Aniq-tabiiy fanlar va jismoniy madaniyat fakulteti tabiiy fanlar kafedrasi


Download 1.42 Mb.
bet50/90
Sana24.01.2023
Hajmi1.42 Mb.
#1116735
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90
Bog'liq
Umumiy biologiya majmua

Tayanch belgilardan foydalanish. Keyingi yillarda ta’lim jarayonida tayanch belgilardan foydalanish ishlari rivojlanmoqda.
Tayanch belgi nima? Hayotimizda biz ko‘plab tayanch belgilarga duch kelamiz. Bu belgilar har xil grafiklar, shakllar, ramkalar shaklidagi ko‘rinishlardir. Masalan: yo‘l qoidasi belgilari shahar, tumanlardagi ba’zi tashkilotlar ustidagi belgilar shular jumlasidandir. Ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan tayanch belgilarni o‘qituvchi V.F.Shatolov dastlab o‘z ish faoliyatida qo‘llagan. Keyingi yillarda bu belgilardan foydalanish ishlari rivojlanib, turli ilmiy-uslubiy adabiyotlarda unga e’tibor tobora kuchayib bormoqda.
Tayanch belgilar quyidagicha tayyorlanadi; buning uchun o‘qituvchi avval darsda o‘rganiladigan o‘quv materialini puxta o‘rganib, undagi asosiy tushunchalarni ajratadi. So‘ngra dars mavzusini mantiqiy bo‘laklarga ajratib, har bir bo‘lak vatman qog‘ozda maxsus yozuvlar, sxema yoki rasmlar shaklida ifodalanadi. Boshqacha aytganda, tayanch belgi o‘qituvchi uchun dars materialini o‘quvchilarga tushuntirishning yasama jadvali hisoblanadi.
Tayanch belgilarni tuzishda quyidagi tamoyillarga asoslaniladi: ko‘rgazmalilik; lo‘ndalik; sistemalilik; xilma-xillik; grafik va ranglarning xilma-xilligi; amaliy mohiyatga ega bo‘lishlilik, esda oson qolishiga moslanganlik va hokazolar.
Tayanch belgilardan foydalanishning sabablaridan yana biri - ko‘pincha o‘quvchi doska oldida o‘qituvchi savoliga javob berar ekan, u o‘z javoblarini qanday tartibda bayon etishga qiynaladi. Undan tashqari, o‘quvchi o‘z javobini qanday ko‘rgazmali qurol yoki boshqa vositalar bilan boyitishni bilmaydi.
Tayanch belgi o‘quvchining dars materialni puxta o‘zlashtirishigagina emas, balki uni qay darajada aytib berish, o‘z javoblarini tayanch belgilar vositasida isbotlashiga ham xizmat qiladi.
Tayanch belgilardan dars jarayonida foydalanishda o‘quv materiali sakkiz martagacha qaytariladi. An’anaviy ta’limda o‘qituvchi o‘quv materialini tushuntiradi, mustahkamlaydi va unga vazifa beradi. Bunday o‘qitishda mavzu yuqorida ko‘rinib turganidek uch martagina takrorlanadi. V.F.Shatolov tayanch belgilardan foydalanib dars o‘tganda quyidagi holatni kuzatadi:
O‘quv materialino‘qituvchi tomonidan turli ko‘rgazmali qurollar vositasida tushuntirish, hikoya yoki ma’ruza qilish (tayanch belgisiz).
O‘quv materiali tayanch belgi vositasida qisqa tayyorlash.

              1. O‘rganilgan mavzuni tayanch belgi yordamida bir, ikki o‘quvchidan so‘rash.

              2. O‘quvchilarga yangi o‘quv materiali mazmuniga bag‘ishlangan tayanch belgilarni tarqatish va bu belgilarni qisqacha tahlil etish.

Shunday qilib, o‘rganilgan o‘quv materiali o‘quvchi ongida an’anaviy darsdagidek uch martagina emas, balki to’qqiz marta qayta-qayta takrorlanadi. Tayanch belgi qanday tayyorlanadi? Buning uchun o‘qituvchi quyidagi ishlarni bajarishi lozim:

  1. Dastur mazmunini aniqlik bilan o‘rganish, undagi asosiy talabalarni aniqlash, dastur talabini darslikda berilishini tekshirish va mavzudagi asosiy tushunchalarni aniqlash, sabab-oqibat bog‘lanishini, olimlarning familiyalarini, ularning fan taraqqiyotiga qo‘shgan hissalarini aniqlash.

  2. O‘quv materialini bir necha mantiqiy tugallangan bo‘laklarga ajratish.

  3. Har bir bo‘lakdagi asosiy tushunchalarning terminlarini aniqlash.

  4. Dars mavzusi bo‘laklaridan ijodiy ravishda tayanch belgilari tuzish, uni bir necha bor tahrir etish, tuzatish.

Ta’limda tayanch belgilardan foydalanishni yanada takomillashtirish uchun bunday belgilarni o‘quvchilarning o‘zlari uy vazifalarini mustaqil ravishda bajarishga o‘rganishlari muhim vazifalardan hisoblanadi. O‘quvchilarga o‘quv materiali mazmuniga mos holda tayanch belgidan foydalanib dars tayyorlashni o‘rgatish uchun quyidagilarga amal qilinadi:

              1. Tayanch belgiga qarab dars materialini eslash.

              2. Tayanch belgiga qarab (darslikdan foydalanmasdan) dars mazmunini eslash.

              3. Darslikdan mavzuga oid rasmlarni o‘rganish.

              4. Mavzu matnini tayanch belgiga taqqoslab chiqish.

              5. Mavzuga doir tayanch belgilarga nimalar kirmay qolganini topish.

              6. Dars materialini tayanch belgiga qarab ovoz chiqarib qaytarish.

              7. Tayanch belgidagi kamchiliklarni topishga harakat qilish.

              8. Mustaqil ravishda dars mavzusiga oid qo‘shimcha tayanch belgilar tayyorlashga harakat qilish.




Download 1.42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling