bo‘lgan qurilmalar, jihozlar tayyorlanadi. Eksperment obyektini kuzatish, turli hisob ishlari olib borish uslubiyati ishlanadi. Eksperment o‘tkazayotgan o‘quvchi uchun ish jadvallari, kuzatilayotgan obyektlar ustida tajribalarni tashkil etishga oid yo‘riqnoma va materiallar beriladi. O‘quvchilarning eksperiment o‘tkazish bo‘yicha bajarayotgan ishlarini o‘qituvchi doimo tekshirib, zarur maslahatlar berib boradi. Eksperiment natijalari tahlil etiladi. Undan xulosalar chiqariladi. Eksperiment natijalaridan amaliyotda foydalanish imkoniyatlari qidiriladi. Uzoq muddatli eksperimentlar ko‘pincha darsdan, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar paytida tashkil etiladi. Eksperiment o‘tkazish uchun o‘quvchilar orasidan alohida guruhlar tanlab olinadi. Guruhlar eksperiment o‘tkazish rejasi bo‘yicha ish olib boradi. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling