Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar
Download 1.42 Mb.
|
Umumiy biologiya majmua
- Bu sahifa navigatsiya:
- MAVZU
Mavzularni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
Uy topshiriqlari va darsdan tashqari ishlarning biologiya ta’limida ahamiyatini gapiring. Uy topshiriqlarining qanday xillarini bilasiz? Darsdan tashqari ishlarning tashkiliy shakllari haqida gapiring. Biologiya kabineti va tirik burchakdagi darsdan tashqari ishlar. O‘quv-tajriba uchastkasi va tabiatda darsdan tashqari ishlarni tashkil etish. 20-ma’ruza MAVZU: EKSKURSIYALAR Reja: Ekskursiyalarning biologiya o‘qitishdagi ahamiyati. Ekskursiyalarni tashkil etish va o‘tkazish. Biologiya o‘qitishda ekskursiyalar ularni tashkil qilish va o‘tkazish uslubiyati. Ekskursiyalarning ahamiyati, ekskursiyalar tabiatda, qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishi, muzey yoki ko‘rgazmalarda o‘tkaziladigan darsdir. Sinfda o‘tkaziladigan dars va laboratoriya mashg‘ulotlari bilan bir qatorda, ekskursiyalar o‘qitish jarayonida katta ahamiyata ega bo‘lib, sinfda o‘qitiladigan darslarda amalga oshirish imkoni bo‘lmagan kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirishda xizmat qiladi. Ekskursiya sinfdan tashqari darslardan farq qilib ekskursiya darslarida o‘quvchilarning o‘simlik va hayvonot dunyosining tarqalishi, ularning yashash sharoitlariga moslashganligi kabi qator xususiyatlarni tabiiy sharoitda ko‘rsatish imkoniyati tug‘iladi. Tabiatdagi kuzatishlar o‘quvchilarni mustaqil ishlash qobiliyatini o‘stirishga, ularning tabiatga qiziqishini oshirishga, to’gri fikrlashga yordam beradi. O‘quvchilar tabiatdagi narsa va xodimlarni kuzatar ekanlar, ularning tabiatni o‘rganishga bo‘lgan intilishlari kuchayadi. Tabiat go‘zalliklari o‘quvchilarning estetik didlarini rivojlanishiga yordam qiladi. Ekskursiyalar vaqtida o‘quvchilar tabiatni muhofaza qilish ruhida tarbiyalanib boradilar. Undan tashqari, tabiat qo‘ynida toza havodan nafas olish, ishlash, o‘quvchilar faolligini oshiradi, ularning jismoniy jihatdan chiniqishlariga yordam beradi. Nihoyat ekskursiyalar o‘qituvchiga biologiyani o‘qitish uchun zarur bo‘lgan bir qator tarqatma materiallarini yig‘ib olish imkoniyatini beradi. Ekskursiyalar vaqtida o‘quvchilarning ayrim organizmlar va hodisalar haqida darslarda olgan tushunchalari o‘zaro bir-birlari bilan qo‘shilib, konkretlashadi. O‘quvchilar tabiatdagi narsa va hodisalar bilan tanishar ekanlar, ularda tabiatdagi o‘zaro bog‘lanishlar, tabiiy boyliklarni xalq xo‘jaligidagi ulkan ahamiyati haqida ilmiy bilimlarga ega bo‘la boradilar. Ekskursiyaga tayyorlanish. Barcha ekskursiyalar uni o‘tkazishning ishlab chiqilgan muhim rejasi bo‘lishini talab etadi. Ekskursiyaga olib borish uchun o‘qituvchi o‘zi bilmaydigan obyektlarni tanlamasligi kerak. Shuning uchun ekskursiya o‘tkaziladigan kunga qadar o‘qituvchi ekskursiya o‘tkazilishi lozim bo‘lgan joyni tanlashi, shu joyga borishning qulay marshirutini aniqlab olishi kerak. Undan tashqari, ekskursiya o‘tkaziladigan joy tuzilishi xususiyatlariga ko‘ra ekskursiya mavzusiga juda yaqin kelishi kerak. O‘qituvchi ekskursiya vaqtida qaysi joylarda to‘xtash dam olish, qaysi uchastkalarda nimalarni ko‘rish va qanday materiallardan namunalar yig‘ish kabi lihatlarlarni ham belgilab qo‘yadi. Ekskursiyani o‘tkazish uchun sarflanadigan vazifalarni belgilaydi. Ekskursiyalar vaqtida turli usullardan foydalaniladi. Jumladan ekskursiya mavzusi va qilinadigan ishlar mazmuniga bog‘liq holda hikoya, suhbat, namoyish etish, amaliy ishlarni bajarish kabi metodlardan foydalaniladi. Ekskursiyalarga tayyorlanish. Dasturda ko‘rsatilgan mavzu bo‘yicha ekskursiya tabiatda, ishlab chiqarishda o‘tkaziladi. Tabiatda o‘tkaziladigan ekskursiyalarga tayyorlanishda o‘qituvchi quyidagilarni bajaradi: 1. Ekskursiya mavzusiga mos bo‘lgan joy tanlaydi. 2. Ekskursiya o‘tkazish joyini o‘qituvchi avval o‘zi o‘rganib, unda ko‘proq uchrovchi hayvonlarni aniqlaydi. 3. Ekskursiya paytida qanday o‘simliklarni o‘rganish, namunalar olish, hisoblash ishlarini ham aniqlab oladi. 4. Ekskursiya o‘tkaziladigan joyga borish marshirutini belgilaydi. 5. Ekskursiya rejasi tuzilib, unda mazkur tadbirning maqsad va vazifalari aniqlanadi. 6. Ekskursiya uchun zarur anjomlar (gerbariy papkalari, tesha, qaychi, probirkalar, gazetalar, o‘simliklar aniqlagichlari va boshqalar) tayyorlanadi. Anjomlar ekskursiyaga chiqadigan o‘quvchilar guruhlarini hisobga olgan holda tayyorlanadi. 7. Ekskursiyani yakunlash yo‘llari belgilanadi. Ekskursiyani o‘tkazish uchun o‘qituvchi maktabda o‘quvchilarga maqsad va vazifalarni tushuntirib, ularni 4-6 tadan guruhlarga ajratadi. Har bir guruh uchun rahbar saylanadi. Guruh uchun javob beruvchi o‘quvchilarga ekskursiya anjomlari tarqatib beriladi. O‘quvchilarga yo‘l qoidalari, tabiatda bo‘lish odobi tushuntiriladi. 6-sinf botanikasidagi “Turli hayot shakllariga ega bo‘lgan o‘simliklar va ulardagi kuzgi o‘zgarishlarni kuzatish” mavzusidagi tabiat ekskursiyasi paytida o‘quvchilar quyidagi ishlarni amalga oshiradilar: 1. O‘simliklarning buta hamda daraxt shakllarini, xillarini o‘rganish; 2. Bunday o‘simliklardan ularning ildizi, poyasi, barglaridan gerbariylar uchun materiallar yig‘ish; 3. Kuzda o‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlar, meva va urug‘larning pishganligi, ayrim o‘simliklar barglarining sarg‘ayib to‘kila boshlaganligini o‘rganish; 4. Turli o‘simliklar urug‘laridan kolleksiya yig‘ish; 5. Meva va urug‘larning tabiatda tarqalishga moslanganlik belgilarini o‘qituvchi rahbarligida aniqlash; 6. O‘simliklarni muhofaza qilish yo‘llari, tadbirlar, o‘qituvchi suhbatida qatnashish kabi ishlarni bajaradilar. Ekskursiya o‘tkazishda o‘qituvchi har bir guruhning ishlarini kuzatib, ularga zarur ko‘rsatmalar berib boradi. Ekskursiyalarga tayyorgarlik ko‘rish vaqtida o‘quvchilarni tayyorlash asosiy vazifalardan hisoblanadi. Ekskursiyalarga chiqishdan oldin o‘qituvchi ekskursiya mavzusiga oid qisqa suhbat o‘tkazadi. So‘ngra quyidagi topshiriqlarni aks ettiruvchi devoriy axborot chiqaradi. Umurtqali hayvonlarni o‘rganishga bag‘ishlangan ekskursiyalar vaqtida ham o‘qituvchi alohida o‘quvchilarga qushlar bilan tanishish vazifasini topshirishi mumkin. Bu qushlar haqida ma’lumotlarni o‘quvchilar atlas, aniqlagich yoki qushlarning ovozlari yozilgan gramplastinkalar, magnitafonlardan foydalanib o‘rganishi mumkin. Ekskursiyalar vaqtida hayvonlarning o‘zlarini bevosita kuzatish imkoni bo‘lmasa, ularning izlari, ovqat qoldiqlari, yashash muhitlarini o‘rganish orqali ham bu vazifani bajarish mumkin.
Botanika va zoologiyadan ekskursiyalarga tayyorlanishda ham IX sinflardagi ekskursiyalarga amal qilinadi. Biroq bu sinf o‘qituvchilarining mustaqil ishlashlariga (ekskursiya vaqtida) ko‘proq, e’tibor qilinadi. VI sinf o‘quvchilari ham ekskursiyalar vaqtida mustaqil ish bajaradilar. Bajariladigan mustaqil ishlar o‘qituvchining rahbarligi ostida qisqa-qisqa topshiriqlarni bajarishdan iborat bo‘ladi va uning bajarilishi o‘qituvchi tomonidan tekshirib turiladi. IX sinf o‘quvchilari esa ekskursiyalar vaqtida berilgan topshiriqlar asosida o‘zlari mustaqil ish bajaradilar. Ekskursiyalar vaqtida tartib saqlash maqsadida har bir guruhga boshliq saylab qo‘yiladi. Saylangan guruh boshliqlari guruhning harakati, ishni qanday bajarayotganligi ustidan nazorat qilib boradi. Ba’zi hollarda o‘qituvchi guruhlarni boshliqlarini yig‘ib, ularga navbatdagi qilinishi zarur bo‘lgan ishlar bo‘yicha topshiriqlar beradi. Bu esa ekskursiyaning ancha tartibli o‘tishiga yordam beradi. Ekskursiyalar vaqtida o‘quvchilar ko‘rgan obyektlarini kuzatish natijalari, joylari, hodisalar haqida o‘z daftarlariga yozib boradilar. Ekskursiyadan so‘ng yig‘ilgan material hisobot tariqasida topshiriladi. Yig’ilgan materiallarning ma’lum qismi tirik burchakka topshirilsa, qolganlaridan kabinet uchun gerbariy va kolleksiyalar tayyorlanadi. Ekskursiya vaqtida yig‘ilgan materiallardan keyingi dars vaqtida ham foydalaniladi. Ekskursiyalarning muvaffaqiyatli o‘tishi uchun o‘qituvchi quyidagilarga doimo amal qilish kerak: Ekskursiya dars ekanligini esdan chiqarmaslik kerak. Ekskursiyaga chiqishdan avval uning rejasi tuzilishi, o‘tkazish joyi aniqlanishi kerak. Ekskursiya mavzusiga amal qilish, boshqa mayda mavzularga e’tibor bermaslik zarur. Ekskursiya vaqtida doimo ko‘rsatish imkoni bo‘lgan narsalar haqida so‘zlamoq kerak. Uzoq tushuntirib o‘tirishmaslik lozim. Ekskursiyalarda faol qatnashuvchilarni aniqlash, ularning faqat eshituvchilar bo‘lib qolishiga barham berish kerak. Ekskursantlarda turli xil nomlarni keltiravermaslik lozim, chunki ularning barchasini esda saqlashlari qiyin bo’ladi. Obyektlarni to‘g‘ri ko‘rsata bilishni o‘rganish, o‘quvchilarning shu obyektni to‘g‘ri ko‘rishlarini ta’minlash kerak. Ekskursantlarda ortiqcha gapiravermaslik lozim. Ekskursiya materiallarini qayta ishlab ekskursiya haqida o‘quvchilarda mustahkam bilim hosil qilish kerak. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling