Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi
Download 1.42 Mb.
|
Umumiy biologiya majmua
1-rasm. Dars majmui.
Boshqa barcha xorijiy mamlakatlarda u allaqachon amalda. Bu degani, sinfda va auditoriyada yig‘ilganlar yoshi jihatidan, fan turlariga qiziqishi va o’quv tili hamda iqtidorlari tomonidan bir bo‘lishlari maqsadga muvofiqdir. Undan tashqari, tarbiyalanuvchilarning jismoniy, ruhiy va aqliy rivojlanish darajasi ham bir-biriga yaqin bo‘lishi darsning samaradorligini yanada oshiradi. Darsning keyingi tarkibiy qismlaridan biri - bu o‘qituvchi va pedagog. Bu uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimida bilim beruvchilar va tarbiyani amalga oshiruvchilarning umumiy nomi bo‘lib, aslida uzluksiz rasmiy ta’lim-tarbiya tizimining turli bosqichlarida ular turlicha nomlanadilar. Maktabgacha ta’lim muassalarida murabbiy, boshlang‘ich ta’limda - ustoz, umumiy o‘rta maktabda - o‘qituvchi, litsey va kollejlarda - pedagog, oliy o‘quv yurtlarida - ilmiy darajasiga qarab - assistent, katta o‘qituvchi, dotsent, professor, oliy ta’limdan keyingi ta’limda - professor va malaka oshirishda ma’ruzachi deb yuritiladi. Bularning vazifasi davlat tomonidan tasdiqlangan dastur asosida dars o‘tish uchun darsni tashkil etish va shaxsiy ishchi rejasida ko‘rsatilgan bilimlarni ta’lim oluvchilarga didaktikaning barcha tamoyillariga mos ravishda, bir qator pedagogik usullardan va o‘qitishning texnik vositalaridan foydalanib yetkazib berishdir. Darsning navbatdagi tarkibiy qismi - darsda kerak bo‘ladigan me’yoriy hujjatlar. Ularga mutasaddi tashkilotlarda tasdiqlangan namunaviy dastur, ishchi dastur, o‘quv rejasi, taqvimiy reja, darslik, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ma’ruzalar matni yoki dars loyihasi va boshqa didaktik materiallar kiradi. Bularning hammasi didaktika tamoyillariga asosan tuzilgan bo‘lib, o‘zaro bir-biriga mos tushishi shart. Xorijiy mamlakatlarning hammasida bularni bir so‘z bilan kuruyukluyum deyiladi. O‘qitishning texnik vositalari. Bularsiz darsni amalga oshirish mumkin emas. O‘qitishning texnik vositalari tarkibiga: auditoriya yoki sinf xonasi, ichidagi jihozlar - parta yoki stol-stul, o‘qituvchining kursisi va ishchi stoli, ma’ruza uchun minbar, doska va axborot uzatish texnikalari kiradi. Axborot uzatish texnik vositalarga - kodoskop, epidoskop, monitor-kompyuter, ovoz uzatish texnikasi va boshqa texnik vositalar kiradi. Ba’zilar o‘qitish jarayonida axborot texnologiyalarini qo‘llashni pedagogik texnologiyalar demoqdalar. Bu yanglish xulosa, axborot texnologiyalari, pedagogik texnologiyaning tarkibiy bir qismi xolos. Usul va uslublar. Bizga ma’lumki, inson muayyan maqsadga erishishi uchun bir qator usullardan foydalanadi. Uslub deb esa - maqsadga erishishda qo‘llaniladigan tadbir va choralarga aytiladi. Inson bu usullarni ma’lum bir tartibda qo‘llaydi. Usullar qo‘llanish tartibini turlicha nomlar bilan - metodika, uslub, yo‘l, tariqat kabi atamalar bilan nomlaydilar. Pedagogikada bu tushunchalarning o‘rni almashinib qolgan. Ya’ni, dars olib borish yo‘lini usul, bu yo‘lda qo‘llaniladigan tadbirlar uslub deyilgan ketilgan. Bu degan so‘z, falsafa va boshqa faoliyatlarda qabul qilingan usul tushunchasini, pedagogikada an’anaviy ravishda uslub (stil) ma’nosida qo‘llab kelinmoqda. Darsning bu besh bo‘lagi o‘zaro funksional bog‘liqlikda bo‘lib, bir butunlikni, ya’ni dars degan majmuani tashkil qiladi. Birinchi mavjudligi boshqasining mavjudligini taqozo etib, birining yo‘q bo‘lishi boshqa barcha qismlarning faoliyatini yo‘qqa chiqaradi. Darhaqiqat, o‘qituvchi bo‘lmasa, dars bo‘lmaydi. Hammasi bo‘lsa-yu, o‘quvchilar bo‘lmasa ham dars o‘tib bo‘lmaydi. Hamma qismlari mujassamlanib, dars o‘tishning dastur va darsligi bo‘lmasa, dars bo‘lmaydi. Bo‘lgan taqdirda ham dars deyilmaydi va hokazo. Demak, dars - aniq maqsadni ko‘zlab, ajratilgan vaqtda bir xil yoshdagi o‘quvchilar bilan o‘qituvchi rahbarligida olib boriladigan mashg‘ulot. Darsning maqsadi, mazmuni va hajmi ta’lim standartlari asosida belgilanadi. Dars - ta’limning asosiy shakli ekan, u ilmiy, tizimli, tushunarli, ongli va faol bo’lishi, bilimlar mustahkam o‘zlashtirilishi, o‘quvchi-talabalarning shaxsiy xususiyatlari e’tiborga olingan holda tashkil etilishi shart. Bu didaktikaning asosiy tamoyillaridir. Hozirgi kunda uzluksiz rasmiy ta’lim tizimida ta’lim-tarbiya sinf-dars shaklida olib boriladi. Insoniyat tarixiy rivojlanishiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, ta’limni tashkil etish shakllari jamiyatning taraqqiyot bosqichlariga mos ravishda amalga oshganini ko‘ramiz. Dastlabki davrlarda ta’lim berish faqat odamlarning mehnat faoliyati, kundalik turmushi bilan uzviy bog‘langan hamda bilim berish, o‘rgatish yakka tartibda olib borilgan. Download 1.42 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling