Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


-MAVZU: BIOLOGIYADAN SINFDAN TASHQARI ISHLAR


Download 1.42 Mb.
bet58/90
Sana24.01.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1116735
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90
Bog'liq
Umumiy biologiya majmua

10-MAVZU: BIOLOGIYADAN SINFDAN TASHQARI ISHLAR.

Reja:


  1. Uy topshiriqlari va uning xillari.

  2. Darsdan tashqari ishlar va uning tashkiliy shakllari.

  3. Kabinet va tirik burchakdagi darsdan tashqari ishlar.

  4. Tabiatda, o‘quv tajriba uchastkasida darsdan tashqari ishlar.

Uy topshiriqlari o‘qituvchiniig darslar bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy va darslik bo‘yicha topshirig’ini o‘quvchilar uyida mustaqil bajarishlarini tashkil etish shaklidir. Uy topshiriqlariniig bir necha xillari bo‘lib bularga:


1. Darslik bilan ishlash.
2. Ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlash.
3. Mavzular uchun maqola va rasmlar tanlash.
4. Tabiiy obyektlar bilan ishlash kabilar kiradi.
O‘quvchilar yuqoridagi topshiriqlarni uyida, ba’zilarini tabiatda bajaradilar. O‘quvchilar kitob, darslik bilan ishlashda quyidagilarga e’tibor qiladilar:
a) dastlab darslik materialini yuzaki qarab chiqish;
b) matndan asosiy tushunchalar, qiyin so‘zlar, izohli lug‘atlarni o‘rganish va tahlil qilish;
v) rasmlar, jadvallar, sxemalarni o‘rganish, tushunib olish;
g) mavzular oxirida berilgan savollarga matn, rasm, jadvallardan javob topish;
d) mavzuga oid tayanch belgilar tayyorlash kabilarga amal qiladi.
Uyda bajariladigan amaliy ishlar paytida turli o‘simliklardan gerbariylar tayyorlash, gul qismlarini karton qog‘ozga montaj qilish kabi morfologik ishlar bilan birga urug‘ undirish, kurtakdan novda yoki barg paydo bo‘lishi, barglarning suv bug‘lantirishi kabi fiziologik xarakterdagi ishlar ham amalga oshiriladi.
Ba’zi topshiriqlar bir necha kun davomida bajariladi. Masalan: gerbariylar quritishga 7 kun, har xil sharoitlarda urug’ning unib chiqishiga ta’sirini aniqlash 7 kun, ildizning o‘sishini kuzatish 10 kun avval topshiriqlar berib qo‘yiladi. Xuddi shunday ishlar zoologiya, odam va uning salomatligi fanlaridan ham beriladi.
Darsdan tashqari ishlar o‘qituvchi rahbarligida o‘quv dasturi talabi bo‘yicha yakka yoki o‘quvchilar guruhlarining darsdan keyingi majburiy mashg‘ulotlaridir.
Ma’lumki, barcha maktablarda ham hozirgi o‘quvchilarga yetarli darajada mikroskoplar bor deb bo‘lmaydi. Undan tashqari, darslardagi tajribalar, kuzatishlar, amaliy ishlar tugallanmay qolishi mumkin. Shu sababli biologiya ta’limida darsdan tashqari mashg‘ulotlardan keng foydalaniladi.
O‘quv xonasida bajariladigan darsdan tashqari ishlar urug‘ning unuvchanligini aniqlash, bargda kraxmal hosil bo‘lishi, suv va mineral moddalarning poya bo‘ylab ko‘tarilishi kabi dastur talabidagi kuzatish ishlarini o‘z ichiga oladi.
Zoologiyadan tirik burchakda sodda hayvonlarni ko‘paytirish, gidralarning oziqlanishi, harakatlanishi, yomg‘ir chuvalchangining tuproq hosil qilishdagi faoliyati, kapalaklarning metamorfozi akvarium baliqlarining oziqlanishi, ko‘payishi, nasl uchun qayg‘urishi kabilarni kuzatish ishlari olib boriladi.
Odam va uning salomatligi fani bo‘yicha hayvonlarda shartli reflekslar hosil qilish, ergograf, dinomometr bilan ishlash, pulsni sanash, qon bosimini o‘lchash kabi mavzularni bajarish maqsadga muvofiqdir. Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar paytida o‘quvchilarga morfologiya va sistematikaga doir ishlar – gerbariy kolleksiyalari tayyorlash, fenologik kuzatishlar olib borish kabilarni o‘z ichiga oladi.
O‘quv xonasida tabiatda bajariladigan darsdan tashqari ishlar o‘quv materiali mazmunining yanada boyishiga, o‘quvchilarning amaliy malaka va ko‘nikmalarining yanada rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Maktab o‘quv-tajriba uchastkasi amaliy mashg‘ulotlar, tajriba va kuzatishlar olib boriladigan ochiq biologiya laboratoriyasidir. Uchastka o‘quvchilarga mehnat tarbiyasi berishning poydevoridir. Bu joyda o‘quvchilar agronomik savodga o‘rgatiladi.
O‘quv tajriba uchastkasidagi ishlar operatsion va predmetli sistemada tashkil etiladi. Operatsion sistemada o‘quvchilar o‘qituvchi ko‘rsatmasi bo‘yicha butun sinf jamoasi bilan bajaradi.
Predmetli sistemada o‘quvchilarning guruhlari o‘zlari tanlagan mavzular bo‘yicha yerni ekishga tayyorlashdan to hosilni yig‘ib olguncha bo‘lgan ishlarni mustaqil bajaradilar. Bunday ishlarni bajarish natijasida o‘quvchilar reja bo‘yicha ish yuritish, hisoblash, o‘simliklarni tanish, farqlash, o‘simliklar hayoti uchun zarur sharoitlarni yaratish, o‘simliklarni ko‘paytirish va sifatini baholash, rasmiylashtirish kabi o‘quv ko‘nikmalar hosil qilishadi.
Uchastkada bajarilgan ishlar natijalarini o‘quvchilar kundaliklariga muntazam yozib boradilar. Gerbariy va kolleksiyalarda, fotosuratlarda natijalar qayd etib boriladi. Uchastkada turli mavzularda kuzatish, tajribalar olib boriladi. Masalan: “Urug‘ning turli chuqurlikka ekishni unib chiqishiga ta’siri”, “Organik o‘g‘itlarni g‘o‘zaning o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri”, “Chilpishning paxta hosildorligiga ta’siri” kabilar shular jumlasidandir. Uchastkada tajribalar o‘tkazish uchun quyidagilarga amal qilish zarur.
1. O‘simliklar o‘sishi va rivojlanishi davrida har 10 kunda tajriba va kontrol paykallaridan o‘simliklar tekshirilib, o‘lchash ishlari natijalari kundalikka yozib boriladi.
2. Tajriba maydonchasi rejasi tuzilib, unda paykallarning joylashishi, kattaligi, tartib raqami, ayrim obyektlardan uzoqligi ko‘rsatiladi. Paykallar 2-10 metr ikki to‘g‘ri burchakli, tekis bo‘lishi lozim. Uchastka paykallarga ajratiladi. Paykallar oldiga unda ekilgan o‘simliklar, tajriba mavzusi haqida ma’lumot taxtachaga yozib qo‘yiladi.
3. Paykallar atrofidan 0,25-0,5 metr kenglikda xuddi shu o‘simliklardan bo‘lgan himoya qatori ajratiladi. Turli sabablarga ko‘ra paykallardagi o‘simliklar zararlanganida himoya qatoridagi o‘simliklardan zararlangan o‘simliklar soni tiklanib, hosil miqdorini to‘g‘ri belgilashda foydalaniladi.
4. Tajribalar nazorat va tajriba paykallarida o‘tkaziladi.
O‘quv-tajriba uchastkasida zoologiya, umumiy biologiya fanlaridan kuzatish tajribalari ham olib boriladi.

Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling